Mavzu: XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot



Yüklə 444,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix22.10.2022
ölçüsü444,44 Kb.
#65800
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Xalq amaliy san`ati. 
Hunarmanchilik- o`zbek xonliklaridahunarmandchiliksanoati o`z davriga 
yarasha ancha taraqqiy etgan edi. Markaziy Osiyo xalqlari hayotida 
to`qimachilik (ipak) muhim ahamiyatga ega edi. Bu hunar egalari paxta, ipak, 
jundan turli narsalar to`qishgan. Ipak yegirishdan oldin paxtani chig`iriqdan 
o`tkazilgan. Ya`ni chigiti ajratib olingan. Chigiti ajratib olingan paxta tolasi 
charxdan yegirilib kalava qilingan va tayyor ipni to`qish do`konlariga jo`natilar 
edi. Bo`z to`qish keng avj olgan. Shahrisabz, Buxoro bo`zlari muhim o`rinni 
ishg`ol qilardi. Namangan, Andijon to`qimachilari to`qigan olacha, qalami, bo`z, 
chit, dokalari yaxshi sifati va bo`yoqlari bilan ajralib turar edi. Buxoroda sifati 
baland ikki xil chit, ya`ni chiti sari gaz va chiti chatti to`qilgan. Bu chitlar 
nafaqat ichki bozorlarda hatto qo`shni mamlakatlarda, Rossiyaga ham chiqarilar 
edi. Ipak mollar tayorlashga ham katta e`tibor berilgan. Xo`jand Andijon, 
Namangan va boshqa joylarda ipak kiyimlar to`qish ishlari avj olgan. XIX asr 
o`rtalarida o`lkada atlas, shoyi doroyi, oq shoyi, adras, beqasam, banoras gul 
bosilgan choyshablar va shunga o`xshash ko`p narsalar to`qilar edi.
Gilamchilik.
Gilamdo`z ustalar asrla mobaynida ko`p tarjibalarni to`plashga muyassar 
bo`lganlar. Xiva Buxoro, Samarqand, Xo`jand, Andijon shahar va ularning 
atroflarida olma gullari ko`plab to`qilgan. Hunarmand oilalarning gilam 
to`quvchilari chuval nomli uy-ro`zg`orda ishlatiladigan ―to`y gilami‖ degan 


34 
gilam to`qilgan va unga turli ranglarda gullar bosilgan va boshqa turdagi 
rangdagi hamda Gudiz gilamlar ko`plab to`qilar edi. To`quvchilar faqat 
shaharlardagina emas shu bilan birga qishloqlarda ham rivojlanadi. Ammo 
to`quv dastgoxlari to`quvchilik ishlari iptidoiy usulda bo`lib ular oddiy dag`al 
matodan to`qish bilan shug`ullanadilar.
Biroq eng moxir to`quvchilar ham kuniga 14-16 soatlab ishlasalar ham 
topganlari o`z oilasiga yetmas edi. Qog`oz ishlab chiqarish o`lkadagi 
hunarlarning eng qadimgilardan hisoblangan. Qo`qon, Samarqand, Buxoroda 
ishlab chiqarilgan qog`ozlar ayniqsa ipakdan ishlab chiqarilgan qog`oz butun 
sharqqa nom chiqarilgan edi.
39
1863-yilda 
Turkistonning 
ko`plab 
shaharlarida 
bo`lgan 
Vengr 
sharqshunosi X.Vamberi. Samarqand va Buxoro qog`ozlari o`zining silliqligi 
bilan chet mamalakatlarida shuxrat topganligini qayd etadi. Qo`qon xonligiga 
qarashli Charq qishlog`idagi qurilgan qo`g`oz ishxonasi asosan suv kuchidan 
foydalanishga moslashtirilgan edi. Shuning uchun ham buni ―qog`oz objuvozi‖ 
deb atashadi. Bu ishxonada asosan eski latta puttalar objuvoz orqali tozalanib, 
turli qog`ozlar tayorlanar edi. Muqavosozlik hunari ham uzoq tarixga egadir. 
Buxoro, Samarqand, Xiva, Urganch, Andijon, Namangan, Toshkent, Xo`jand 
kabi shaharlarda charm va qalin qo`g`ozlardan muqovalar qilish kengaygan. 
Bo`yoq hosil qilish va rangli bo`yoqlar ko`paygan. Bizgund degan qorabo`yoq 
va serparak yoki isparak degan to`q sariq bo`yoq ikki xil o`simlik 
aralashmasidan tayorlanradi. Turkiston yerlarida bo`yoqli o`simlik ro`yan ko`p 
bo`lib yovoyi holda o`sardi. Toshkent atroflarida va boshqa joylarda sarg`imtil 
isparak o`simligi o`sib unda sariq bo`yoq olingan. Boshqa turdagi bo`yoqlar –
Hindiston, Avg`oniston, Eron va Rosiyadan keltirilardi.
Misgarlik katta shaharlarda (Buxoro, Qarshi, Toshkend, Samarqand, 
Xo`jand, Qo`qon, Andijon, Namangan) alohida misgarlik rastalari bo`lar edi. 
Misgarlik qo`mg`on, tovoq, cho`mich, qozon, ko`za barkash, choyidish, obdasta, 
samovar, choynak, paqir, lagan, siyohdon, karnay va shu kabi narsalar 
39
X.Vamberi. Путешествие по средней Азии 1967 стр 221. 


35 
yasashardi. Idishlarda gul kelish san`ati takomillashgan edi. Turkistonda 
hunarlar orasida eng qadimiylaridan biri zargarlikdir. Zargarlik asosan oltin
kumush va qimmatbaho rangli tolalardan xilma-xil shishalardan turli narsalar 
yasashardi.
Turkistonda kulolchilik keng yoyilgan edi kulollar ro`zg`orga kerakli har 
xil tovoq, piyola, kosa, ko`za, xum, tog`ora, tandir va boshqa narsalar yasardilar, 
g`isht quyardilar
40
Juvozkashlik o`lkada hunarlar orasida muhim o`rinni egallardi, juvozlarda 
asosan zig`ir moy va kunjut yog`i chiqarilardi. Urug`larda yog` olinardi. XIXasr 
o`rtalarida Toshkend shaharlarining o`zidagina 500 juvoz bor edi. Butun o`lkada 
esa bir necha o`n ming juvozxona bo`lgan. Duradgorchilik – ancha yetakchi 
bo`lgan. Duradgorlar qoshiq, cho`mich, qozon, qopqoq, xamir taxtasi, o`xlog`i, 
karson, sandal, beshik, panshaxa kurak, charx, chig`iriq, to`quvchilik do`koni 
dastgohi, 
omoch 
bo`yinturuq 
va 
boshqa 
asboblarni 
tayyorlar 
edi. 
Duradgorlarning ikkinchi guruhi esa uy, madrasa va machitlar uchun eshik 
darvoza tuynuk, darcha, kursi va boshqa narsalarga juda ustalik bilan o`yma 
gullar ishlar edilar.
O`lkaning katta shahsrlarida o`nlab va yuzlab aravasozlik ustaxonalari bor 
edi.Toshkend shahridagi aravasozlik ustaxonalarida 200 kishi ishlar edi. 
Hunarmandchilik sanoatida poyabzal ishlab chiqarish katta o`rinni tutardi. Bu 
hunar etikdo`zlik, kovushdo`zlik, maxsido`zlik dev nomlanar edi va h.k. lar.
Erkaklar 
kiyim 
kechagi. 
Kiyim 
kechak, 
moddiy-madaniyat 
ko`rinishlaridan biridir. Unda etnik tarix, ijtimoiy- munosabatlar mafkuraning 
ayrim unsurlari – e`tiqodlar, estetik me`yorlar aks etadi. Kiyim kechakda jamiyat 
a`zolarining ijtimoiy tengsizligi aniq namoyon bo`ladi.
O`zbeklarning XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmidagi libosi asosan 
o`tgan vaqt shakillarini saqlab qolgan bo`lsada ayrim qismlari anchagina 
o`zgargan edi. Ayni vaqtda unga kiyim- kechakning yangi shakillari qo`shildi 
O`zbek erkaklarining libosi ko`ylak va ishton, ustki chopon, belbog`, bosh 
40
G.Xolliyev. X.G`ulomov. O`zbekiston tarixi. T. ―Universitet, 1997,46-b 


36 
kiyimi va poyafzaldan iborat edi. O`zbekistonning butun hududida to`g`ri keng 
yengli va yoqasi ko`ndalang o`yiq, to`ni kasimon bichikli erkaklar ko`ylagi 
keng tarqalgan edi. Agar yoqa yirmochi haddan ortiq keng bichilgan bo`lsa, 
unda yelkalarga bir tomondan bog`lash uchun bog`ichlari tugilardi. Ko`ylakning 
doira yoqali keyinchalik ― kiftaki‖ yoki ―mullacha ko`ylak‖ deb atalgan turi ham 
chiqqan edi. Uni katta yoshdagi va nomdor kishilar kiyardi, u kuyovlar kiyim-
kechagiga ham kirardi.
O`zbeklar ustki kiyimining eng ko`p tarqalgan turi keng va uzun yengli 
ustki chopondir. Uni hozirgi O`zbekiston hududidagi jamiyat barcha 
qatlamlarining vakillari kiyganlar. Qishloq aholisi choponlari alohida bezaksiz, 
ancha odiy bo`lgan. Shahar axlining, ayniqsa davlatmand kishilarning choponlari 
ancha nafis, tekis bo`ylama qaviqli qilib tikilar edi. Qimmatbaho choponlarning 
etagi va yenglari ipak iplar bilan bezatilar edi. Xorazm choponlari mayda 
qaviqlari va jiltligi bilan ajralib turardi. Badavlat kishilar qishda va tantanovor 
damlarda issiq bo`lishidan ko`ra ko`proq manmanlik o`z boyligini ta`kidlash 
uchun ikki uch choponni ustma-ust kiyar edilar.
41
Buxoxo amirligining dasht tumanlarida qishda ham, yozda ham paxtali 
chopon kiyardilar, u sovuqdan ham, issiqdan ham saqlar edi. Boshqa joylarda 
yozda astarli va astarsiz yengil yozlik yaxtak kiyardilar. XIX asr o`rtalarida 
shahar (masalan: Toshkent) aholisi modasiga ustki kiyimning yangi turi – 
tatarlardan olingan kamzol kirib keldi. U chopondan ancha yengil edi. U astarli 
qilib tikilar edi va uni yozda asosan katta yoshli kishilar kiyardi. Chopon 
mahaliy sidirg`a yoki yo`l-yo`l matta (alak, olacha va hokazo) dan, shuningdek 
qalin ipak, atlas, baxmaldan tikilar edi. Boy bezakli qimmatbaho choponlarni 
asosan xonlar beklar yuqori darajadagi amaldorlar kiyardi. Chopon eng xurmatli 
kiyim bo`lib, mehmon uchun eng yaxshi sovg`a hisoblanar edi. Yozlik va qishlik 
ustidan belbog` yoki junli naqshlar bilan bezatilgan to`qima, charm yoki baxmal 
kamar bog`lanar edi.
41
N.Norqulov, U.Jo`rayev. O`zbekiston tarixi. T.,‖Sharq‖ 2010, 219-b 


37 
Xorazm aholisi belbog` birga uch metrcha keladigan keng qo`shoq ham 
bog`lar edi. Qo`shoqning rangi shuningdek sifati egasining ijtimoiy mavqeyi va 
yoshiga bog`liq bo`lardi. Masalan, yo`l-yo`l ip matodan tikilgan qo`shoqni 
shaharlarining eng kambag`al aholisi bog`lardi. Bo`yalmagan jun matodan 
tikilgan qo`shoq katta yoshli erkaklar libosining tarkibiga kirar edi. Boy 
bayramona libos, ayniqsa kuyov libosi tarkibiga ipak kamarlar modali belbog` 
yoki terma belbo`g kirardi.

Yüklə 444,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin