Mavzu: To’lov balansi va tashqi qarz


III-bob. Davlatlar misolida tashqi qarz tahlillari



Yüklə 439,5 Kb.
səhifə8/12
tarix28.06.2022
ölçüsü439,5 Kb.
#62416
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
behzodbek Tayyor

III-bob. Davlatlar misolida tashqi qarz tahlillari.

3.1. Argentinada tashqi qarz inqirozining paydo bo’lishi va oqibatlari.

1990-yillarda, Argentina dunyo iqtisodiyot tarixida kamdan-kam uchraydigan muvafaqqiyat hikoyasiga ega davlatlardan biri sifatida e’tirof etilgan bo’lsa, keyingi o’n yillik davomida esa davlat shunday inqirozni boshdan kechirdiki, bu oxir-oqibat tarixdagi eng katta davlat qarzi bilan bog’liq inqiroz sifatida tarixga kirdi. Bu bobda, 2001-2002-yillarda Argentinada sodir bo’lgan tashqi qarz inqirozining sabablari va bu inqirozdan olingan saboqlar haqida to’xtalamiz.


Argentina prezidenti Fernando de la Rua 2001-yil oxirlarida o’z postini tashlashga majbur qilinganda, Argentina allaqachon tarixidagi eng chuqur iz qoldirgan inqirozga “tayyorgarlik” ko’rishni boshlagandi. 1990-yillarning so’nggilaridan boshlab, fundamentlar makroekonomic ko’rsatkichlar yomonlashishni boshlagan ya’ni daromadlar tushishni, ishsizlik ko’rsatkichlari esa ko’tarilishni boshlagan edi. Hukumat esa bu muammolar hal qilish uchun xorijiy qarzlarga suyanishga majbur bo’ldi, bu esa davlat iqtisodini tashqi shoklarga yanada sezuvchan bo’lishiga olib keldi.
“Ko’zaning sinish” sanasi esa 2001-yil 30-noyabrga to’g’ri keldi. Argentina hukumati peso devaluatsiyasidan havotirga tushayotgan paytda, bir kunning ichida foiz stavkalari shunchalik ko’tarilib ketdiki, AQSh va Argentina veksellari orasidagi farq 5000 punktga oshib ketdi. Bu holatda esa banklarning kasodga uchrashi muqarrar holat edi8.
1975-yilda 4 mlrd bo’lgan Argentinaning tashqi qarzi, 1982-yilda 40 mlrdni, 2001-yilga borib esa 140 mlrd dollarni tashkil etgan edi ya’ni chorak asrda 35 marta o’sish.

Argentinaning tashqi qarz inqirozi Karlos Menem, oldingi president hukumati o’tkazgan islohotlar natijasida boshlangan edi. 1990-yillarning boshlarida, Menem boshchiligidagi hukumat o’z oldiga davlatda kuzatilayotgan giperinflatsiyani bartaraf etish vazifasini qo’ydi. Lekin, inflatsiyani barqarorlashtirish rejasi butunlay muvaffaqqiyatsizlikka uchradi va milliy valyuta keskin devalvatsiyaga uchradi, xorijiy valyutadagi rezervlar esa 58%ga kamayib ketdi. Bunday yo’qotishlar yukini kamaytirish maqsadida, hukumat milliy valyuta, pesoni AQSH dollariga bog’lab qo’ydi ya’ni 1AQSh dollari 1 pesoga tenglashtirildi.


Bu go’yoki garov edi, lekin dastavval bu siyosat o’z natijasini berdi va inflatsiya nazorat qilsa bo’ladigan holatga qaytdi. XVF yordamida amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonlari esa mamlakatdagi o’n yillik iqtisodiy o’sishlarni ta’minlab berdi. Argentina moliyaviy bozorlariga nisbatan optimistic ruhiyatning paydo bo’lishi esa davlatga investitsiya oqimini sezilarli darajada oshirib yubordi. Bu o’z navbatida, ya’ni xorijiy capital oqimining oshishi hukumatning valyuta bog’lash siyosatiga bo’lgan ishonchni oshirdi va ko’plab banklar dollar qiymatidagi qarzlarni va depozitlarni qabul qila boshladi. Natijada, Argentina bank sektori aktiv va passiv miqdorlari bo’yicha dollarizatsiya muammosiga duch keldi.
Bu siyosatning juda katta kamchiligi bor edi. Eksport tovarlari qiymat jihatidan qimmatlab ketdi, import tovarlari esa aksincha ya’ni arzonlashib ketdi. Ilgarilari mamlakat hududida ishlab chiqarilgan ko’plab mahsulotlar endi xorijdan import qilinishi boshlandi. Bu dastavval Argentinaning asosiy hamkori hisoblanadigan Braziliyaning ham Argentina kabi monetar siyosat o’tkazayotgani tufayli ham birdaniga sezilmadi, lekin 1999-yilda, Braziliya milliy valyutasini devalvatsiya qildi. 9Bu esa Argentina uchun muqarrar to’lov balansi inqirozi edi, lekin hukumat buni xorijiy qarzlar evaziga vaqtinchalik qoplash uddasidan chiqdi. 2001-yil ohiriga borib esa, davlatning tashqi qarzi (asosan markaziy banklar va hukumatlardan olingan) YaIMning 50%ini tashkil etgan edi. Shunda tahminan 30 mlr dollari aynan 2002-yilda to’lanishi lozim bo’lgan qarzlar edi. Tabiiyki, bu o’nglanadigan holat emas edi.
Argentina hukumat yetakchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo’lgan fiscal yoki monetary siyosat ham bu yerda hech qanday yordam bera olmasdi. Dollar va peso o’rtasidagi bog’liqlik siyosati amalda bo’lar ekan, markaziy bank ham foiz stavkalarini o’zgartira olmasdi yoki sanoat raqobatbardoshligini tiklash uchun pesoni devalvatsiya ham qila olmasdi. Bu holatdagi yagona chora “ichki deflatsiya” deb ataladigan jarayonni davlat xarajatlarini nazorat qilish orqali amalga oshirish edi. Biroq, federal hukumat munitsipal hokimyatlarning budjet siyosatiga yetarli darajada aralasha olmasligi bu siyosatni ham ahamiyatini kamaytirib yubordi.
2-rasm. Argentina tashqi qarz dinamikasi (mlrd dollar).

Yüklə 439,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin