Mavzu: Tuberkulyoz kasalligi tuberculosis



Yüklə 96,22 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü96,22 Kb.
#206230
1   2   3   4   5   6
6-TUBERKULYOZ KASALLIGI

Klinik belgilari. Sil kasalligining yashirin davri 2—6 hafta davom etadi. Kasallikning kelib chiqishi va uning kechishida mollarni boqish, asrash sharoiti va sil tayoqchasining virulentlik holati katta ahamiyatga ega. Kasallik yuqqandan keyin, uning klinik belgilari namoyon bo‘lgunga qadar oylab, ba’zan yillab vaqt o‘tishi mumkin. Sil kasalligi asosan surunkali kechadi. Shuning uchun uning klinik belgilariga qarab diagnoz qo‘yish ancha qiyin. Ko‘p hollarda tananing harorati o‘zgarmaydi. Kasal hayvon asta – sekin oriqlay boshlaydi, lyokin ishtahaning pasayishi sezilmaydi. Terining elastik holati yo‘qoladi.
Patologoanatomik o‘zgarishlar. Har xil a’zo va to‘qimalarda maxsus tugun va bo‘rtiqchalar (tuberkula) paydo bo‘lishi kasallikka xos xarakterli belgilardan hisoblanadi. Bu tugunlar tariq donasidan to tovuq tuxumidek va undan kattaroq bo‘ladi. Sil bo‘rtiqchasi va tugunlari kesib ko‘rilganda ichi xuddi quruq suzmasimon massani eslatadi. Qoramollarda silga oid o‘zgarishlar o‘pka va limfatik tugunlarda ro‘y-rost namoyon bo‘ladi. Limfatik tugunlar kattalashib ketadi, qattiq bo‘ladi va markazida kazeoz massa ko‘zga tashlanadi. Shilliq pardalar zararlanganda (gavharsimon) uning yuzasida shakli o‘rmon yong‘og‘iga o‘xshash juda ko‘p sonli qattiq yaltiroq sil tugunlari paydo bo‘ladi. P I. Kakuricheva (1950) bergan ma’lumotga qaraganda kasallikka chalingan qoramollarda ko‘krak qafasidagi limfatik tugunlar 100 foiz, o‘pka 90 foiz, taloq 5 foiz, yelin 3 foiz ichak 1 foiz zararlanadi. R. V. Tuzova (1974) cho‘chqalar yil davomida sil bilan kasallanganda ichak atrofidan limfatik tugunlar 88 foiz, boshqa limfatik to‘nlar esa 5-36 foiz zararlanganligini aniqlagan. Yilqilarda ham silga xo0C‘zgarishlar asosan limfatik tugunlarda namoyon bo‘ladi. Parrandalarda silga xo0C‘zgarishlar jigarda 70 foiz, taloqda 90 foiz, suyak va ichaklarda ham tez-tez uchraydi.
Diagnoz. Sil kasalligiga diagaoz qo‘yish uchun uning epizootologiyasi, klinik belgisi va kechishi, patologoanatomik o‘zgarishlar o‘rganilib, allsrgik, serologik va laboratoriya tskshirish usullari qo‘llaniladi. Hayvonning tirikligida sil kasalligi asosan allergik tekshirish usuli bilan aniqlanadi. Sil kasalligini aniqlash uchun qo‘yidagi allergenlar ishlatiladi:

  1. Sut emizuvchilar uchun alttuberkulin.

  2. Quruq tozalangan tuberkulin (PPD), sut emizunchilar uchun.

  3. Quruq tozalangan tuberkulin (PPD), parrandalar uchun.

  4. Simultan allsrgik tekshirishda maxsus tur allergen bilan birga atipik mikobakteriyadan tayyorlangan kompleks allergen (KAM) ishlatiladi. Preparat joylashgan qutichada uning kursatmasi (nastavleniye) ham bo‘ladi.


Yüklə 96,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin