Ustanovkalarning masalalarni yechish uslubiga ta’sirini o‘rganish
1.2. Shaxsning ijtimoyi ustanovkalari Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi.
Masalan, bir kishiga badiiy adabiyotdan aynan bir guruh asarlar guruhi yoki shu adib yoqishini tushunmaydi. Oʻsha guruhdan yangi bir kitob qoʻlga kirganda u albatta yoqishi kerak degan tasavvurda boʻladi shu manoda olib qaralganda ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosatbatlarga oʻxshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma’no ham, baholar sistemasi ham, bilimlar ham oʻz ifodasini topadi. Ya’ni ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan munosabat bildirishining ichki mexanizmidir, shu ob’ektlar bilan ishlashga, ularni baholashga hamda ma’lum tarzda idrok qilishga tayyorgarlik holatidir.
Bu - shaxsning atrof muhitida sodir boʻlayotgan ijtimoiy hodisalarni, ob’ektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar oʻrnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham oʻzgartirishga aloqador kategoriyadir.
Ijtimoiy muhitning ta’siri xulq-atvorda bevosita namoyon boʻladi. U yoki bu xulq-atvorning sababi uning motividir. Ijtimoiy psixologiya shaxs xulq-atvorining motivlari sifatida ijtimoiy ustanovkalarni oʻrganadi.
Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va oʻzgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm - bu ijtimoiy ustanovkalardir.
Rus olimi V.A.Yadov oʻzining dispozitsion konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalarni toʻrt bosqich va toʻrt tizimli sifatida tasavvur qilgan
Eementar ustanovkalar (set) - oddiy, elementar ehtiyojlar asosida koʻpincha ongsiz tarzda hosil boʻladigan ustanovkalar. Ularni oʻzgartirish uchun moddiy shart - sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini oʻzgartirish kifoya.
Itimoiy ustnovkalar (attitud) - ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni oʻzgartirish uchun ijtimoiy shart - sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini oʻzgartirish kerak.
Bazaviy ijtimoiy ustanovkalar - ular shaxsning umumiy yoʻnalishini belgilaydi va ularni oʻzgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni oʻzgartirish demakdir.
Qadriyatlar tizimi - ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr - qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga oʻz qadrini yoʻqotmay kelayotgan qadriyatlardir.
Ijtimoiy ustanovka muammosi Gʻarbda, ayniqsa, Amerika Qo‘shma Shtatlarida har taraflama chuqur oʻrganilgan muammolardan hisoblanadi. Amerikalik olimlar uning shaxsning avvalgi hayotiy tajribasiga, undagi ijtimoiy tasavvurlariga bogʻliqligini oʻrginib, shaxs xulq-atvorini turli sharoitlarda boshqaruvchi mexanizm ekanligini isbot qildilar. (U. Tomas, F. Znanetskiy,
G. Olport, M. Smit, K. Xovland, Laper, D. Kats, N. Rokich va boshqalar)
ular ijtimoiy ustanovkani bir soʻz bilan -"attityud"soʻzi bilan ifodalaydilar. 1942-yildayoq M. Smit attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan.
K ognitiv qism - bu shaxsdagi attityud obektiga nisbattan bilimlar, uning odam tomonidan anglanishidir. Bunga shaxsdagi bilimlardan tashqari gʻoyalar, tasavurlar prinsiplar va hokazolar kiradi.
A ffektiv qismi - bu oʻsha ob’ektni hissiy emotsional baholash boʻlib, yoqtirish yoki yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi.
K ognitiv qismi yoki xulq-atvor bilan bogʻliq qismiga esa ob’ektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan xulq-atvor kiradi. Lekin ba’zi olimlarda ustanovkaning aynan ob’ektga yoki vaziyatga nisbatan boʻlishi mumkinligi haqida ma’lumotlar ham bor edi. Xususan, Laperning 1934-yilda oʻtkazgan mashhur eksperimenti bunga misol boʻlishi mumkin. Eksperimentning mazmuni quyidagicha edi.
Laper ikkita xitoylik talabalar bilan AQSH boʻylab sayohatga chiqadi. Ular hammasi boʻlib 252 ta mexmonxonada boʻlishib, ularning deyarli barchasida (bittasidan tashqari) iliq, samimiy munosabatning guvohi boʻlishadi. Ma’lumki, oʻsha paytlarda irqiy belgi boʻyicha odamlarga tanlab munosabatda boʻlishar, xitoyliklar ham sariq tanlilar sifatida kamsitilardi. Laper bilan hamroh boʻlgan talabalarga munosabat bilan olimga boʻlgan munosabat oʻrtasida deyarli farq sezilmadi. Sayohat tugagach, Laper oʻsha barcha mehmonxona egalariga minnadorlik xati yozib, yana oʻsha talabalar bilan borsa, yana oʻshanday iliq kutib olishlari mumkinligini soʻradi. Javob faqat 128 ta mehmonxona egalaridan keldi, ularning bittasi ijobiy javob, 58 da rad javobi, qolganlarida turlicha formalarida noaniq javoblar olindi. Bundan Laper shunday xulosaga keldi: demak, xitoy millatiga mansub shaxslarga nisbatan ustanovka bilan mexmonxona egalarining real xulq-atvorlari oʻrtasida farq boʻlib, aslida ustanovka salbiy ekanligi, vaziyatga qarab esa, u boshqacha-ijobiy namoyon boʻlganligi aniqlandi.
Ijtimoiy ustanovkalarga xos boʻlgan umumiy qonuniyatlardan yana biri uning oʻzoq muddatli xotira bilan bogʻliqligidir. Ayni vaziyatga shakllangan obrazlar oʻzoq muddatli xotirada saqlanib, u yoki bu vaziyatda aktuallashadi, ya’ni "jonlanadi". Masalan, ba’zi bir etnik steriotiplar ana shunday xotira obrazlaridandir. Demak, ijtimoiy ustanovka ob’ektga hamda konkret vaziyatga bogʻliqdir.
Shakllangan ijtimoiy ustanovkaning hayot mobaynida oʻzgarishi mumkinligi muhim ijtimoiy psixologik ahamiyatga egadir. Amerikalik olim Xovland fikricha, ijtimoiy ustanovka oʻrgatish yoʻli bilan oʻzgarishi mumkin. Ya’ni oʻquvchilardagi turli ustanovkalarni oʻzgartirish uchun ragʻbatlantirish yoki jazolash sistemasini oʻzgartirish lozimdir.
Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Masalan, bir kishiga badiiy adabiyotdan aynan bir guruh asarlar guruhi yoki shu adib yoqishini tushunmaydi. O‘sha guruhdan yangi bir kitob qoʻlga kirganda u albatta yoqishi kerak degan tasavvurda boʻladi, shu ma’noda olib qaralganda ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosatbatlarga oʻxshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma’no xam, baholar sistemasi ham, bilimlar ham oʻz ifodasinn topadi. Ya’ni ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan munosabat billim yoki tarmoq uni oʻz mavzui va vazifalari taaluqli boʻlgan muammolarni hamda ma’lum tarzda idrok qilishga tayyorgarlik holatidir.
Shakllangan ijtimoiy ustanovkaning hayot mobaynida oʻzgarishi mumkinligi muhim ijtimoiy psixologik ahamiyatga egadir. Amerikalik olim Xovland fikricha, ijtimoiy ustanovka oʻrgatish noli bilan oʻzgarishi mumkin. Shaxs uchun xuddi oʻzinikiday boʻlib qolgan boʻlib, tarqoq guruhlarda esa har bir shaxs uchun "ahamiyatli" kishilar guruhi referyont kishilar guruhi boʻlib, u oʻsha odamlar fikrinigina inobatga oladi va ularga qoʻshiladi. Bundan chiqadigan xulosa shuki, har bir guruhda oʻsha a’zolarni birlashtirib toʻrgan umumiy faoliyat maqsadlarini har bir shaxs ongiga toʻgʻri yetkazish va oʻzaro munosabatlar tizimini yaxshilab, har bir shaxsning birbirlarini yaxshi bilishlari va birbirlarini toʻgʻri baholashlariga aloxida e’tiborni qaratish lozim. Bu narsa shaxsda shakllanajak ijobiy sifatlarning asosidir.