Qon guruhi mosligini aniqlash algoritmi. (ABO sistemasi bo’yicha)
Ko’rsatmalar: bemorni operatsiyaga tayyorlash, qon quyish kerak bo’lganda.
Kerakli anjomlar.
Bemor qoni (4-5 ml) solingan probirka (probirkada bemorning ismi, sharifi, yoshi, kasallik tarixi, № palata, № bo’limi, qon guruhi va rezusi, qon olingan sana ko’rsatilgan bo’lishi kerak), donor qoni solingan flakon, oq chinni tarelka, soat, pipetkalar, shisha tayoqchalar.
Bajarilish tartibi.
Oq chinni tarelkaga 2 tomchi bemor qoni zardobi tomiziladi.
Unga 1 tomchi donor qoni qo’shiladi.
Zardob va qon aralashtiriladi.
Oq chinni tarelka 5 daqiqa davomida dam-badam chayqatib turiladi. Aglyutinatsiya ro’y bermasa qon mosligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |