2.3. Umurtqalilar inson xo`jalik faoliyatining ajratib bo`lmas bo`lagi Inson uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat resurslaridan biri hayvonlar hisoblanadi. Hayvonlar insoniyatni go'shtga, yog'ga, moyga, sutga, tuxumga, baliq maxsulotlariga va boshqalarga bo'lgan talablarini ta'minlaydi. Ma'lumotlarga ko'ra Yer sharida kishilar yiliga hayvonlar hisobiga 180 mln. t oqsil moddasiga boy bo'lgan oziq-ovqat xom ashyosi olmoqdalar yoki dunyo bo'yicha taqsimlanayotgan moyning 40% i hayvonlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Ko'p mamlakatlarda, jumladan Yaponiyada oziq-ovqat mahsulotlariningko'p qismini dengiz hayvvonlaridan foydalanib etishtirilmoqda. Hozir dunyo bo'yicha oziq-ovqat uchun yiliga 70-80 mln. t dengiz hayvonlari va baliqlar tutilmoqda. Akademik V.G. Bogarevnnig ma'lumotiga ko'ra Dunyo okeanlarida hayvonlar biosmassasi 1 mlrd. tonnani tashkil etadi. Bu juda katta oziq-ovqat manbai bo'lib, bir ga dengizdan olinadigan baliq miqdori bir ga yaylovdan etishtiriladigan go'shtdan 2 marta ortiqdir. Bularnig hammasi hayvonlarning oziq-ovqat etishtirishdagi roli juda katta ekanligidan darak beradi.
Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo'lib, tabiatda moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Hayvonlar o'simliklar bilan uzviy aloqada bo'lib, geografik qobiqda kimyoviy elementlarning migrasiyada qatnashadi. Hayvonlar o'simliklar tomnidan quyosh nuri ta'sirida hosil qilgan organik moddalar va bir-birlari bilan oziqlanib, biologik hamda tabiatda moddalarning almashinuvida ishtirok etadi. Yirik mavjudotlarning bir-biri bo'lgan ozuqa aloqasi – bu energiyaning bir organizmdan ikkinchi organizmga o'tkazuvchi mexanizmdir.
Yer sharida yashil o'simliklar quyosh energiyasining faqat 1% nigina o'zlashtirib, yiliga 150-200 mlrd. t organik modda hosil qiladi.
O'simliklar quyoshdan olayotgan olayotgan energiyasini 100% desak, shuning 50%ini o'simliklar nafas olish jarayonida, qolgan energiyani o'zlashtirib, organik modda sifatida organizmda to'playdi. Bu to'plangan organik modda o'txo'r va bir-biri bilan ovqatlanuvchi hayvonlarga o'tadi.
O'txo'r va etxo'r hayvonlar (konsumentlar)da energiya balansi qo'yidagicha bo'ladi: yutilgan ozuqa energiyasi to'la o'zlashtirilmaydi, uning bir qismi tashqi mhitga najas sifatida chiqariladi, so'ngra uni boshqa organizm o'zlashtiradi. Hayvonlar 5organizm o'zlashtirib olgan ozuqa va zapas energiyaning asosiy qismini organizmning ish faoliyatini normal saqlashga, oz qismini esa nafas olishi uchun sarflaydi. Natijada konsumentlarning o'lishi va chirishi tufayli organik qoldiqlar vujudga keladi, ularni saprofitlar (bakteriyalar, zamburug'lara, nematodalar) parchalab, anorganik moddalarga aylantiradi.
Ba'zi hayvonlar, chunonchi yirtqich qushlar zararkunanda kemiruvchilarni qirib, o'simlik hosildorligini oshiradi yoki ba'zi foydali hasharotlar o'simliklarni zararkunanda hasharotlardan va kasalliklardan saqlaydi. Masalan, boyqush bir yilda 1000 ta sichqonni yo'q qilib, 0,5 t donni saqlab qolsa, chumolilar o'rmonlarni kasallikdan saqlaydi.
XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, umurtqali hayvonlarni o`rganish, ularni tadqiq qilish qadim zamonlardan buyon tabiatshunos olimlarning eng muhim vazifasi hisoblangan. Shuning uchun umurtqalilarning biologic xususiyatlarini o`rganish va amaliyotga tadbiq etish bugungi kunning ham eng dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Xordalilar tipi turlari umurtqasiz hayvonlarga nisbatan ancha karn bo‘lsa-da, gavdasining yirik bo‘lishi, individlarning murakkab va xilmaxil tuzilganligi, fiziologik va ekologik xususiyatlarining turli-tumanligi bilan ulardan keskin farq qiladi.
Xordalilar inson hayoti va faoliyatida beqiyos katta ahamiyatga ega. Yowoyi umurtqali hayvonlar go‘shti, terisi, mo'ynasi, yog‘i uchun va boshqa maqsadlarda ovlanadi. Yowoyi umurtqali hayvonlardan uy hayvonlari zotlarini yaxshilash, mahsuldor hayvonlar zotlarini chiqarish maqsadida ham foydalaniladi. Shuning uchun noyob va yo‘qolib borayotgan umurtqali hayvonlar turlarini muhofaza qilish orqali ularni saqlab qolish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, uy hayvonlarining deyarli barchasi xordalilar tipiga kiradi. Uy hayvonlari inson uchun sifatli oziq-ovqat manbayi; ularning mo‘ynasi, terisi va juni esa yengil sanoat uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi.
Odamlar qadim zamonlardan boshlab itlardan qo'riqchi; ot, eshak, tuya, fil va boshqa sutemizuvchilardan transport vositasi, ishchi hayvon sifatida va sport musobaqalarida foydalanib kelishgan. Bir qator umurtqali hayvonlar ustida inson hayoti va sog‘ligi uchun nihoyatda muhim bo'lgan tadqiqotlar o‘tkaziladi. Nihoyat, umurtqali hayvonlarning tuzilishi va hayotini o'rganish ekologiya, genetika, sistematika, qiyosiy anatomiya, fiziologiya, biogeografiya, evolutsion ta’limot va boshqa fanlarning ко‘p lab muammolarini tushunib olishga va yechimini topishga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha masalalar qo‘yilgan. Jumladan, oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish, oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish va boshqa qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yunalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 12 avgust kuni chiqarilgan PQ-4805 sonli qarorida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jixozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish soxalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va xamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, Prezident Farmoni va Qarorlaridan kelib chiqib, biologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni soha bo‘yicha kengqamrovli ishlarni olib borishi va samarali natijalarga erishish yo‘lida ma’lum darajada darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlash zarurligini taqozo etadi. Zoologiya hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi va yashash muhiti bilan munosabatlarini, shuningdek ularning xususiy hamda tarixiy taraqqiyotini o‘rganadi. Zoologiya kompleks fan bo‘lib, bir qancha fanlarni o‘z ichiga oladi. Sistematika – turlarning xilma-xilligi, ularning o‘zaro o‘xshashligi yoki bir-biridan farqi asosida turli sistematik guruhlar o‘rtasidagi ierarxiya (tobelik) munosabatlarini o‘rganadi. Morfologiya – hayvonlarning tashqi, anatomiya – ichki tuzilishini o‘rganadi. Solishtirma va evolyutsion morfologiya – turli sistematik guruhlarga mansub bo‘lgan hayvonlarning tuzilishi va ularning tarixiy rivojlanishini tekshiradi. Embriologiya - hayvonlarning embrional rivojlanishi (ontogenez)ni, filogenetika – esa hayvonot dunyosining evolyutsiyasini, ekologiya – hayvonlarning tashqi va yashash muhiti bilan o‘zaro munosabatlarini tadqiq qiladi. Etologiya – hayvonlarning xulq-atvorini solishtirib o‘rganadi. Zoogeografiya – hayvonlarning quruqlik va suvda tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni tekshiradi. Qadimgi geologik davrda yashab, hozir qirilib ketgan hayvonlarni paleozoologiya – o‘rganadi. Bu fan filogenetika va evolyutsion morfologiya bilan uzviy bog‘langan. Fiziologiya – esa hayvonlar organizmi funksiyalarini o‘rganadi. Zoologiyani tekshiradigan ob’ektlariga binoan ham bir qancha fanlarga ajratish mumkin. Masalan, protozoologiya – bir hujayrali hayvonlarni, gelmintologiya – parazit chuvalchanglarni, entomologiya – hasharotlarni, akarologiya – kanalarni, ixtiologiya – baliqlarni, ornitologiya – qushlarni, teriologiya – sutemizuvchilarni o‘rganadi. Zoologiya boshqa biologiya fanlari, shuningdek tibbiyot, veterinariya va qishloq, xo‘jaligi bilan uzviy bog‘liq. Zoologiyaning ko‘pgina bo‘limlari esa parazitologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi kompleks fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlarning parazitlarini o‘rganish tibbiyot va veterinariya parazitologiyasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproqda yashovchi hayvonlarni o‘rganish esa tuproq, hosil bo‘lish jarayonlarini tushunib olish va tuproq unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ekologo-zoologik tadqiqotlar baliq xo‘jaligi va chorvachilikni yanada rivojlantirish, ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali hayvonlarni iqlimlashtirish va ko‘paytirish, shuningdek qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi.