A) Etiologik miflar – tabiat hodisalari,
tabiatdagi biror predmetning paydo
bo`lishi haqidagi miflar;
B) Kosmogonik miflar – dunyoning
paydo bo`lishi, koinot jismlari
haqidagi miflar;
D) Etnogonik miflar – biror urug`,
kabilaning paydo bo`lishi haqidagi
miflar.
E) Antropogonik miflar
–
insonlarning paydo bo`lishi haqidagi
miflar;
F) Esxatologik miflar - misollarning
kelajagi haqidagi miflar va x.z.
Aziz momo (qish fasli haqida), oy bilan
kun (oilaviy hayot haqida, bu asotirda
qo`llangan «Yulduz uchdi» degan
tushuncha Oy uyquga ketganda, Kun
bolalardan birini olib qochmoqchi
bo`lgani bilan bog`lik).
Aziz momo.
22
Qadim zamonlardan aziz momo ismli
keksa bir kampir yashar ekan. Uning
to`qsonta o`g`li bo`lib, to`qson kun –
qishning har bir kuni Aziz Momoning
bir o`g`liga bag`ishlangan ekan. Agar
to`qson kun kishi iliq o`tsa, Aziz Momo
darg`azab bo`lib, o`z o`g`illariga
«To`qson, to`qsonning ham mening bir
kunimcha yo`qsan» deb koyib berar
ekan. Shundan keyin «Aziz Momo
kunlari» deb ataluvchi Navro`z
arafasidagi olti kun mobaynida qattik
sovuqlarni yuborar emish.
Askiya - o`zbek xalq og`zaki ijodining
xushchaqchaq va kulguli bir janri.
Askiya atamasi arabcha «zakiy»
so`zidan olingan bo`lib, «zehni o`tkir,
so`zamol, zakovatli» ma’nolarini
bildiradi. «Zakiy» so`zining ko`plik
shakli «Askiyo» bo`lib, talaffuzida
«Askiya» ko`rinishini olgan. Askiya
23
ommaviy janr hisoblanadi. U odatda
xalq saylida to`ylarda va boshqa
marosimlarda ijro etiladi, hozirjavoblik,
ziyraklik va donishmandlikni, til
boyligini, badiiy – estetik didini talab
etadi. Askiya shunchaki so`zamollik
bo`lmay, balki tanlab olingan bir yoki
bir necha mavzu atrofida
uyg`otiladiagan kulgudir. Dunyodagi
birorta boshqa xalqda og`zaki ijodning
askiya turi yo`qdir. Bu hol o`zbek
tilining boyligi, ifoda imkoniyatlarining
ko`pligi, ma’noning seqatlamligini
ko`rsatganidek, xalqimizning ta’bi
nozik va serzavqligidan dalolat beradi.
Askiyani ijro etuvchilar «askiyachilar»
deb ataladi. Askiyalarning o`z sujeti va
kompozitstiyasi bo`ladi. Bu ayniqsa
«Payrov» turida ravshan ko`rinadi.
Payrov askiya aytuvchilar tanlangan
24
mavzudir. Misol: “Meva payrovi”, “
Til payrovi” va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |