Sanoati. Iqtisodiyotning ko`plab tarmoqlarida xomashyo tayyorlashdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha barcha bosqichlar barcha bosqichlar viloyatning o`zida kechadi.
Sanoatning asosiy tarmoqlari: elektroenergetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo va neft-kimyo, qurilish materiallari, yengil (paxta tozalash), oziq-ovqat.
Metallurgiya majmuasi ham rivojlangan. Ishlab chiqarish aloqalari hamda geografik joylashuviga muvofiq Toshkent-Chirchiq, Toshkent-Yangoyo`l, Angren-Olmaliq sanoat rayonlari vujudga kelgan. Angren-Olmaliq sanoat rayonida mamlakat rangli metallurgiya sanoati mahsulotining asosiy qismi tayyorlanadi. Mis rudasi tarkibida molibden, oltin va kumush ham uchraydi. Bu yerda mis eritish zavodi va Olmaliq tog`-metallurgiya kombinati ishlab turibdi.
Rangli metallurgiyaning ikkinchi markazi Chirchiqdir. Shaharda qiyin eriydigan va o`tga chidamli qotishmalar kombinati bor. Kombinatning ishlab chiqarish jarayoni Ingichka, Qo`ytosh hamda Olmaliq ruda konlari bilan bog`liq. Kombinat 100 xildan ortiq mahsulot ishlab chiqarmoqda. Sun`iy tola yetkazib beruvchi kaplaktan zavodi ham shu shaharda.
Bekobod shahridagi O`zbekiston metallurgiya zavodi qora metallurgiyaning yirik korxonasi. Xomashyo o`rnida temir-tersakdan foydalaniladi.
Mashinasozlik majmuasi dastlab agrosanoat majmuyi ehtiyoji negizida jujidga kelgan. Uning muhim korxonalari Toshkent qishloq xo`jalik mashinasozlik zavodi, Toshkent traktor zavodi, O`zbekiston qishloq xo`jalik mashinasozligi, Chirchiq qishloq xo`jalik mashinasozligi zavodlaridir. Hozirda mashinasozlik agrosanoat majmuyiga xizmat etishdan tashqari, ko`plab turdagi murakkab mashinalar ham ishlab chiqarmoqda. Rayonda ishlab chiqarilayotgan samolyotlar, turli xil uskunalar va asboblar shular jumlasidandir.
Binokorlik materiallari sanoati viloyatda qurilish ko`lamining kattaligi va xilma-xil xomashyo negizida rivoj topdi. Bekobod, Angren va Ohangaronda sement, G`azalkentda oyna va marmar, shunindek, Ohangaronda shifer ishlab chiqarilmoqda. Sanoatning jadal yuksalishi o`z navbatida ekologik vaziyatning yomonlashuviga sabab bo`lmoqda.
Dostları ilə paylaş: |