Mavzu: Tuberkulyoz kasalligi tuberculosis



Yüklə 96,22 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü96,22 Kb.
#206230
1   2   3   4   5   6
6-TUBERKULYOZ KASALLIGI

Qo‘zg‘atuvchi manbalar. Qoramollarda sil bilan kasallangan hayvonlar kasallik qo‘zg‘atuvchi manba hisoblanadi. Shuni eslatib o‘tish kerakki, kasal cho‘chqa, qo‘y, etki, yilqi, it va mushuklar ba’zan yuqorida ko‘rsatilgan turlar uchun kasallik qo‘zg‘atuvchi manba rolini o‘taydi. Kasal hayvon organizmida sil tayoqchasi kuchayib, siydik, go‘ng, sut, sperma orqali tashqi muhitga tarqaladi. Kasallikning xavfli tomoni shundaki, uning klinik belgilari namoyon bo‘lmasdanoq surunkali, uzoq muddat kechganligi sababli, yashirin davridayoq tashqi muhitga sil tyoqchasini ajratib chiqara boshlaydi. Kasal hayvonlar yo‘talganida shilimshiq, suyuqlik bilan tashqi muhitga ko‘p miqdorda mikobakteriyalar tushib, devor, oxur, panjara va xar xil predmetlarni ifloslantiradi.
D. A. Traubayev va V. Ye. Shurevskiylarning ta’kidlashicha, 1 ml balg‘am tarkibida 50 ming mikobakteriya bo‘lib, 66% kasal hayvonlarda mikobakteriya go‘ng orqali tashqi muhitga ajralib chiqar ekan. N. N. Daronin va D. I. Muratovlariing aniqlashicha, kasallik sun’iy qo‘zg‘atilganda 38 kun o‘tgach, sil tayoqchasining go‘ng orqali ajralib chiqishi kuzatigan.
Patogenez. Sil kasalligining tayoqchasi organizmga ozuqa yoki havo orqali tushgach, o‘pka va boshqa a’zolarga tarqaladi. Sil tayoqchasi tushgan joy yallig‘lanib, to‘qimalarning proliferasiya va ekssudasiya jarayoni davom etadi. Natijada ko‘p yadroli gigant va epitelioid hujayralar yig‘iladi. To‘qima oralarida to‘plangan fibrinlar uvib qotadi va tomirsiz sil tugunlari paydo bo‘ladi. Keyinchalik tugunlar kapsula bilan o‘raladi.
Kapsula ichiga tushgan tugunlar oziq moddasi kelib tushmasligi natijasida va mikroorganizm chiqargan toksinlar ta’sirida o‘ladi. Bu quruq massa bo‘lib, xuddi sarg‘ishroq suzma rangini eslatadi. Agar birinchi sil tugunlari o‘pka va ichakda uchrasa, buni birinchi effekt dsb yuritiladi. Bu joydan mikroorganizm limfa orqali limfatik tugunlarga tarqaladi va butun regional limfatik sistemani zararlashi mumkin. Mikobakteriyalar qonga tushib, qisqa muddatli mikobakteriya holatini qo‘zg‘atadi. Ko‘pincha asta-syokinlik bilan geperalizasiyalashgan shaklda kechish hollari kuzatiladi. Kasallangan hayvonlar o‘pkasida katta sil tugunlari paydo bo‘ladi, Qo‘l bilan paypaslab ko‘rilganda xuddi mushtdek qattiq bo‘lib seziladi. Shilliq qavatlar va ichki a’zolarning boshqa joylari zararlanganda juda ko‘p mikdordagi marjonsimon sil bo‘rtiqchalari paydo bo‘ladi. O‘pkaning to‘liq va boshqa a’zolarning kuchli (generadizasiyalashgan) zararlanishi hayvonlarning tez oshib ketishiga olib keladi va mahsuloti keskin kamayib ketadi. Oqibatda kasal hayvon tez kunda juda oriqlab, o‘ladi.
So‘nggi yillarda bizning sharoitimizda sil kasalligi shunday kechishi tez-tez kuzatilmoqda.

Yüklə 96,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin