2.2. Yo`qolib borayotgan umurtqalilar. Yer yuzida deyarli hamma joyda biologik xilma-xillik kamayib bormoqda. 1500 yildan buyon umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi yo’q bo’lib ketgan, ulardan 500 ga yaqini 1900 yildan beri yo’q bo’lib ketgan. So’nggi 100 yil ichida oldingi 3000 yilga qaraganda ko’proq qush turlari yo’q bo’lib ketdi. Ammo nafaqat turlar, balki alohida organizmlar soni ham kamayib bormoqda. Bugungi kunda Yerda 1970 yilga qaraganda 60 foizga kamroq umurtqali hayvonlar yashaydi. Hayvonot dunyosi biosferaning tarkibiga kirib, ekologik tizim zanjirining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular tabiatda modda almashinuvi jarayonining zaruriy komponenti bo’lib, tabiiy jamoalarning faoliyat ko’rsatishini, tabiiy muhitning boshqa elementlari – tuproq unumdorligi, o’simlik qoplamining shakllanishini ta’minlaydi. Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra O’zbekiston faunasi tarkibiga 15 mingdan ziyod umurtqasiz hayvonlar, 714 turdagi umurtqali hayvonlar, jumladan, 107 tur sut emizuvchilar, 467 tur qushlar, 61 tur sudralib yuruvchilar, 76 tur baliqlar va 3 tur amfibiyalar kiradi. Hayvonot dunyosini muhofaza qilishda qo’riqxonalar, zakazniklar (buyurtmaxonalar) va “Qizil Kitob”ning ahamiyati katta bo’lib, O’zbekiston “Qizil Kitobi”ning I-nashriga hayvonlarning 187 turi kiritilgan bo’lsa, uning IInashriga 206 tur kiritildi. Keyingi yillarda Respublikamizda muhofaza qilinishi lozim bo’lgan hayvonlar va o’simliklar turlariga alohida e’tibor qaratilib muhofaza choratadbirlari ishlab chiqilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha jabhalar qatorida hayvonot dunyosini muhofaza etish, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida to’laqonli huquqiyme’yoriy baza yaratildi. Xususan, 1997 yili qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida»gi qonuni mamlakatimiz hududidagi hayvonot olami, shu jumladan, ko’chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar populyatsiyalarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va qayta tiklash, shuningdek, yovvoyi hayvonlarning yashash muhitini saqlab qolish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 2016 yil 24 avgustdagi “O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish” to’g’risidagi, yangi tahrirdagi qonun Senat tomonidan tasdiqlandi. Ushbu qonunning maqsadi hayvonot va o’simliklar 5 dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Shu bilan birga, o’tgan davr mobaynida O’zbekiston biologik xilma xillikni saqlash nuqtai nazaridan xalqaro 3munosabatlarni integratsiyalashish maqsadida, bir qator muhim xalqaro ekologik normativ-huquqiy hujjatlarga qo’shildi. Ular qatoriga «yo’qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to’g’risida»gi (CITES); «Yovvoyi hayvonlarning ko’chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish to’g’risida»gi; «Asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari sifatida xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan suv-botqoq joylari to’g’risida»gi konventsiyalarni, hamda AfrikaYevroosiyoning ko’chib yuruvchi suv-botqoq qushlarining muhofazasi bo’yicha bitimlarni kiritish mumkin. Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunlari, shuningdek, boshqa qator hujjatlar ekologik ta’lim-tarbiya tizimining huquqiy asosini tashkil etadi. Jumladan, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya fanini o’qitishning majburiyligini ta’minlash mustahkamlab qo’yilgan. Bu esa, “Hayvonlar ekologiyasi” kursining oliygoh talabalariga o’qitilishi ham bir tomondan Davlat ta’lim standartlarining bajarilishi bo’lsa, ikkinchi tomondan, tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilish sohasiga doir huquqiy normalarning amaliy ijrosi sanaladi. Yer sharida hayvonlarning turini, miqdorini va arealini o'zgarishi tabiiy holda va insonning xo'jalik faoliyati ta'sirida ro'y beradi.
Tabiiy geografik omillar (vulkanlarning otilishi, suv va muz bosishi, bo'ron,jala, sel bo'lishi, territoriyaning qattiq sovib yoki isib ketishi, kuchli yog'in va qo'g'oqchilikning bo'lishi va b.q.) ta'sirida hayvonlarning o'lishi va areallari qisqarishi mumkin. Lekin tabiiy omillar ta'sirida hayvonlarning turini, miqdorini va arealni o'zgarishi juda sekin bo'ladi.
Insonning hayvonlarga ko'rsatayotgan ta'sir doirasi jamiyat taraqqiy etgan sari kengayib bordi. Ayniqsa, feodalizm davrida va kapitalizm jamiyatida hayvonlarga yirtqichlarcha ta'sir etilgan. Natijada hozirgi kunga kelib, insonning ta'sirida dknyo bo'yicha hayvonlarning 600 ga yaqin turi, jumladan sut emizuvchilarning 120 turi, qushlarning 150 turi yo'q qilindi.
Inson xo'jalik faoliyaida o'zi uchun zarur bo'lgan go'sht, jun, mo'yna, teri, yog' va boshqalarni ko'plab tayyorlash orqali hayvonlarga bevosita ta'sir etib, ularning turini, sonini va arealini o'zgarishiga, ba'zi hayvon turlarini butunlay yo'qolib ketishiga sabab bo'lgan. Ayniqsa feodalizm va kapitalizm jamiyatida kishilar hayvonlardan go'sht, jun, teri va boshqa narsalar tayyorlashdan tashqari, ulardan hordiq chiqarish, ko'ngil ochish, musobaqalashish maqsadida ko'plab vahshiylarcha qirib yuborganlar. Shu sabali tarixiy davrlar mobaynida sut emizuvchilarning 120 turi yo'q qilingan bo'lsa, shuning 33 turi XVII asrgacha bo'lgan davrda, 40 turi XVII-XIX asrlar mobaynida, 47 turi XX asrda yo'q qilingan.
Qadimgi Rimda imperator Titning ko'nglini ochishi, hordiq chiqarishi va musobaqaga o'tkazish uchun har kuni 8000 ga yaqin hayvon o'ldirilgan. Bunday hodisalar G'arbiy Yevropadagi va Rossiyadagi podsho xonadonlarida ham bo'lib, juda ko'p qimmatli hayvonlar hayvonlar yo'q qilib yuborilgan.
Insonlar o'zining hayvonlarga bevosita ta'sirida ularning geografik joylashinini va arealini o'zgarishiga ham sababchi bo'ladi. Chunki kishilar foydali hayvonlar miqdorini ko'paytirishi yoki ov qili orqali hamda zararkunadalariga qarshi kurashib, hayvonlar miqdorini kamaytiradi. Ba'zan foydali hayvonlarni hamda zarakunada hasharotlarga qarshi kurashuvchi hayvon turlarini boshqa joylarga olib borib tarqatadi, ya'ni introduksiyalaydi. Natijada ba'zi materik va mamlakatlarda hayvonlarning yangi turlarini odamlar olib borib, o'sha joylarga tarqatadi, oqibatda ularning ba'zilari o'sha sharoitga moslashib, ko'payib ketsa, ba'zi turlari qirilib ketadi. Bu insonning hayvonlarga ko'rsatayotgan ham salbiy, ham ijobiy ta'siridir.
Hayvonlar sonining kamayib, kasallanishiga yana pestisidlarning ishlatilishi ham ta'sir etadi. Chunki zaharli ximikatlar ozuqa zanjiri orqali bir organizmdan ikkinchi organizmga o'tadi. AQShda o'rmonlarga zarar keltiruvchi hasharotlarga qarshi qarshi DDT preparati ishlatilgan. Ishlatilgan DDTni bir qismi erga tushib yomg'ir chuvalchangiga, chuvalchangdan esa sayyor qorayaloqlarga (ular chuvalchangni eydi) o'tib, zharlanib, oradan 21 kun o'tgach, o'sha qushlarning 88%i nobud bo'lgan.
Insonlarning bevosita va bilvosita ta'sirida suv havzasida yashovchi hayvonlar dunyosida ham salbiy o'zgarishlar yuz bergan. Ayniqsa, hozir kitlarning soni kamaygan. Bunga asosiy sabab ularni yog'i va go'shti uchun ko'plab tutishdir. Ma'lumotlarga ko'ra 1920 yili dunyo bo'yicha 11369 ta kit ovlangan bo'lsa, 1965 yilga kelib 64680 ta kit ushlangan. Natijada, biskay, yapon, qutbiy, silliq, kulrang 4va grelandiya kitlari deyarli yo'q qilingan, ko'k kit va finvalarning soni juda kamayib ketdi. Shu tufayli hozir halqaro kelishuvga ko'ra kit ovlash tartibga solingan.