Ta'limning erishilgan darajasi (o’quvchilar nimalarni bilib oldilar?) o’quvchilarning shaxsiy yutuqlari kontekstida: ularning bilimlari, egallash uchun bo’lgan harakatlari, darsda va uyda o’z o'quv faoliyatini tashkil etish nuqtai nazaridan ko'rib chiqilgan. Erishilgan bilim darajasining asosiy xususiyatlari nafaqat olingan bilimlarning hajmi, balki o’quvchilarning ushbu o’quv faniga bo’lgan munosabati, ushbu fan bilan shug'ullanish istagi, ushbu fan bo'yicha taraqqiyotni baholash, kutilganlik darajasi (ushbu o’quv fanini o'rganish bilan bog'liq istiqbollar) bilan belgilanadi. Ta'limni rejalashtirish va amalga oshirish darajalari singari, erishilgan darajasi o’quvchilar tomonidan qabul qilingan o'quv mazmuni, faoliyati va munosabatlari bo'yicha belgilandi.
To'rtinchi guruhga ta'limning rejalashtirish, amalga oshirish va erishish darajalari o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatishga qaratilgan savollar kiritilgan:
- Ta'limning rejalashtirish, amalga oshirish va erishish darajasi ta'limning ijtimoiy kontekstiga, o'quv jarayonini tashkil etish va o'qitish natijalari qay darajadabir-biriga bog’liq bo’ladi? kabi savollarga javob beradi.
Ta'lim rejalashtirish, amalga oshirish va erishish darajalari o'rtasidagi farqlarni tushuntirish uchun tadqiq qilinayotgan ob'ekt haqida turli manbalardan ma'lumot olish zarur. Shu sababli, TIMSS tadqiqotida turli xil manbalardan ta'lim tizimining turli darajalari uchun ma'lumotlar to'plangan. Xuddi shu o’quvchilar matematika va tabiiy fanlar bo'yicha test topshiradi, shuningdek, savolnomadagi savollarga javob beradi, ularning munosabatlari, rejalari, qiziqishlari va hokazolarni aniqlanadi. Anketada ushbu bolalarga dars bergan o'qituvchilar ham ishtirok etadi. Bundan tashqari, o’rganilayotgan maktab ma'muriyati bilan ham so’rovnomalar o’tkaziladi.
Xalqaro baholash dasturining stndartlarida (Framework) qayd etilgan kompitentsiyalar TIMSS MATEMATIKA MAZMUNI (TO‘RTINChI SINF)