Mavzu: Toshkent viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi. Reja: Kirish



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/7
tarix24.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#160887
1   2   3   4   5   6   7
Toshkent viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi.

Transporti. 1930-1940-yillardan rayonda avtomobil yo'llari vujudga keldi, asfalt va tosh yo'llar qurildi. Katta O'zbek trakti (700 km) Toshkentni Termiz bilan bog'laydi. Toshkent-Angren-Qo'qon tog' yo'li qayta qurilib, jahon talablari darajasidagi xalqaro yo'lga aylantirildi. Toshkent-Chinoz-Guliston avtotrassasi mamlakatda birinchi darajali yo'l hisoblanadi. Toshkent-Angren, Toshkent-Chorvoq hamda Mirzacho'lni kesib o'tgan Sirdaryo-Jizzax temiryo'llarining ahamiyati katta. oshkent viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shimoli-sharqida. 1938-yil 15-yanvarda tashkil kilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-sharqdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming km². Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 2.931 million kishidan ziyod (2022). Viloyat tarkibida 15 ta tuman (Bekobod, Boʻka, Boʻstonliq, Zangiota, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl, Oʻrta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Angren, Bekobod, Boʻka, Doʻstobod, Keles, Olmaliq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Toʻytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyoʻl, Yangiobod, Gʻazalkent), 18 shaharcha (Alimkent, Boʻzsuv, Gulbahor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyaboʻgʻiz, Chigʻiriq, Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangi chinoz, Yangihayot, Oʻrtaovul, Qibray), 146 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Nurafshon shahri. Viloyatning shimoliy va shimoli-sharqiy qismlari Gʻarbiy Tyanshan togʻlari va uning tarmoqlari (Qurama, Piskom va Ugom togʻlari) bilan band. Eng baland joyi Piskom tizmasidagi Manas togʻi (4484 m). Chatqol va Qurama togʻlari orasida Ohangaron daryosi kesib oʻtgan, Ohangaron platosi joylashgan. Viloyat hududining katta qismi Sirdaryo tomon qiyalanib boradigan togʻ oldi tekisligi (Chirchiq-Ohangaron vodiysi)dan iborat. Ohangaron daryo vodiysi, Qurama togʻi, Angren-Olmaliq atrofida foydali qazilmalardan mis, polimetall rudalari, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, alyuminiy xom ashyosi, qoʻngʻir kumir, molibden konlari, plavik shpati va dala shpati, turli xil qurilish materiallari bor. Termal va mineral suv zaxiralari kup. Viloyat kuchli seysmik zonada joylashgan. Ayniqsa, Chirchiq va Ohangaron havzalarida aniq seziladigan zilzilalar buning ifodasidir. Juda kuchli zilzila 1868-yilda Toshkentda boʻlib oʻtdi va 1966-yilda takrorlandi. Turli intensivlikdagi yer osti silkinishlar vaqtvaqti bilan hozirgi kunda ham davom etmoqda.[2]



  • 1-rasm Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Urung'och davlat tabiat yodgorligi




2-rasm Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani



3-rasm Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bogʻi flora olami



4-rasm Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bogʻi, gidrografik obyekt
Iqlimi keskin kontinental. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,3°, −1,8°, eng past temperatura −34° (tekislikda), −38° (togʻ etaklarida), iyulnint oʻrtacha tempaturasi 26,8°, eng yuqori temperatura 43-47°. Tekislik qismida yiliga 250 mm, togʻ oldilariga 350-400 mm, togʻlarda 500 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Qor togʻlardagina uzoqroq saqlanadi. Vegetatsiya davri tekislik qismida 210 kun. Daryolari Sirdaryo havzasiga mansub (Sirdaryo — oʻrta oqimi, uz. 125 km va uning irmoklari — Chirchiq, Piskom va Ohangaron). Bular Tyanshan togʻlaridan boshlanadi va suvidan elektr energiya olishda va sugʻorish ishlarida foydalaniladi. Sugʻorish kanallari: Boʻzsuv, Qorasuv, Dalvarzin, Toshkent va boshqa Tuyaboʻgʻiz suv ombori („Toshkent dengizi“), Chorvoq suv ombori, Ohangaron suv omborlarn bor.
Tuproklari: tekislikda boʻz tuproq, togʻ etaklarida (500-600 m balandlikkacha) tipik boʻz tuproq, undan balandroqda chimqoʻngʻir, yuqrrirokda oʻtloqidasht tuproq, daryo terrasalarining quyi qismida, yer osti suvi yuza joylarda oʻtloqi va botqoq tuproq, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlardan iborat. Toshkent viloyatining tekislik qismi toʻla haydalgan, Sirdaryo buylarida kichik tuqaylar (terak, tol, jiyda, har xil butalar) mavjud. Togʻ etaklari va togʻlarda (1200-1400 m balandlikkacha) togʻ dashtlari, yuqorirokda siyrak archazorlar, 2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Daryo vodiylarida terak, tol; togʻ etaklari va togʻlarning oʻrtacha balandliklarida olmazor va yongʻoqzorlar uchraydi, togʻolcha oʻsadi. Tekisliklarda sarik. yumronqoziq, qoʻshoyoq, kaltakesaklar, chul toshbaqalari, qalqontumshuq ilon va boshqa, Sirdaryo toʻqaylarida chiyaboʻri, tolay quyoni, qobon; togʻ etaklari va togʻlarda ayiq, tulki, togʻ qoʻyi, jayra, boʻrsiq, kaklik, toʻrgʻay, archa boltatumshugʻi va boshqa, togʻ daryolari va jilgʻalarda qora baliq, osman, laqqacha uchraydi. Viloyat hududida „Chimyon“, „Burchmulla“, „Bogʻiston“, „Xumson“, „Oqtosh“ kabi bolalar oromgoxlari, iklimiy kurort va dam olish uylari bor. Toshkentdan 20 km uzoqlikda „Toshkent mineral suvlari“ balneologik kurorti joylashgan. Toshkent viloyatida UgomChatqol milliy bogʻi (maydoni 574 ming ga) tashkil etilgan. Boshqizilsoy boʻlimida meteorologiya styasi (1956-yildan) faoliyat koʻrsatadi.
Toshkent viloyati qadimdan Buyuk ipak yoʻlidagi ilmfan, gʻunarmandchilik, madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bulgan. Xoʻjakent yaqinidagi gʻordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining qoldiklari va qoyalardagi suratlar bu vohada qadimda ibtidoiy odamlar yashaganligidan dalolat beradi.
Hududiy boʻlinishi.

Xaritas





Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin