Ustanovkalarning masalalarni yechish uslubiga ta’sirini o‘rganish
II BOB. USTANOVKA OʻRGANILISHINING EMPERIK ASOSLARI 2.1. Shaxsning ustanovkasi yoki anglanilmagan mayllari Ustanovka inglizcha set deyiladi, oʻzbek tilida esa koʻrsatma berish, anglanilmagan mayllar, yoʻl-yoʻriq koʻrsatish ma’nosida qoʻllanilib kelinadi. Lekin keyingi atamalar uning shaqiqiy mohiyatini, ma’nosini oʻzida mukammal aks ettirmaydi, shuning uchun terminni shech oʻzgarishsiz qoldirsa ham boʻladi. Odatda ustanovka deganda, bilish faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ehtiyojni ma’lum uslubda qondirishga ruhiy jihatdan tayyor turishlik tushuniladi. Ustanovka shaxsning oʻzi anglab yetmagan muayyan ruhiy holati yoki maylidir. Bunday holatda shaxs biron bir ehtiyojni qondirish mumkin boʻlgan ma’lum faoliyatga nisbatan ruhan tayyor turadi. Ustanovkaning mavjudligi va uning qonuniyatlari eksperimental tarzda ta’kidlab oʻtilgan ilmiy maktab namoyandalari tomonidan aniqlangan. Mazkur tajribada sinaluvchiga ikkita, bittasi katta, ikkinchisi esa kichikroq soqqachani uzluksiz ravishda bir nechta (10-15) marta koʻzi yumuq holda paypaslab taqqoslash taklif qilinadi. Eksperimentning navbatdagi bosqichida soqqachalar almashtirilib, baravar jismlar har xil tuyuladi, ya’ni sinaluvchida illyuziya (notoʻgʻri aks ettirish) holati yuzaga keladi. Bunday psixologik voqeaning vujudga kelishiga asosiy sabab shuki, ob’ektiv jihatdan oʻzaro teng soqqachalar taqqoslanganligida ular bir biriga teng emas, degan mayl bilan favqulodda sub’ektiv haroitda ish tutilganligidir. Ushbu holat oddiyroq qilib tushuntirilganda, taqqoslash jarayoni ustanovka (koʻrsatma berish, yoʻl-yoʻriq koʻrsatish) asosida amalga oshirilganligi uchun shunday oqibatga olib kelgandir.
Shuningdek, ba’zi jamoalarda, guruhlarda, oilalarda ustanovkaga asoslanish, ularga ishonch noxush oqibatlarga olib keladi. Avtoritar tafakkur, milliy stereotip, etnik rasm-rusumlar ham ustanovkaga misoldir. Davolovchi shifokorning ustanovkalariga bemorning rioya qilishi irqchilik munosabatlari, ilmiy unvonli ziyolilarga berilgan super (orttirma) baholar va boshqalar ustanovkaning anglanilmagan shaklini oʻzida mujassamlashtiradi. Shuni ta’kidlash joyiz-ki, ba’zi hollarda shaxs uchun anglanilmagan ustanovka oʻz pozitsiyasini aniq namoyish qilishda e’tiqot sifatida gavdalanadi, anglanilmagan omillar tariqasida aks etadi.
Gruzin psixologlari tomonidan ustanovkaning turlicha hislatlari (qoʻzgʻaluvchanlik, dinamiklik, statiklik, plastiklik-dagʻallik, labillik-stabillik, irradiatsiya-generalizatsiya) va tiplari (diffuz, differiansiallashgan, fiksasiyalashgan) aniqlangan. Ularning fikricha, ustanovkaning ba’zi bir xislatlari mutanosibligi uning har xil tiplarining vujudga keltiradi. Psixoz va nevrozlar ustanovkaning patologik oʻzgarishlarida oʻz ifodasini topadi. Shuningdek, ustanovka inson shukmronligini va qudratini tashkillatirishning yuksak darajasi sanaladi. U xulq-atvorining batartibligi va izchilligining asosi hisoblanadi. Ularning mulohazalaricha, ustanovka insoning muayyan shaklda munosabat bildirishga yuksak yoʻsinda umumlashgan tayyorgarlik holati, reaksiyaning yaqqol natijasining kodlashtirilgan neyrodinamik modeli, mazkur reaksiya vaqtini oldindan payqash, qolaversa yaxlit faoliyat tuzilishining ajralmas jabhasi hisoblanadi. Shuning uchun ustanovka oʻzgaruvchanlik va barqarorlik jips birligini aniqlashga xizmat qiladi. U oʻzining oʻzgaruvchanlik bilan munosabat bildirishi javob qaytarishning barqarorligini ta’milaydi.
Ustanovkaning yuksakroq bosqichi anglanish koʻrinishga ega boʻladi. Guruhiy va jamoaviy munosabatlarda uning a’zolarini ishontirish (ularga ta’sir oʻtkazish) orqali muayyan yoʻnalishga safarbar qilish; fikrlarda umumiylikni vujudga keltirish holatlari bunga yorqin misoldir ishonish va ishontirish odamlarning xarakter hislatiga, xulq-atvoriga bevosita bogʻliq. Bu holat psixologiyada eksperimental tarzda tadqiq etilgan. Masalan, sinaluvchilarga ma’lum vaqt oraligʻida soatiga qaramay, sekundlarini oʻz ichida sanash orqali bir minutning choʻzilishini aniqlash imkoniyatiga ega boʻlganlar. Keyinchalik bu sanash signal berish bilan tekshirilib turilgan, ba’zan "yolgʻon" signallar, ya’ni lampochka yonish bilan tajriba boʻlinishga yoʻl qoʻyilgan. Qatnashchilarda eksperimentatorga ishonch boʻlganligi sababli xatolarga yoʻl qoʻyishgan.
Ishonuvchanlikni aniqlashda "konformizm" (kelishuv, murosa-yu, madora) dan foydalanilgan. Ichki va tashqi kelishuvchanlik (konformizm),ichdan kelishmovchilik (nokonformizm) guruhiy ishonuvchanlik mohiyatini oʻrganish uchun ob’ekt sifatida foydalanishgan. Bir guruh odamlarning ochiq ovoz berish konformizmning namoyon boʻlishidir. Lekin konformizm "soxtalik"ni ham keltirib chiqarish mumkin, uning aks ettiruvchisi esa konformist deb ataladi, koʻpincha ideallardan voz kechish hollari ham uchrab turadi.
Xulq-atvor va faoliyatning anglanilmagan omillari qatoriga mayllar kiradi. Shali differensiyalashmagan, yetarli darajada anglanilmagan ehtiyojdan tashkil topgan xulq-atvor va faoliyatini amalga oshirishga undovchi omil mayl deb ataladi. Moyillik holatiga kirib borayotgan shaxs uchun jalb qilayotgan ob’ektida uni nima qiziqtirayotgani va qaysi alomat oʻziga tortayotgani sababi noaniqligi. Faoliyat maqsadi sub’ektiga noma’lumligi tufayli mayl hukm suradi. Bunday psixik holat insonlarda tez-tez uchrab tursada, lekin oʻzining tezkor oʻtkinchligi bilan boshqa voqealardan ajralib turadi. Odatda ushbu mohiyatli psixik holatni harakatlantiruvchi ehtiyoj soʻnishi yoki tilakka aylantirish mumkin. Binobarin, u xohish, niyat, orzu, fantaziya kabi shakllarga aylantirish tufayli shaxs tomonidan anglaniladi. Bunday shakldagi mayllarning odamlarda mavjud boʻlishi ularning yaqin va uzoq kelajakka intilishlardan dalolat beradi.
Z.Freyd mayllarga nisbatan oʻziga xos nazariya yaratgan boʻlib,u aksariyat holatda jinsiy (instinktiv) mayllar toʻgʻrisida mulohaza yuritadi (libido-jinsiy mayl), "edip kompleks" ("Shosh Edip" asari boʻyicha), "psixoanaliz" atamalari orqali qoʻrqish, himoya, begonalahish singari instinktiv moyillikni talqin qiladi.
Shuni ta’kidlab oʻtish oʻrinlik, har qanday anglanilmagan mayllar oʻzidan oʻzi yoʻqolib ketmaydi, balki ular bir bosqichdan, koʻrinishdan ikkinchi turga, shakllarga almashadi, mutlaqo boshqacha yangi sifatga ega boʻladi. Ular maqsadga, talabga oʻsib oʻtishi bilan anglanilganlik darajasiga erishadi. Koʻngil gʻashlik, ruhan bezovtalanish, noma’um xatti-harakatlar sababi insonga noma’lum boʻlsa, ular anglanilmagan darajada ekanligini bildiradi va mayl funksiyasini bajaradi.