Mavzu: To’lov balansi va tashqi qarz


-rasm. Davlatlarning YaIMga nisbatan tashqi qarz miqdori



Yüklə 439,5 Kb.
səhifə6/12
tarix28.06.2022
ölçüsü439,5 Kb.
#62416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
behzodbek Tayyor

1-rasm. Davlatlarning YaIMga nisbatan tashqi qarz miqdori.

Manba: http://gunn.co.nz/map/, muallif Ben Smit
Odatda, tashqi qarz tushunchasi 4 qismga bo’linadi:

  • Davlat tomonidan garantiyalangan qarzlar;

  • Shaxsiy, davlat tomonidan garantiyalanmagan qarzlar:

  • Markaziy bank depozitlari;

  • XVF tomonidan berilgan qarzlar;

Lekin, bu klassifatsiyalash juda nisbiy tushuncha bo’lib, ba’zi davlatlar bunga o’zlarining holatlaridan kelib chiqqan holda yondashishadi. Masalan, Misr3da aynan yuqorida ta’kidlangan guruhlashga ko’ra, qarzlar tasniflansa, Hindistonda bu guruhlash 7ga bo’linib amalga oshiriladi.
Tashqi qarzning yuzaga kelish sabablari.
Iqtisodiyotda soliqni kamaytirish orqali tashqi qarzga ta`sir etishini uzoq muddatli davrda ko`rish uchun an’anaviy qarash bilan yondashib quyidagiga erishish mumkin.
Soliqlarning kamayishi iste’molchilar xarajatlarining oshishi hamda milliy jamg`armaning kamayishiga olib keladi. Jamga`rmaning kamayishi esa investitsiyalarni ushlab turuvchi foiz stavkalarining oshishiga olib keladi. Solou modeliga asosan investitsiyalarning barqaror kamayishi kapital bilan ta’minlanganlik hamda ishlab chiqarish hajmiga salbiy ta’sir o`tkazadi.4
Qisqa muddatli davrda iqtisodiy siyosatning o`zgarishini ko`rib chiqadigan bo`lsak, IS-LM modeliga murojaat qilish zarur. Soliqlarning kamayishi iste’mol sarf-xarajatlarining o`sishiga turtki beradi va IS egri chizig`i yuqori va o`ngga siljiydi. IS egri chizig`ining siljishi yalpi talab egri chizig`ining siljishiga ham olib keladi. Narxlar egiluvchan bo`lmagan qisqa muddatli davrda yalpi talab darajasining oshishi ishlab chiqarish hajmining oshib, ishsizlik darajasining kamayishiga moyillik tug`diradi.
Shunday holatda vaqt o`tishi bilan narxlar o`zgarishi iqtisodiyotda ishlab chiqarish tabiiy darajasini qayta tiklaydi, yalpi talabning ortishi esa narxlar darajasining o`sishiga olib keladi.
Xalqaro savdo omillariga ta’sirini tahlil qilishda ochiq iqtisodiyot modeliga murojaat qilish zarur. Bu model shuni ko`rsatadiki, milliy jamg`arma qisqarishining sababi bo`lib, kapitalning ijobiy saldosi hamda to`lov balans hisobining defitsiti hisoblanadi. Byudjet-soliq siyosatining o`zgarishi mamlakat valyuta kursining ko`tarilishiga olib keladi. Bu esa boshqa davlat tovar va xizmatlarining mamlakat ichida arzon bo`lishi, mahalliy mahsulotlarning boshqa davlatlarda qimmat bo`lishini keltirib chiqaradi. Mandella-Flemining modeli valyuta kursining ko`tarilishi hamda sof eksportning kamayishi ishlab chiqarish hajmi va ishsizlikda byudjet defitsiti bilan bog`liq byudjet siyosati ta’sirini qisman neytrallashini ko`rsatadi.
Shunday xulosaga kelish mumkinki, zayomlar hisobiga moliya hukumatining soliqlarni qisqartirishi, iqtisodiyotga ko`plab sohalarda o`z ta’sirini o`tkazadi. Soliqlarning qisqarishi iste’molchilar xarajatiga darhol ta’sir qiladi. Iste’molchilar xarajatlarining ortishi esa qisqa davrda ham, uzoq davrda ham iqtisodiyot rivojiga ta’sir o`tkazadi. Bu esa valyuta kursining nisbatini oshirib, o`sha mamlakatning boshqa davlatlar hududidagi korxona va firmalarining raqobatbardoshliligini sindiradi. Bunday holatda kelajak avlod kapitali kam jamg`arilgan, qarzlari esa ko`p davlatda dunyoda keladi hamda bu qarzlar ular zimmasiga tushadi.
Kelajakni o`ylagan iste’molchi shunday mulohaza qiladi: hozirgi kundagi mavjud tashqi qarz kelajakda soliqlarning ortishiga olib keladi. Soliqlarning kamayishi davlat qarzlarining ortishi hisobiga moliyalashadi. Soliq o`z-o`zidan kamaytirilmaydi: zamon bo`yicha qayta taqsimlanadi. Doimiy iste’mol daromadi ham, iste’mol ham oshmaydi5.
Bu xulosaga boshqacha qilib ham kelish mumkin. Tasavvur qilamiz, davlat o`zining fuqarosiga 1000 AQSH dollarlik qarz berdi hamda 1000 AQSH dollarlik soliq chegirmalari ham taqdim etdi. Boshqacha qilib aytganda davlat fuqaroga 1000 dollarlik obligatsiya sovg`a tariqasida taqdim etdi. Obligatsiyaning bir tarafiga “Davlat sizga, obligatsiya egasiga, 1000 dollar va foiz ulushi majbur” deyilgan, boshqa tarafiga esa “Siz, soliq to`lovchi, davlatga 1000 dollar va foiz ulushi qarzsiz” deb yozilgan. Bu obligatsiya egasi uning orqasidan na boy bo`ladi, na ziyon ko`radi, lekin obligatsiya narxi darajasidagi soliq bu shaxsdan kelajakda undiriladi.
Umumiy prinsip shundan iboratki, davlat qarzlarining yig`indisi bu kelajak soliqlar yig`indisiga teng. Agar iste’molchi keyingi hodisalarni yetarlicha hisobga olsa, kelajak soliqlar hozirgi soliqlari bilan ekvivalentdir. Shundan kelib chiqadiki, qarz hisobiga davlat xarajatlarini moliyalashtirish, soliqlar hisobiga moliyalashtirish bilan teng kuchlidir. Bu qarash XIX asr iqtisodchisi David Rikardo sharafiga qo`yilgan, rikardiancha tenglik deb nomlanadi. U birinchi bo`lib bu nazariy asosga e’tibor qilgan.
Xulosa shuki, davlat byudjet taqchilligi o`tgan byudjet-soliq siyosatining o`zgarishi bu siyosatning kelajakdagi o`zgarishi bilan bog`liqligini aks ettiradi. Agar hukumat I davrda xaridlarni kamaytirmasdan soliqlarni qisqartirsa, II davrda davlat obligatsiyalari bo`yicha qarz bilan chiqadi. Bunday holatda mamlakat ikkita yo`l yoqasida qoladi: yoki soliqlarni oshirishi, yoki xaridlarni qisqartirishi kerak.


Yüklə 439,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin