Mavzu: V-XIII asrlarda chet eldagi pedagogiklari g’oyalari Mashg’ulot rejasi



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə8/8
tarix27.08.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#63298
1   2   3   4   5   6   7   8
12-ma\'ruza. Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan

Umumta’lim g’oyasi. Komenskiy yashagan davrda hammani o’qishga tortish shart emas, qobiliyatli kishigina o’qishi kerak, degan g’oya mavjud edi. Komenskiy esa o’qishga hammaning tortilishini, hamma o’z ona tilida umum boshlang’ich ta’lim olishi kerakligini uqtiradi. Umumta’lim to’g’risida gapirganda ayollarni ham hisobga oladi. O’sha davrda xotin-qizlar uchun o’qish juda katta muammo edi, shunga qaramay, u bu masalani ilgari surdi.
Komenskiyning pedagogik nazariyasining yana bir qimmatli tomoni o’quvchilar bilim olish tushunchasiga ega. Oynani qanchalik chang bosgan bo’lsa ham, baribir kishi o’z aksini ko’rishi mumkin, albatta, toza oyna kishi aksini toza ko’rsatadi. O’qituvchining vazifasini oynadagi changni artib tashlash, ya’ni bilimni bola ongiga yetkazish, ani aqliy tomondan o’stirishdir, degan edi.
Komenskiy o’z asarlarida tarbiyaning maqsadini ko’rsatadi. Tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iboratdir. Buni uch xil tarbiya orqali amalga oshirish mumkin:

  1. Aqliy tarbiya.

  2. Axloqiy tarbiya.

  3. Diniy tarbiya.

Bu maqsad bolaning tug’ilganidan to 24 yoshigacha amalga oshadi, bu davr ichida bola to’rt maktabni o’qib tugatishi, har birida 6 yil o’qishi kerak, deb hisoblaydi. Komenskiy o’zining «Buyuk didaktika» asarida maktabda o’qitish tizimini amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilishni tavsiya etadi.

  1. Ko’rsatmalilik tamoyili;

  2. Onglilik tamoyili;

  3. Izchillik va tizimlilik tamoyili;

  4. Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash tamoyillari.



Mixail Vasilyevich Lomonosov -(1711 - 1765); - daho rus olimi entsiklopedisti, shoiri, birinchi ilmiy grammatika “rus tili grammatikasi” yaratuvchisi (1755); Bu buyuk rus olimi rus tilshunosligining kelib chiqishida turadi. Uning leksikologiya sohasidagi izlanishlari, adabiy til uslublari nazariyasiga oid ilmiy ishlari birinchi akademik izohli lug‘atning asosini tashkil etdi.
Moskvada, Kiyevda (1734), soʻngra Peterburg akademiya universitetida oʻqigan (1735). 1736-yildan Germaniyaning Merburg va Frayburg universitetlarida kimyo va metallurgiya fanlaridan taʼlim olgan. Peterburg Fanlar akademiyasi ning birinchi akademik (1745). 1748-yilda Rossiya Fanlar akademiyasi qoshida 1-kimyoviy laboratoriyaga asos solgan. 1755-yilda Lomonosovning tashabbusi bilan Moskva universiteti tashkil etilgan (keyinchalik unga Lomonosov nomi berilgan). Moddalarning atom-molekulyar tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirgan, kimyoviy reaksiyalarda massaning saqlanish qonunini topgan (1756), korpuskulyar (atom-molekulyar) taʼlimoti asoslarini taklif etgan (1741 — 50). Venera sayyorasida atmosfera mavjudligini aniqlagan (1761). Falsafiy va grajdanlik ruhidagi rus odamining ijodkori. Dostonlar, sheʼriy nomalar, tragediyalar va hajviy asarlar, fundamental filologik tadqiqotlar hamda rus tilining ilmiy grammatikasi muallifi. Ranglar haqidagi nazariyani olgʻa surgan. Bir qancha optik asboblar yasagan. Mozaika sanʼatini rivojlantirgan, smaltalar ishlab chiqarishga katta hissa qoʻshgan, shogirdlari bilan birga koshinkor naqshlarning yangi turlarini taklif etgan. Shvetsiya Fanlar akademiyasi (1760), Bolonya Fanlar akademiyasi (1764) faxriy aʼzosi.[1]


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin