32
«Malikai ayyor», «Ravshan»,
«Go`ro`g`li» turkumi va h. k.
4.
Tarixiy dostonlar: Bunday dostonlarida
tarixda bo`lib o`tgan voqea- hodisalar,
ayrim tarixiy shaxslarning faoliyati
ifoda etilgan. Misol: «Edega»,
«Shayboniyxon», «Oychinor» va h. k.
5.
Kitobiy dostonlar:Ular yaratilishi
jihatidan
yozma adabiy manbaga ega
bo`lgan bevosita yozma adabiyot
ta’sirida yaratilgan dostonlardir.Misol:
«Layli va Majnun», «Farhod va
Shirin», «Zevarxon», «Rustami
doston», «Bahrom va Gulandom» va x.
k.
Xalq dostonlarida profissional san`at
taraqqiyotida, o`zbek xalqi madaniyati
rivojida katta rol o`ynagan. Dostonlar
motivlar asosida «Alpomish»,
«Ravshan va Zulxumor», «Orzigul»,
«Tohir va Zuhra» kabi dramalar hamda
33
«Tohir va Zuhra», «Alpomish»
singari
badiiy filmlar yaratilgan.
Tez aytish.
Tez aytish- ma’lum so`zni, so`z
birikmasini yoki tovushni to`g`ri
talaffuz qilishga, uni tovushlardan
farklashga o`rgatadigan, xotirani
mustahkamlaydigan va nutqni
o`stiradigan janr. Misol: «Ok
choynakka ko`k qopqoq, ko`k
choynakka oq qopqoq», «Qishda
kishmish pishmasmish, pishsa kishmish
qishmasmish», «Bir tup turpning
tomirini turtib turgan
bir tup tutning
tomirini bir tup turpning tomiri turtib
turibdi».
Masal.
Masal- (arabcha «namuna») – badiiy
adabiyotning eng qadimiy janrlaridan
bo`lib,
unda voqelik majoziy
xarakterdagi o`simlik, hayvon, ba’zan
34
inson obrazlari orqali tasvirlanadi. Ular
ko`pincha she’riy shaklda, ba’zan
nasrda ham yaratilishi mumkin. Demak,
masal ta’limiy- tarbiyaviy mazmunga
ega bo`lgan, ko`proq maishiy- axloqiy,
ijtimoiy- siyosiy mavzularda, asosan,
majoziy obrazlar
vositasida voqelikni
aks ettiruvchi kichik hikoyachalardan
iborat. Qadimgi Yunonistonda masal
janrida shuhrat qozongan shoirlardan
biri
Ezop (er. av. 6-5 asrlar) bo`lib,
uning
asarlarida achchiq kesatiq,
piching ustunlik qilar edi. Shu bois
keyingi davr adabiyotidagi o`tkir hajv,
achchiq kesatiq va pichingga ega
bo`lgan asar tiliga nisbatan «
Ezop tili»
atamasi qo`llaniladi.
Fransuz adabiyotida
Lafonten (1621-
1695), nemis adabiyotida
Lessing
(XVIII asr),
rus adabiyotida A. D.
Kantemir, A. I. Krilovlar, o`zbek
35
adabiyotida
A. Navoiy, M. Gulxaniy,
Hamza, M. Xudoykulov, Ya.
Kurbonov, S. Abduqahhorov kabi
shoirlar ijodida janrning go`zal
namunalari yaratilgan. Misol: Gulxaniy
«Tuya bilan bo`taloq», «Maymun bilan
najjor», Hamza «Toshbaqa va chayon»,
Avloniy «Tulki ila qarg`a» va boshq. .