Mavzu: Tovar va pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyotining shakllanishi va amal qilishining asosidir


Mahsulot va xizmatlarni o‘z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki



Yüklə 252,5 Kb.
səhifə2/7
tarix02.12.2023
ölçüsü252,5 Kb.
#171617
1   2   3   4   5   6   7
Tovar va pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyotining shakllanishi va amal kilishining asosidir

Mahsulot va xizmatlarni o‘z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki
bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarish – tovar ishlab chiqarish, bunday
ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik esa – tovar xo‘jaligi deyiladi. Tovar
xo‘jaligida kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati
mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo‘ladi. Tovar ishlab chiqarish natural
xo‘jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o‘sishi natijasida paydo
bo‘ladi. Natural va tovar xo‘jaliklarining bir-biridan farqini quyidagi jadval orqali
ko‘rish mumkin.

Tovar xo‘jaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy
asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
1) ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi. Bunda ishlab chiqaruvchilar u
yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o‘z
navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo‘yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam
muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi;
2) shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi va rivojlanishi. Bunda ular
o‘z mulklari hamda mehnat natijalarini o‘zlari tasarruf qiladilar;
3) ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Iqtisodiy
alohidalik xo‘jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni ishlab chiqaruvchining o‘zi hal
qilishini bildiradi;
4) Pulning kelib chiqishi va rivojlanishi;
5) Ishchi kuchining tovarga aylanishi.
Xuddi shu besh holat hamma narsani tovar sifatida ayirboshlash va ishlab
chiqarishni tovar sifatida olib borishni zarur qilib qo‘yadi va bozor iqtisodiyoti
vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni
bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab
chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi. Tovar ishlab
chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri
bo‘lgan tovarning xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning
xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Tovarga ta’rif berishda ham
iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov
ta’rifiga ko‘ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida
ayirboshlashga mo‘ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflilikdir»1.
Bundan ko‘rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi va uning
nafliligiga e’tiborni qaratadi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va
«tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning
maxsus shakli bo‘lib hisoblanishi ko‘rsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash
uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat»2. Bu va boshqa qator
olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, tovar – bu biron-bir naflilikka
va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsulidir.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida turli mamlakatlarda
ishlab chiqarilayotgan millionlab turdagi mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar
tovar shaklini olgan. Jumladan, O‘zbekistonda ham ishlab chiqarilayotgan yalpi
ichki mahsulotning asosiy qismi tovar shaklida oldi-sotdi jarayonidan o‘tadi.
Demak, tovar bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki tomonning qiymat va
naflilikning birligidan iboratdir. Tovardagi bir-biriga qarama-qarshi turgan bu ikki
xususiyat unda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifidan ya’ni aniq va
abstrakt mehnatning natijasida kelib chiqadi.
Bunda aniq mehnat tabiat ashyolaridan foydalanib tovarning nafliligini ya’ni
kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan extiyojini qondirish qobiliyatini yaratadi,
ya’ni yerning tuproq unumdorligidan foydalanib, turli xil qishloq xo‘jaligi
maxsulotlarini ishlab chiqaradi, yer qaridan olingan temirdan turli xil asbob
uskunalar, buyumlar, mashinalar yasaydi. O‘rmonda o‘sib turgan yog‘ochlardan
uylar quradi, yog‘och buyumlar yasaydi va h.k. Abstrakt mehnat esa uning
qiymatini yaratadi. Gap shundaki, mehnatning ikki tomonlama tabiati bir vaqtning
o‘zida ro‘y beradi va bir vaqtning o‘zida tovarning ikki xil xususiyati yaratiladi.
Tovarning qiymatini va nafliligini, ularning bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki
tomonini, bu ikki tomonning doimo harakatda, rivojlanishda bo‘lib, o‘zgarib
turishini, ular bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda hamda o‘rin almashib, shakl almashib
turishini bilmaslik natijasida sifat jihatdan bir-biridan farq qiladigan iqtisodiy
jarayonlarni, ularning omillari, manbalari va natijalarini bir-biri bilan adashtirish,
ularga bir xil tushuncha deb qarab, chalkashliklarga yo‘l qo‘yish xollarini keltirib
chiqaradi. Masalan, tovarning qiymati va nafliligining farqiga bormaslik, ularni
aniq ajrata bilmasdan bir xil tushuncha deb qarash nazariy va amaliy jihatdan
zararli xulosalar va amaliy harakatlar qilinishiga sabab bo‘ladi. Bunday noaniqlik va chalkashliklar K.Marksgacha yashab, ijod qilgan va undan to hozirgacha
iqtisodiy ta’limotlar tarixida ma’lum bo‘lib, ijod qilgan.
Agar biz ikki tomonlama yondashuv va taxlil usulini qo‘llab, har bir tovarda
va xizmat birligida, binobarin yaratilgan barcha tovarlarda qiymat va naflilik
borligini mana shu qiymat va naflilik degan tushunchalarni, ularning kelib chiqish
sababi bo‘lgan mehnatning ikki tomonlama tavsifini (aniq va abstrakt mehnatni)
ularning harakatidagi o‘zgarishlarni bilsak, uni e’tiborga oladigan bo‘lsak va uni
rivojlantirsak, o‘z faoliyatimizda qiymatni ko‘paytirishga emas, aksincha, uni
kamaytirib naflilikni ko‘paytirishga harakat qilishimiz zarurligini anglaymiz. Bu
narsani to‘g‘ri va aniq tushunish uchun yana bir bor misol bilan ko‘rsatishimiz
mumkin. Masalan, g‘alla, paxta, sabzavot ekayotgan xo‘jalik ularni ekish, o‘stirish,
parvarishlash va nihoyat yig‘ib olish uchun mehnat, moddiy, pul xarajatlarini
amalga oshiradi. Bunda turli darajadagi xo‘jalik uchun, jumladan dehqon uchun
etishtirayotgan turdagi mahsulotning hajmi va sifatini oshirish muhimdir,
xarajatlarni esa iloji boricha kamroq sarflash, binobarin, qiymatni pasaytirish
asosiy maqsad bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash joizki, har qanday ishlab chiqarilgan narsa ham tovar bo‘lishi
uchun unda ikki xususiyat mavjud bo‘lishi shart.

Yüklə 252,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin