1995 yil TIMSS tadqiqot kontseptsiyasini ishlagan mutaxassislar D. Uayli va R. Wolfning qarashlariga ko'ra, birinchi bosqichda TIMSS ishida qo'llaniladigan yondashuv an'anaviy tasavvurlar va tadqiqotlar o'rtasidagi kelishuv bo'lgan va o’quvchilarning ilmiy yutuqlari to'g'risida ko'proq ma'lumot bergan. Faqat o’quvchilarning ma'lum bir yoshi yoki yiliga qaratilgan odatiy amaliy tadqiqotdagiga qaraganda o'quv natijalariga ta'sir qiluvchi omillarni o'rganishga ko’proq e’tibor berilgan1.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, 1995 TIMSS tadqiqotida vazifa maktabdagi turli bosqichdagi o'quvchilarning o'quv yutuqlarini taqqoslash edi, shuning uchun uchta guruh o’quvchilari tanlangan. Tanlashda bittasi boshlang’ich sinflardan (3-4) iborat bo'lib, unda to'qqiz yoshli o'quvchilar ko'pchilikni tashkil etgan. Ikkinchi guruhda o'n uch yoshdagi asosiy maktabning ikkita sinfini (7–8) o'quvchilari qatnashgan. Uchinchi guruhga o'rta maktablarning bitiruvchi o’quvchilari kiritilgan. TIMSSni o'rganishda ishtirok etadigan mamlakatlarning barcha umumiy o’rta ta’lim maktablarini qamrab olgan birinchi va ikkinchi tanlanmalardan farqli o'laroq, 3-guruh shunchalik shakllantirilganki, unga umumta’lim dasturlari asosida o’qigan oquvchilar bilan birga matematika va fizika chuqurlashtirib o’rganishga ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchi sinf o’quvchilari ham kiritilgan. Bu o'rta maktab bitiruvchilarining tabiiy-matematik savodxonlik darajasi to'g'risida ma'lumot olish va maktabda olingan matematika va tabiiy fan bo'yicha asosiy bilim va ko'nikmalarni turli vaziyatlarda qo'llash malakasi haqida ma’lumot olishga imkon berdi. Bundan tashqari, maktabni tamomlash davrida bitiruvchilarning matematika va fizika bilan bog'liq tayyorgarligini taqqoslash, bitirish arafasida kelajakdagi kasbini tanlash imkoninin berdi.
TIMSS-1995 tadqiqoti misolida, xalqaro tadqiqotlarni taqqoslashda qo’llaniladigan metodologik yondashuvlarni ko'rib chiqamiz. Ko'rib chiqilayotgan TIMSS tadqiqotining asosiy sikllari C. Travers va A. Uestberi tomonidan yaratilgan matematika ta’limi bo’yicha ikkinchi SIMSxalqaro tadqiqotining konseptual modeli hisoblanadi (1-rasm).