Mavzu: Ustanovkalarning masalalarni yechish uslubiga ta’sirini o‘rganish 1
Ustanovka turlari 5
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Ustanovkalarning shakllantirish va oʻzgarish jarayonini tadqiq qilishga katta hissa qoʻshgan olimlardan biri amerikalik olim K.Xovland hisoblanadi. U shaxsning ustanovkalariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning uchta guruhi borligini uqtirgan:
Ma’lumot manbai bilan bog‘liq omillar guruhi.
Ma’lumot mazmuni bilan bogʻliq omillar guruhi.
Mazkur omillar yoʻnaltirilgan auditoriya bilan bogʻliq omillar guruhi.
Ijtimoiy ustanovkalarning shakllanishi va oʻzgarishiga ma’lumotlarning manbai quyidagicha ta’sir koʻrsatishi mumkin:
ma’Iumot manbaiga nisbatan kishilarda ijobiy munosabat mavjud boʻlsa, u holda ularning ijtimoiy ustanovkalari kuchliroq oʻzgarishi mumkin;
ma’Iumot manbaiga nisbatan kishilarda salbiy munosabat mavjud boʻlsa, u holda ijtimoiy ustanovkalar umuman qarama - qarshi tomonga oʻzgarib ketishi mumkin («bumerang effekti»);
agarda ma’Iumot manbai kishilar oʻrtasida «oʻzimizniki» sifatida qabul qilinsa (u va shaxs oʻrtasida ijtimoiy-psixologik distansiya boʻlmasa), u holda bunday manba kishilarning ijtimoiy ustanovkalariga kuchliroq ta’sir koʻrsata oladi;
agarda ma’Iumot manbai kishilar tomonidan «begona» sifatida qabul qilinsa (u va shaxs oʻrtasida katta ijtimoiy-psixologik distansiya bo‘lsa), u holda bu manba kishilarning ijtimoiy ustanovkalariga jiddiy ta’sir koʻrsata olmaydi.
Informatsiyaning mazmuni va yetib kelish tartibi kishilarning ijtimoiy ustanovkalar shakllanishi va oʻzgarishiga quyidagicha ta’sir koʻrsatishi mumkin:
Kishilarga birinchi boʻlib yetib kelgan ma’Iumot, ikkinchi yoki keyingi yetib kelgan ma’lumotga nisbatan ijtimoiy ustanovkalarga koʻproq ta’sir koʻrsata oladi (bu hol «birinchilik effekti» degan nom olgan). Bu quyidagi shart-sharoitlarda yuz beradi:
insonlar kerakli ma’lumotni tinimsiz oqim koʻrinishida olishsa;
kishilarda jismoniy va psixologik charchoq kuzatila boshlagan vaqtda (diqqatning koʻchishi, informatsiyaga boʻlgan qiziqishning yoʻqolishi va h.k.) ma’Iumot kelishda davom etsa.
Kishilarga ikkinchi yoki undan keyin yetib kelgan ma’Iumot quyidagi holatlarda ijtimoiy ustanovkalarga koʻproq ta’sir koʻrsatadi:
agarda kishilar uni koʻp vaqt oraligʻida qismlarga boʻlib olishsa;
agarda bu ma’Iumot kishilarga juda uzoq vaqt mobaynida yetib kelaversa va nihoyat ular eng avvalida nimalarni eshitgan- liklarini unutib yuborishsa.
Agar ma’Iumot olishdan avval shaxsga «bu ma’lumotga isho- nisli kerak emas» degan ogohlantirish boʻlsa, u holda ma’Iumot yetib kelganida shaxs uni umuman qabul qilmaydi hamda oʻzining ijtimoiy ustanovkasini oʻzgartirmaydi.
Agarda «ma’Iumot manbaiga ishonmang» degan ogohlantirish kechroq yetib kelsa va ungacha shaxs ma’lumotni qabul qilib boʻlgan boʻlsa, u holda bu ogohlantirish shaxsdagi ijtimoiy ustanovkalarning oʻzgarishiga ta’sir koʻrsata olmaydi.
Koʻpchilik holatlarda murakkab va qarama-qarshi ma’luumot ijtimoiy ustanovkalarga yomon ta’sir ko:rsatadi, aksincha oddiy va aniq ma’Iumot ijtimoiy ustanovkalarga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Masalan: agar shaxsga aynan bitta masala yuzasidan ikki xil ma’Iumot berilsa-yu, lekin u bu ma’lumotlarni tushunmasa, u holda shaxs ma’lumotga javoban oʻz ijtimoiy ustanovkasini o‘zgartirmaydi. Agar shaxsga bitta, lekin aniq ma’Iumot taklif qilinsa, ikkinchi ma’Iumot haqida umuman gapirilmasa, u holda shaxs garchi bu borada ikkinchi nuqtayi nazar borligini bilsada, unga taklif qilinayotgan dastlabki ma’lumotni qabul qiladi.
Auditoriyaning oʻziga xosligiga koʻra ijtimoiy ustanovkalarning oʻzgarishi va shakllanishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Shaxs ma’Iumot manbaiga nisbatan avvaldan ijobiy munosabatda boʻlsa, u holda ma’Iumot beruvchining nuqtayi nazarini qabul qilishadi (hatto bu nuqtayi nazar yetarlicha mantiqiy va tartibli boʻlmasa ham).
Shaxs ma’Iumot manbaiga avvaldan salbiy munosabatda boʻlsa, u holda ma’Iumot beruvchining nuqtayi nazarini deyarli qabul qilmaydi (hattoki bu nuqtayi nazar mantiqiy izchil va mukammal isbotga ega boʻlsa ham).
Yuqori darajadagi intellekt, ta’lim va madaniyatga ega boʻlgan shaxs koʻpincha emotsiyalarga emas, balki mulohazali fikrlarga asoslanib reaksiya bildiradi.
Past darajadagi intellekt, ta’lim va madaniyatga ega boʻlgan shaxs koʻpincha mulohazali fikrlarga emas, emotsiyalarga asoslanib reaksiya bildiradi.