Tovar va pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyotining shakllanishi va amal kilishining asosidir
muomala vositasi vazifasini bajaradi. Dastlab tovarlarni ayirboshlashda pulning bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo‘lishi muomala vaqtida qiyinchiliklar tug‘dirgan: pul metallni o‘lchash uni mayda bo‘laklarga bo‘lish, sifatini belgilash zarur bo‘lgan. Keyinchalik metall quymalari o‘rniga moneta (metall tanga)lar ishlatila boshlagan. Uzluksiz muomalada bo‘lish natijasida oltin tangalar eyilib ketishi, o‘z vaznining bir qismini yo‘qotishi sababli muomalaga to‘la qiymatli bo‘lmagan qiymat belgilari chiqarilgan. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to‘plash vazifasini bajara boshlaydi. Natural xo‘jalik sharoitida boylik to‘plash, jamg‘arish mahsulot jamg‘arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi boylik to‘plashning pul jamg‘arish shaklini keltirib chiqaradi. Tovar xo‘jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg‘arish uni muomaladan chiqarib olish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo‘sh yotgan pul foyda keltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo‘lini topishga intildilar. Tovarlar nasiyaga to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina to‘laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Qog‘oz pullar, veksel va banknotlar – pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqqan.
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari va huquqiy hujjatlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari.
Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. – T.: «Fan va texnologiya». 2005. – 186 b.
Razzoqov A., Toshmatov Sh., O’rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. – T.: «Moliya». 2002. – 174 b.
Баженова В.С., Лохин В.Я. Экономическая теория. Микроэкономика – 1,2. – M.: Издательство-торговая корпорация. 2006. – 934 с.
Борисов Е.Ф. Экономическая теория: 2-е изд., перераб. и доп. – M.: TK Велби, Изд-вo Проспект, 2005. – 230 s.