Maqollar.
MAQOL- xalqning dono, purhikmat
ifodalari, yirik madaniyati arboblari,
olimlari, davlat arboblarining
iboratomuz gaplari, xalqining hayotiy
16
tajribalari asosida yuzaga kelgan dono
fikrlarni ixcham shaklda ifodolovchi
asarlar. Maqollar she`riy va nasriy
tuzilishga ega. Ulardan mehnatsevarlik,
vatanparvarlik, mardlik, saxiylik,
adoloat, insof, do`stlik, oliyjanoblik,
chin insoniy g`oyalar, sof muhhabat,
ilm olishga da`vat kabilar o`z aksini
topgan. Misollar:
“Azob ko`rmay- rohat yo`q”, “Ishlamay
yegan- og`rimay o`lar”, “Tirishgan
tog`dan oshar”, “Vataning tinch- sen
tinch”, “Uyqu joy tanlamas, muhabbat-
chiroy”, “Betashvish bosh qayda,
mehnatsiz osh qayda”, “Ilmsiz bir
yashar, ilmli ming yashar” va
boshqalar.
Matal.
Matal- ko`chma ma`noda ishlatuvchi
xalq majoziy iboralarining bir turi.
Matal o`z ma`nosidan boshqa ma`noga
17
ko`chirilgan so`z birikmalaridan iborat
bo`ladi, undan o`xshatish, kinoya,
qochirma so`z va boshqa til vositalari
qo`llaniladi. Bunda majoziy iboraning
o`z asl ma`nosi bilan ko`chirilgan
ma`nosi o`rtasida mantiqiy bog`lanish.
Misollar: “Temirni qizig`ida bos”,
“Chumchuq so`ysa ham qassob
so`ysin” va boshqalar.
Topishmoq.
Topishmoq- narsa yoki hodisalarning
ataylab yashiringan belgisi, shakli xatti-
harakati, holati va vazifasini boshqa
narsa yoki hodisalarga qiyoslash
asosida topishiga asoslangan she`riy
yoki nasriy tuzilishbdagi savol va
topshiqlar. Topishmoqlar o`zbeklar
o`rtasida “topishmoq”, “jumboq”,
“jumoq”, “ushuk”, “top- top” kabi
atamalar deb yuritiladi. Topishmoqlar
xalq turmushi bilan chambarchas
18
bog`liq holda yaratiladi. Ularning
zaminida kishilarning qadimiy e`tiqod
va tasavvurlari, ularning olamni bilish
va idrok etishga bo`lgan intilishlari
yotadi. Misollar: Aqa o`tim bildingmi,
Baqa o`tim bildingmi?
Oq quvrayning boshini
Chertib o`tdim bildinmi? (shamol)
Osh ichida tosh, tosh ichida osh.
Dostları ilə paylaş: |