Chidamliligi. Sil kasalligining ko‘zg‘atuvchilari tashqi muhit sharoitiga chidamli bakteriyalar 1 guruhiga mansub bo‘lib, o‘zining kasallik qo‘zg‘atish xususiyatini uzoq muddatgacha saqlay oladi. Masalan, oqar suvlarda 10 oygacha, botqoqlikdagi suv manbalarida esa 12 oygacha yashay oladi.
Atipik mikobakteriyalar. Bu turga oid mikobakteriyalar Rinon sxemasi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
Fotoxromogenlar. Bular sariq rang ajratib tez o‘sadi. Antibiotiklarga chidamli. Dsngiz cho‘chqachalari va quyonlarda kasallik qo‘zg‘atmaydi. Sichqonlarning o‘pkasi va buyragi zararlanadi.
Spiroxromogenlar, 22 0 C da sariq-qizg‘ish rang berib o‘sadi. 45°C da o‘smaydi. Antibiotiklarga chidamli, laboratoriya hayvonlarida kasallik qo‘zg‘atmaydi.
Neftoxromogenlar. Oddiy muhitda o‘saveradi, faqat sichqonlarda kasallik qo‘zg‘atadi, cho‘chqalarda limfodenitni keltirib chiqaradi.
Tez o‘suvchi guruh, 22 0C da 3 kunda o‘sadi. Rang berib o‘sadiganlari ham bor. Bu guruh mikroblar quruqlik uchun ishlatiladigan torf tarkibida uchraydi (boshqa muhitlar ham holi emas).
Kislotaga chidamli guruhga oid turlar. Bular uy temperaturasida o‘sadi, laboratoriya hayvonlari chidamli.
Hayvon organizmiga tushgach, paraallergiya reaksiyasini namoyon qiladi.
Epizootologiyasi. Sil kasalligi qishloq hujalik hayvonlaridan qoramollar, cho‘chqalar, qorako‘zan va parrandalarda ko‘proq, echki, it va g‘ozlarda kamroq, qo‘y, yilqi va mushuklarda juda kam uchraydi. Kasal mollar kasallik ko‘zg‘atuvchi manba hisoblanadi. Sil kasalligida ham, xuddi boshqa kasalliklardagi kabi asosan uch omil, ya’ni kasallik qo‘zg‘atuvchi manba, kasallikning sog‘lom hayvonga o‘tish msxanizmi va kasallikka moyillik katta rol o‘ynaydi. Bu uchburchak zanjir halqasining uzilishi epizootik jarayonning kelib chiqishiga to‘sqinlik qiladi. Mazkur birlamchi omillardan tashqari, kasallikning kelib chiqishiga ta’sir etadigan tabiiy iqlim va ijtimoiy-iqtisodiy holatlar kabi ikkilamchi omillar ham mavjuE.