Mavzu: umurtqali hayvonlarning skeleti bajardi: omonova xolida qabul qildi: xudoyorov. M


Umurtqalilarning skeleti tuzulishi



Yüklə 94,94 Kb.
səhifə3/8
tarix16.12.2023
ölçüsü94,94 Kb.
#183694
1   2   3   4   5   6   7   8
UMURTQALI HAYVONLARNING SKELETI

1.2. Umurtqalilarning skeleti tuzulishi
Umurtqalilarning ichki skeleti bosh skeleti, o’q skeleti (xorda yoki umurtqa pog’onasi) va boshqa bo’limlardan iborat. Bosh skeleti bosh miya va sezgi organlari (hid bilish, ko’rish, eshitish, muvozanat saqlash), Hazm qilish sistemasining oldingi qismi va u bilan bog’langan jabralarni mustahkamlab turish funktsiyasini bajaradi. Bosh skeleti 2 qismdan – miya qutisi (bosh miya va sezgi organlarini himoya qilib turuvchi) va vistseral (hazm qilish va jabralar bilan bog’langan) qismlardan iborat. Xorda umurtqalilar embrional rivojlanishi davri uchun xos bo’ladi. Voyaga etish davrida xorda tog’ay yoki suyak bilan almashinadi. Faqat to’garak og’izlilar va tog’ayli baliqlarda xorda hayoti davomida saqlanib qoladi.2

Yuqoridagi rasmdan ko`rinib turibdiki umurtqalilarning panja skeleti yashash muhitiga mos ravishda o`zgarib borgan. Ko`rsichqonlarda tuproqda in qazish imkonini beruvchi kovlovchi, otlarda dalayu-dashtlarda bemalol yugurish imkonini beruvchi tuyoq, maymunlarda shoxdan shoxga sakrash uchun chirmashuvchi panja va nihoyat odamlarga kelib qulay mehnat qilish uchun qo`l vazifasini bajaradi.




Shu o`rinda aytib o`tish joizki umurtqalilarning eng eng yuksak tuzilgan vakili sifatida odamni misol qilib keltirishimiz mumkin. Evolyutsion rivojlanish jarayonida ibtidoiy odam tik yurishi va mehnat faoliyati tufayli uning skeletida sut emizuvchi hayvonlarning skeletidan farq qiladigan o'zgarishlar paydo bo'ladi. Odam bosh miyasining yuksak darajada rivojlanganligi uning bosh skeleti miya qismining yuz qismiga nisbatan katta bo'lishiga olib keldi. Hayvonlar bosh skeletining yuz qismi esa miya qismiga nisbatan yaxshi rivojlangan. Chunki ular dag'al, qattiq oziq bilan oziqlanadi. Bundan tashqari, ularning jag'i hujum va himoya organlari vazifasini ham bajaradi.
Odam skeletining o'ziga xos belgilaridan biri asosiy mehnat organi bo'lgan qo'lIarining tuzilishidir. Qo'lning yelka, bilak, kaft usti va panja bo'g'imlarida xil ma-xiI murakkab va nozik harakatlar bajariladi. Masalan, sportchi, raqqosa, zargar, soatsoz, rassom, haykaltarosh va hokazo mutaxassislarning qo'l bilan bajaradigan ishlarini eslash kifoya. Bunday murakkab va nozik harakatlarni bajarishda, ayniqsa, qo'l bosh barmog'ining roli nihoyatda katta bo'ladi.
Odamning tik yurishi uning chanoq suyakJari va chanoq bosh Jag'ining kattalashuviga sabab bo'lgan. Shu tufayli chanoqda ko'pgina ichki organlar joylashadi va himoya qilinadi.
Odamning oyoq suyakJari hayvonlarning orqa oyoqlariga nisbatan kuchli rivojlangan va baquwatdir. Bunga sabab odam tik yurishi tufayli tana massasining ikki oyoqqa tushishidir. Bundan tashqari, od am oyoqlari bilan xilma-xil va murakkab harakatlarni bajaradi .

Skelet muskullari tayanch-harakatlanish sistemasining faol qismi hisoblanadi. Muskul qisqarishi suyaklarni harakatga keltiradi va odamning qo'l-oyoqlari ma'lum, ishni bajaradi (yurish, yugurish, sakrash, yuk ko'tarish, ovqatlanish, so'zlash, yozish va hokazo) . Muskullar harakatini nerv sistemasi boshqaradi. Muskullar harakatini ta'minlovchi nerv hujayralari motoneyron deb ataladi. Ular harakatlanuvchi nerv hujayralari bo'lib, orqa miyada hamda bosh miyaning uzunchoq va o'rta miya qismlaridajoylashgan. Miya markazlaridagi motoneyronlarning uzun tolalari, ya'ni aksonlari tananing turli qismlaridagi muskul tolalari bilan tutashadi. Bitta nerv hujayrasining uzun o'simtasi bir nechta mayda tolalarga bo'linib, yuzlab muskul tolalari bilan bog'langan. Ana shu bitta nerv hujayrasi uzun o'simtasining mayda tolalari bilan tutashgan yuzlab muskul tolalarining jami nerv-muskul harakat birligi deb ataladi. Muskullar harakatini ta'minlovchi motoneyronlarning orqa miya, uzunchoq va o'rta miyadagi markazlarining funksiyasi bosh miya yarim sharlari po'stloq qismining oldingi markaziy egatida joylashgan nerv hujayralari harakatlanish oliy nerv markazlari tomoni¬dan boshqariladi. Agar bosh miya po'stlog'idagi nerv markazlarining ishi buzilsa, markaz boshqaradigan muskullar falaji yuzaga keladi. Bunda ularning tarangligi ortadi, shol bo'lgan qo'l-oyoq tarashadek qotib qoladi. Bu bosh miya shikastlanganda yob miyaga qon quyilganda yuzaga keladi. Orqa miyada joylashgan nerv markazlarining ishi buzilganda, ular boshqaradigan muskullarda periferik falajlik yuzaga keladi. Bunda ulaming tonusi pasayib, shol bo'lgan qo'l yoki oyoq harakatsizlanib, osilib qoladi. Odam organizmida 600 dan ortiq skelet muskullari bo'lib, ular tana massasining o'rtacha 40% ini tashkil etadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanuvchilarda muskullar yaxshi rivojlangan bo'lib, ular tan a massasining 50% ini va undan ko'prog'ini tashbl etadi. Skelet muskullarining shakli xilma-xil: uzun, kalta, keng, rombsimon, trapetsiyasimon, piramidasimon, uchburchak, tish¬simon, duksimon, patsimon va yarim patsimon ikki boshli, ikki qorinli, tasmasimon, aylana va hokazo bo'ladi (12- rasm). Uzun muskullar asosan qo'l va oyoqlarda, kalta muskullar qovurg'alar orasida, keng muskullar ko'krakda, qorin devorlarida, aylana muskullar og'iz, ko'z atrofida joylashgan. Har bir muskulning paylardan tashkil topgan bosh va dum qismi bo'ladi. Muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o'ralgan bo'lib, bu parda fastsiya deb ataladi. Fastsiya bilan muskulning paylari orasida harakatni qulaylashtiradigan sinovial suyuqlik bo'ladi.


Yüklə 94,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin