Mavzu: umurtqali hayvonlarning skeleti bajardi: omonova xolida qabul qildi: xudoyorov. M



Yüklə 94,94 Kb.
səhifə2/8
tarix16.12.2023
ölçüsü94,94 Kb.
#183694
1   2   3   4   5   6   7   8
UMURTQALI HAYVONLARNING SKELETI

Mavzuning dolzarbligi: Umurtqalilar hayvonlar ichida eng yuqori taraqqiy yetgan va murakkab tuzilgani bo`lib, har xil sharoitlarda yashaydi va yer yuzida keng tarqalgan. Umurtqali hayvonlar insonning xo’jalik faoliyatida katta axamiyatga ega, chunki xordalilar ichida oziq-ovqat, maxsulot, teri, jun, muyna beradigan turlari bor, boshqalari transport, qo’riqlash, sport va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Xordalilar xonaki hayvon zotlarini yaratishda tabiiy, manba bo`lib ham xizmat qiladi. Xonakillashtirish prosessi uzluksiz olib borilmokda. Masalan, bizning ko`z oldimizda tulki, ok tulki, norkа, los, tuyaqush va boshqa turlar xonakilashtirilmoqda. Umurtqali hayvonlar qishloq va o’rmon xo’jaligi, bog’ va xiyobon zararkunandalariga qarshi biologik usul bilan kurashda bebaxo kuch xisoblanadi.
Umurtqali hayvonlar faqat foydali bo`libgina qolmasdan, bularning ba’zi turlari qishloq xo’jaligi uchun zararlidir. Masalan, o’rmon-qoziqlar, sichqonlar, dala sichqonlari. Ba’zi turlari infeksiyalarni: vabo, tulermiya, ensefalit, bruselyoz va boshqalarni tarqatuvchi bo`lib xizmat qiladi. Aynan shuning uchun ham umurtqalilar hayvonlar tiplari ichida eng ahamiyatga moligi hisoblanadi.
Kurs ishining ob'yekti: Umurtqali hayvonlarning kelib chiqish va evalutsion rivojlanish bosqichlari.
Kurs ishining predmeti: Umurtqali hayvonlar skeleti.


I BOB UMURTQALI HAYVONLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1. Umurtqali hayvonlarning kelib chiqishi va umumiy tasnifi.
Xordalilar tipiga tashqi ko‘rinishi, yashash sharoiti va hayot tarzi har xil bo'lgan hayvonlar kiradi. Xordalilar, asosan barcha muhitlarda, ya’ni suvda, tuproq qatlamlarida, yer ustida va hatto havoda ham uchraydi. Geografik nuqtayi nazardan ular yer sharining deyarli hamma qit’alarida tarqalgan. Xordalilarning o'lchamlari ham xilma-xil, ya’ni ularning uzunligi 0,5—3 mm dan 30—33 m gacha va og‘irligi 150 t gacha boradi. Xordalilar tipiga mansub bo‘lgan hayvonlar nihoyatda xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan, ular uchun umumiy bo‘lgan quyidagi xususiyatlar mavjud: 1. 0 £q skeleti vazifasini umrbod yoki rivojlanishining ilk davrida xorda yoki orqa tori bajaradi. Xorda elastik egiluvchan o‘zaklardan hamda vakuola hujayralaridan tashkil topgan. Xorda orqa tomonidan gavdasining bir uchidan ikkinchi uchigacha cho‘ziladi. Xorda, asosan ichak nayining ustki devoridan ajralib chiqadi, ya’ni entoderma hisobidan taraqqiy etadi. Tuban xordalilarda (assidiyalar va salplardan tashqari) xorda umrbod saqlanadi, yuksak xordalilarda esa xorda faqat embrional rivojlamsh davrida bo‘ladi va keyinchalik xorda va nerv nayini o‘rab turadigan biriktiruvchi to'qimalardan tog‘ay yoki suyak umurtqalar hosil bo‘ladi. 2. Markaziy nerv sistemasi (bosh miya va orqa miya) xordaning ustida tana bo‘ylab joylashgan bo‘lib, shaklan nayga o'xshaydi, uning ichki bo‘shlig‘i nevrotsel deyiladi. Yuksak xordalilarda nerv nayining oldingi qismida murakkab o‘zgarishlar va yo‘g‘onlashuv tufayli bosh miya shakllanadi, nerv nayining qolgan qismlari esa orqa miyani hosil qiladi. Embrional rivojlanish davrida nerv nayi embrionning orqa tomonida uzunasiga ketgan botiq shaklida hosil bo'ladi, ya’ni ektodermadan yuzaga keladi. 3. Halqum devorining ikki yonida qator o ‘rnashgan va halqum bo‘shlig‘ini tashqi muhit bilan tutashtirib turadigan jabra yoriqlari bo‘ladi. Tuban xordalilarda jabra yoriqlari bir umrga saqlanadi. Quruqlikda 6 yashaydigan va ikkilamchi marta suv muhitiga o‘tgan umurtqali hayvonlarda jabra yoriqlari faqat embrion davrida bo'lib, tezda bitib ketadi. Natijada halqumning keyingi qorin qismidan juft bo‘rtma, ya’ni atmosfera havosi bilan nafas oluvchi organ — o‘pka rivojlanadi. Hazm qilish organlari xorda yoki umurqalarning ostida joylashgan. Qon aylanish sistemasini boshqarib turuvchi organ — yurak xordalilar gavdasining qorin tomonida, xorda va hazm qilish nayining ostida joylashadi.
Hayvonlar to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar qadimgi Gretsiyaning buyuk faylasufi va tabiatshunosi Aristotel tomonidan berilgan, uning «Hayvonlar tarixi», «Hayvonlarning kelib chiqishi», «Hayvonlarning kelib chiqish», «Hayvonlarning kismlar to’g’risida» kabi asarlarida 452 tur xayvon to’g’risida ma’lumotlar berildi. Aristotel’ hayvonlarni ikki gruppaga ajratgan: 1) koni yuk hayvonlar. 2) koni bor hayvonlar. Bu Umurtqali hayvonlar va umurtqasiz hayvonlarga mos kelardi. Kadimgi Rim olimi Pliniy ikkinshi (eramizning 23-79 yillar) uzining «Tabiiy tarix» kitobida usha davrda ma’lum bulgan xamma hayvonlarni yozgan. eramizning boshidan to urta asrlarga kadar, ya’ni feodalizm davrida fanda xam turgunlik boshlanadi.
Umurtqali hayvonlarning ekologiyasining prof. D.N.Kashkarov (1878-1941y), akademik S.S.Shvars (1919-1976 y) prof. N.T.Naumovlar (1902-1982) batavsil va xar tomonlama o’rgandilar. Umurtqali hayvonlarning anatomiyasi akademik Shmal’gauzen (1884-1963) va uning ustozi akademik A.N.Seversevlar (1866-1936) buyuk ishlar kildilar.
Xordalilar tipiga tashqi ko`rinishi, yashash, sharoiti va hayoti xar xil bo`lgan hayvonlar kiradi. Xordalilirning vakillari xamda xayot muxitlarida: suvda, yer ustida, yer tagida, daraxtlarda va havoda yashaydi. Geografik tomondan bular yer sharining deyarli xamma qismiga tarqalgan. Xordalilar tipining xozirgi zamonda yer yuzida yashayotgan turlari50 ming atrofida.
Xordalilar tipiga xar xil lansetniklarni o`z ichiga olgan bosh qutisizlar, xozirgi zamon vakillari minogalar va miksinalarni umumlashtirgan to`garak og`izlilir xamda Umurtqali hayvonlarni olti sinfi, ya’ni tog`ayli va suyakli baliqlar, suvda va Quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvshilar kiradi. Xordalilarga yana dengizlarda o`trok xolda xayot kechiruvchi hayvonlar- pardalilar ham kiradi.
Xordalilar tuzilishi va yashash sharoitlari xar xil bulishiga qaramasdan kuyidagi belgilari bilan boshka hayvonlardan fark kiladi:
1.O`q skileti bo`lib xorda yoki orqa nerv to`ri xizmat kiladi. Xorda elastik egiluvchan o`zaklardan xamda vakuola xujayralardan tuzilgan to`qimadan tashkil topgan. Xorda Ichak nayining ustki devoridan ajralib chiqadi, ya’ni entoderma xisobidan taraqqiy etadi. Tuban xordaliklarda xorda umrbod shakllanadi, yuqori xordalilarda esa embrional organ xolida bo`ladi va keyinchalik xorda tog`ay yoki suyak umurtqalar bilan almashinadi.
2.O`q skeletining ustida ichi bo`sh nay shaklidagi markaziy nerv sistemasi joylashadi. Nerv nayining ishidagi bo’shliqga nerv nayi deyiladi. Nerv nayi embrional taraqqiyot davrida ektoderma xisobidan rivojlanadi.
3.Xazm nayining oldingi bulimi (xalqum) devorining ikki tomoniga kator urnashgan va xalqum bushligini tashki muxit bilan tutashtirib turadigan jabra yoriqlari buladi.Tuban xordalilarda jabra yoriqlariga joylashgan jabralar umrbod saklanadi va nafas olish organi bo`lib xizmat kiladi. Quruqda yashaydigan Umurtqalilarda jabralar faqat embrion davrida xosil bo`ladi.

Yüklə 94,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin