Mavzu: XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot



Yüklə 444,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/17
tarix22.10.2022
ölçüsü444,44 Kb.
#65800
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bezaklar.
O`zbek ayollari kunda va bayramlarda taqiladigan turli xil bezaklar 
taqardilar. Bayram bezaklari majmuyi peshona, bo`yin, chakka, burun, ko`krak 
va boshqa bir qancha ashyolardan iborat bo`lardi. Peshona bezaklari qoshlar 
yoyiga o`xshardi (tilla qosh). Chakka bezaklari (gajaklar) kumush va tilladan 
suvi berilgan naychalar bo`lib, sochning uzun zulflari ulardan o`tkazilardi. Oltin 
va kumush bo`yin marjonlari, rang-barang xafanbonular bo`yinga yopishib 
turardi. Quloqlarga ilmoqli ziraklar taqilardi. Qizlar uchun qimmatbaho bezaklar 
erga chiqishdan avval sotib olinardi. Davlatmand oilalardan bo`lgan ayollar 
(asosan shaharlarda) peshovuz va peshxalta deb atalgan ko`krak bezaklari 
taqardilar. Peshovuz qosh terish mo`ychinagiga va ayollar pardoz andozining 
boshqa ayollarga o`xshash ilmoqli tilla (tilla suvi yuritilgan) qubbacha shaklida 
bo`lib, ayollar ko`ylagining yon etagiga taqib qo`yilardi. Ilmoqlari ichida 


39 
kalitchalari bo`lgan peshxalta ham shunday taqilardi.
44
Aftidan, kalitchalar 
savlatlilik vazifasini bajarardi. Qimmatbaho bezaklar asosan kumush, oltin va 
nodir toshlardan yasalardi ularni badavlat xonadonlargina olardi, bunga 
mehnatkash xalqning qurbi yetmasdi. Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent
Qo`qon, Marg`ilon va boshqa shaharlarning hunarmandlari bezaklarning barcha 
turlari bilan savdo qilardilar. Hunarmandlar ularning mahalliy aholining 
an`analari va didini hisobga olgan holda tayyorlardilar.
 
III-bob. Qo`qon xonligining tugatilishi
3.1. Qo`qon xonligi hududlarining Rossiya Imperiyasi tomonidan 
bosib olinishi.
Markaziy Osiyoni zabt etish tashabbusini Pyotr I boshlab bergan u 1817-
yili knyaz Bekovich Cherkas 6574 kishilik qo`shini 3727 piyoda, 617 otliq
askarlar, 2000 qozoq, 230 dengizchilar va 22 ta to`pni Xivani egallashga 
yubordi.Xorazmxoni Sherg`ozixonning ishbilarmonligi, tadbirkorligi bilan olib 
borilgan jang tufayli Bekovich Cherkaskiy sarbozlari qirib tashlandi. Chor 
ma`murlari Qo`qon xonligini tamomila egallash uchun faqat XVIIi asrning 
o`zida Qozog`iston yerlarida 46 ta katta va 96 ta kichik harbiy istexkomlar
qurdilar. 1864-yil 16-iyunga qadar chor armiyasi qo`shinlari ikki yo`nalish 
bo`yicha mustaqil harakatni davom ettirgan. Sibir –Yerkend tomonidan 8-
g`arbiy sibir 21-sibir qozoq armiyasi batareyasi Orenburg –Xiva yo`nalishi 
bo`yicha esa 4- Orenburgliniya batyoni 1864 yildan boshlab 2- Orenburgliniya 
1-Vzvozdi, 1865 yilda Turkiston viloyatining tashkil etilishi bilan 6-va 9-
Orenburg liniyalari batolyoni janub tomondan o`z xarakati davom ettirib 
shahar va qishloqlarni birin ketin egallab bordi.
45
1847 yili general Obruchev orol dengizining shimoliy qirg`og`ini egallab 
Rai`m qal`asini barpo etdi. 
44
O`zbekiston tarixi. R.G.Muqminova, N.N. Habibullayev, G.A.Azamova, E.E.Karimov, A.A.Tojiboyev. tahr. 
T.,‖O`qituvchi‖ 1994. 189-b
45
G.Xolliyev, X.G`ulomov O`zbekiston tarixi, T. ―Universitet‖ 1997, 59-b 


40 
23-avgustda polkovnik Yerofev 200 kazak va saldatlar hamda 2 to`p 
bilan Xiva qo`shinlarini tor-mor keltirdi. Jahon Xo`ja qal`asini egalladi. 
―Nikolay‖ va ―Konstantin‖ nomli kemalar bilan orol flotiliyasini tashkil etdi.
1848-yili Xiva xonligida qarashli Xo`janiyoz qal`asini qo`lga kiritildi va 
vayron qilindi.
1852-1853-yillarda 
polkovnik 
Blaramberg 
va 
Graf 
Petrovskiy 
bo`linmalari Qo`qon xonligiga qarashli Kumush, Qo`rg`on, Chimqo`rg`on, 
qo`shqo`rg`on va Oq masjid (qizil o`rda)ni egalladi.
1860-yili Pishpakni olish uchun chor qo`shinlari bilan Qo`qon qo`shinlari 
o`rtasida to`qnashuv yuz berdi. Palkovnik Simmerman qo`shini Qo`qon 
xonligining beshming kishilik qo`shinini tor-mor keltirib, To`qmoq va Pishpek 
qal`alarini egalladi. Bu hol butun xonlikda xalq noroziligini kuchaytirdi. O`zbek 
Qozoq va Qirg`izlar Toshkent hokimini qanoat shoh boshchiligida yigirmaming 
sarboz birlashtirdi. G`azovat e`lon qiladilar. Pishpak ostonalarida qonli 
to`nashuvlar bo`ldi. Dushman askarlaridan 13 kishi o`ldirildi va yigirma uch 
kishi jarohatlanadi. 576 nafar sarboz, shundan 23 nafar sarboz boshlig`i asrlikka 
olingan. 1863- yili yozida polkovnik Chernyayev Sirdaryo yoqasidagi Suvzoq 
qal`asini Rossiya mulkiga o`tkazib xonlik ichkarisiga qarab yurishni davom 
ettirdi. 
1864-yil boshida Olmota (Verniy) qal`asidan 2500 kishilik chernyayev 
otryad 4-iyun Avliyosta ostonasida 1500 kishilik Qo`qon qo`shinlari 
to`qnashadi. Bu gal ham Qo`qonliklar mag`lubiyatga uchrab, 307 kishi o`ladi. 
309tasi jarohatlanadi.
Polkovnik Chernyayev bilan izma-iz Pereozkiy( Oqmachit) qo`rg`onidan 
chiqqan polkovnik Vereyovkin otryadi Turkiston shahriga yurish qiladi. 
Ma`lumki Turkiston shahri o`sha vaqtda kiraverishdagi birinchi shahar bo`lgan, 
shaharda ―Hazrat masjidi‖ bo`lib, ayrim paytlari shaharning o`zini ham ―Hazrat 
sulton‖ deyishgan chor qo`mondoni agar shahar taslim bo`lmasa, Ahmad 
Yassaviy maqbarasiga to`p otilishini ma`lum qiladi. Himoyachilar bu muqaddas 
madaniyat ko`rkini yer bilan yakson bo`lishini xoxlamasdan urushni to`xtatishga 


41 
majbur bo`ldilar. Shundan so`ng urush qo`shinlari shaharni 12-iyunda bosib 
oldilar.
46
Turkiston shahri bosib olingandan so`ng qo`qonliklar payg`ambarning 
ko`k bayrog`i ostida ―muqaddas‖ urush e`lon qildi. Shundan so`ng Toshkent 
chorizm bosqinchilariga qarshi kurash martkaziga aylandi. Bu yerga 
Marg``ilondan Yusufbek, Xo`janddan Mirza Ahmad, Qushbegi qo`mandonligida 
qo`shinlar, shuningdek Andijon, Namangan, O`sh va boshqa joylardan harbiy 
qismlar keltirildi. 
Qo`shinlarga Qo`qon xonligining lashkarboshisi Alimqul boshchilik qilib 
Chimkentni himoya qilishga yuradi bu xabarni eshitgan Chernyayev Avliyo 
Otadan 1300 kishini Veryovkin esa 300 kishi va 30ta qozoqni kapitan Mayer 
boshchiligida yuboradi. Chimkent uchun bo`lgan jangda har ikki tomondan ham 
ming minglab kishilar halok bo`ldilar va yaralandilar. Alimqul Buxoro amiri 
Muzaffarxon Qo`qonga hujum qilganligi to`g`risidagi ig`vo xabarni eshitgach, 
bir qism qo`shinlarni Chimkent mudofasiga qoldirib Qo`qonga qaytadi. Bundan 
foydalangan Chernyanev 1864-yilning 21-sentabrda Chimkentni jang bilan 
egallashga muvoffiq bo`ldi. Chimkentni bosib olgan chor qo`shinlari 1864-
yilning 27-sentabrda Toshkentni egallash uchun jiddiy kirishadi. Ma`lumki, 
Toshkent Qo`qon xonligining eng yirik va muhim strategik ahamiyatga ega 
shahari hisoblanardi. Lekin Toshkentni egallash chor qo`shinlari uchun oson 
kechmadi. Toshkent uchun shiddatli janglar bo`lib o`tadi. Va nihoyat, 1865-
yilning 17 iyulida toshkentliklar dushman hujumiga bardosh bera olmay taslim 
bo`lishdan o`zga chora topa olmaydilar. 1867 yil 14 iyulda Rossiya imperatori 
AleksandrII Qo`qon va Buxorodan tortib olinib Rossiyaga qo`shilgan hududlar 
hisobiga Turkiston general gubernatorligini tuzish to`g`risida farmon berdi. 
Uning birinchi okrug qo`mondoni va general gubernator qilib general adyutant 
fon K.P.Kaufman tayinlandi. Unga imperator AleksandrII cheklanmagan 
vakolatlar berdi. General gubernator dastaval ikki viloyatdan tashkil topdi. 
Markazi Toshkent bo`lgan-Sikrdaryo va markazi Verniy shahri bo`lgan-
46
G.Xolliyev. X.G`ulomov. O`zbekiston tarixi. T., ―Universitet‖, 1997, 61-b 


42 
Yettisuv Kaufmanning tashqi siyosati Markaziy Osiyodagi uch o`zbek xonligini 
darajasida ya`ni tobelikda ushlab turishdan iborat edi.
47
Shu sababli u ―bo`lib 
tashla hukmronlik qilaver‖ shioriga amal qilib, xonliklarni bir-biridan ajratib 
tashlab, ularning kuchsizlanishida ham turli xil xalq harakatlarini bostirishda shu 
shiorga amal qiladi.
Xiva xonligi rus bosqinchilari tomonidan bosib olinib turkmanlar 
hududida qizg`in janglar davom etayotgan bir paytda Turkiston general-
gubernatori fon Kaufman Qo`qon xonligini tugatishga kirishdi.
Chor 
Rusiyasining 
Turkiston 
xalqlariga 
nisbatan 
yurgizgan 
mustamlakachilik, ulug' davlatchilik va shovinistik siyosati albatta qonuniy 
suratda mahalliy aholining o'z milliy ozodligi, erki va insoniy haq-huquqlarini 
himoya qilish uchun muqaddas jangga otlantiradi. Chorizm tomonidan asoratga 
solingan, mustamlaka qilingan xalqlar dastlabki kunlardan boshlab o'z milliy 
mustaqilliklari, ozodliklari va erklari uchun kurashib keldilar. E'tibor qiling: 
1.1856-yilda Sirdaryoda Jonho'ja Nurmuhammad qo'zg'oloni. 
2.1868-yilda Samarqand mudofaasi va Buxoro amirligi Buxoro shahri
Shahrisabz bekligidagi harakatlar. 
3.1870-yilda Mang'ishloq qirg'izlarining isyonlari. 
4.1871-yilda Eshon Eshmuhammad boshchiligida Sirdaryo viloyatidagi 
chiqishlar. 
5.1871 -yildagi Farg'onada Yetimxon qo'zg'oloni. 
6.1872-yildagi Chirchiqdagi isyonlar. 
7.1872-1876-yildagi Po'latxon boshchiligida Qo'qondagi qo'zg'olon. 
8.1885-yildagi Darvishxon boshchiligidagi qo'zg'olon. 
9.1892-yildagi Toshkent qo'zg'oloni. 
10.1898-yilda Andijondagi Dukchi Eshon qo'zg'oloni. 
11.1899-yilda Sirdaryo viloyatidagi harakatlar. 
12.1916-yil Jizzax qo'zg'oloni va boshqalar. 
47
A.Nabiyev. Mustaqillik muchun kurash yoxud parchalangan Turkiston tarixi T., ―Yozuvchi‖, 1998, 59 b 


43 
Chor Rossiyasi hukumatining o'tkazgan siyosatiga qarshi milliy ozodlik 
kurashlari juda ko'p bo'lgan. Biz yuqorida ularning ba'zilarinigina sanab o'tdik. 
1887-1897-yillar 
mobaynida 
Farg'ona, 
Samarqand 
va 
Sirdaryoda, 
mustamlakachilar idoralariga qarshi 668 marta hujum bo'lgan. 1897-1917-yillar 
orasida Turkistonda Rusiya bosqinchilariga qarshi 4922 marta isyon bo'lgan
48

Ana shu qo'zg'olonlar va milliy ozodlik kurashlaridan ba'zilarini eslash joizdir
49

1885-yilda Farg'ona vodiysida mustamlakachi hukumatga qarshi 
umumxalq qo'zg'oloniga tayyorgarlik ko'rildi. 
Vodiyning bir qator joylarida qo'zg'olonga tayyorgarlik ko'rish masalalari 
yashirin yig'ilishlarda ko'rilayotganidan mustamlakachi ma'murlar xabar topgan 
edilar. Shunday yig'ilishlardan biri 1885-yil 16-avgustida Asaka qishlog'ida 
Mullaxo'ja Nazirmirza uyida bo'lib o'tadi. Vodiyning turli joylaridan kelgan 20 
dan ortiq nufuzli kishilar qatnashgan bu yig'ilishda yurtni diet el 
bosqinchilaridan ozod qilish, o'lkada milliy davlatni tiklash uchun 
mustamlakachilarga qarshi birlashib kurash olib borish vazifasi ilgari suriladi. 
Yig'ilishda qo'zg'olon rejasi, uni o'tkazish vaqti, qo'zg'olonga rahbarlik qiladigan 
shaxs kabi masalalar hal etiladi. Qo'zg'olonga rahbarlik qilishga Darvishxon 
Eshon To'ra ko'rsatiladi. Bunga sabab bu vaqtda aholining norozilik harakatida 
faol ishtirok etib el-yurtga an-cha tanilib qolgan edi. U Andijon uyezdi 
Qo'rg'ontepa volostiga qarashli Chekto'ra qishlog'i fuqarosi, qo'zg'olonga 
rahbarlik qilgan paytda 45 yoshda bo'lib, Andijon va Qo'qon uyezdlarida ancha 
katta yer mulkka ega bo'lgan. Ammo shunga qaramasdan Darvishxon o'z 
manfaatidan xalq, vatan manfaatlarini ustun qo'yib, milliy ozodlik harakatiga 
boshchilik qiladi. U qisqa vaqt ichida O'sh, Andijon uyezdlari volost va 
qishloqlarida ko'plab aholini qo'zg'olonga jalb eta oladi. 
Darvishxon boshliq qo'zg'olonchilar yangi Marg'ilon shah-rini Andijon va 
Qo'qon bilan bog'lovchi aloqa simlarini uzib tashlaydi. Bu hodisa to'g'risida 
keyinchalik mustamlakachi hukumat vakillaridan biri «bu hodisa qo'zg'olon 
48
Misr o‘g‘li Qodir. Moskva zulmi, II jild, Istanbul, 1972, 537-bet. 
49
R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, Q.Ubaydullayev. Vatan tarixi. T, ―Sharq‖, 2010, 181-bet. 


44 
boiishi muqarrar ekanligini ko'rsatgan edi» deb xotirlagan.
50
Darvishxon 
boshchiligidagi qo'zg'olonchilar ko'lami tobora kengayib bo-radi. Asaka, 
Qo'rg'ontepa, Shahrixon, Oltinko'l, Jalolquduq, O'sh uyezdining Novqat, Tutlik 
qishloqlari, Oqbo'yra volosti, Marg'ilon kabi joylar ham qo'zg'olon girdobiga 
tortilgandi. 
Qo'zg'olon shunchalik keskin tus oldiki, uni bostirish uchun mustamlakachi
hukumat viloyatni turli joylariga, jumladan 
Andijon, O'sh va Marg'ilon uyezdlariga harbiy kuchlarni yuborishga 
majbur bo'ladi. Vodiy bo'ylab borgan sayin avj olayotgan Darvishxon 
rahbarligidagi qo'zg'olonni bostirish va uning rahbarlarini qo'lga olish vazifasi 
Andijon uyezdi boshlig'i kapitan Bryanovga topshirilgandi. Uning ixtiyoriga 
O'sh uyezdining boshlig'i podpolkovnik Deybner, uning yordamchisi kapitan 
Glishanovskiylar boshchiligidagi harbiy kuchlar yuboriladi. 
Qo'zg'olonchilar bilan Bryanov boshchiligidagi harbiy kuchlar birinchi bor 
17-avgust kuni kechqurun to'qnashadi. Kutilmaganda qilingan hujumdan 
Darvishxon boshchiligidagi qo'zg'olonchilar har tomonga chekinishga majbur 
bo'ladilar. Shundan so'ng Darvishxon Namangan tog'lari tomonida o'z atrofiga 
800 ga yaqin odam to'plashga erishadi. 
Darvishxon boshchiligidagi qo'zg'olon to'g'risida Turkis-ton general-
gubernatori O.Rozenbax Rossiya harbiy vaziri P.S. Vannovskiyga yozgan xatida 
«qo'zg'olon viloyatning turli joylarida bir vaqtda boshlanishi va 
qo'zg'olonchilarning o'g'rilik va talonchilik qilmasdan, barcha aholini bu 
harakatga chaqirilishi, bu harakatning to'liq ma'noda amaldagi hukumatga qarshi 
qaratilganligini ko'rsatadi... ular yomon qurollangan, oz sonli bo'lishlariga 
qaramasdan jiddiy tartibsizliklarni kel-tirib chiqarishlari..., ayniqsa soliqlar 
to'lanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi».
51
50
Tillaboyev S. Mustamlakachilarga qarshi Darvishxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon. «O‘zbekiston tarixi», T.: 
2002, 1-son. 12-13-betlar. 
51
Tillaboyev S. Kursatilgan adabiyot, 22-bet. 


45 
Chorizm ma'murlari kuch bilan qo'zg'olonni shafqatsizlarcha bostirdilar. 
Qo'zg'olonchilardan shunchalik darajada ko'p qamoqqa olindiki, hatto ularni 
qamash uchun joy masalasi muammo bo'lib qolgandi, qo'zg'olon rahbari 
Darvishxon 1886-yil 22-fevralda Samarqand viloyatining Sutxona qishlog'i 
yaqinida qo'lga olinadi, lekin u Jizzax yaqinida qochib qutulib ketadi. 
Darvishxon 
akasi 
Iskandarning 
bergan 
ma'lumotiga 
ko'ra 
1889-yili 
Afg'onistonda vafot etgan. Uning boshchiligidagi qo'zg'olon garchand 
bostirilsada, biroq u bundan keyingi milliy ozodlik harakatlariga zamin 
hozirladi. 
Bu davrda xonlik o'z boshidan og'ir vaziyatni kechirayotgan edi. Bu 
davlatga shimoldan Rossiya, janubdan Xitoyning hu-jumi xavf tug'dirayotgan 
edi. 1865-yili Sharqiy Turkistonda xitoyliklarga qarshi yangi milliy isyon 
boshlangan edi.Qo'qon xonligida bu isyonga xayrixohlik bildiriladi. Yoqubbek 
bosh-chiligida harbiy qo'shin Sharqiy Turkistonliklarga yordamga keladi va 
xitoyliklar bu mintaqadan quvib chiqariladi. Mustaqil Sharqiy Turkiston davlati 
vujudga keldi. Bu davlat Qo'qon xonli-gi va Turkiya davlatlari bilan yaqin aloqa 
o'rnatishga harakat qi-ladi. Ammo Yoqubbek tashkil etgan mustaqil Sharqiy 
Turkiston davlati Xitoy tomonidan 1875-yili bosib olinadi
52

Ayni shu vaqtda chor istilochilari Qo'qon xonligini tugatishga kirishadilar. 
Ular Turkiston, Chimkent, Toshkent va boshqa joylarni bosib olib Qo'qon 
xonligiga qattiq zarba bergan edilar. Qo'qon xoni Xudoyorxon qo'rqoq va 
tadbirsiz bo'lganligi uchun vatan himoyasi yo'lida biron arzigulik ish qilmaydi. 
Aksincha, chor hukumati panohida o'z taxtida o'tirishni o'ylardi, xolos. U 1868-
yili chorizm bilan sulh tuzadi va amalda Rossiyaga qaram bo'lib qoladi, uning 
itoatkorligini taqdirlagan chor hukumati Xu-doyorxonni Rossiya davlati or-
deni bilan mukofotlaydi va unga «Aslzoda» degan faxriy unvon beriladi. 
Xudoyorxonning 
Du siyobau an rib
yuboradi. Buning ustiga xonning zulmi 
tobora kuchayib boradi. Natijada 1872-yili xalq qo'zg'oloni ko'tariladi. 1876-
52
Mazkur mavzu batafsilroq quyidagi asarlarda aks ettirilgan: O`zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. 146-
178-betlar: X.Bobobekov. Po`latxon qo‘zg‘oloni. T., 1996: 


46 
yilgacha davom etgan bu qo'zg'olonga marg'ilonlik Is'hoq Mulla Hasan o'g'li 
boshchilik qiladi. 1872-yilda bir guruh norozi zodagonlar Xudoyorxonning 
qarindoshlaridan bo'lgan Po'latbekni taxtga ko'tarmoqchi bo'ladilar. U taxtdan 
voz kechgach, fitnachilar roziligi bilan, Po'latbek ismini olgan Is'hoq Mulla 
g'azovotning boshida turadi. 1873-yilda unga Abdurahmon oftobachi 
(Qo'qonning sobiq hukmdori Musulmonqulning o'g'li), bundan tashqari 
Xudoyorxonning to'ng'ich o'g'li Nasridddin (Andijon ho-kimi) va akasi 
Murodbek (Marg'ilon hokimi) kelib qo'shiladilar. Qo'zg'olonni bostirishga 
ojizligini payqagan Xudoyorxon «pushti panoh imperatur hazrati oliylari»ning 
qudratiga suyanadi va fon Kaufmanga «do'stona» murojaat qilib, iloji boricha 
tezlik bilan Qo'qonga o'rus qo'shini va zambaraklarini yuborishni so'raydi. 
Yurtni sotganligi uchun Xudoyorxon va yaqinlariga qarshi g'azovat e'lon 
qilinadi. Xudoyorxon 1875-yil 2-iyul kuni o'z oilasi bilan Toshkentga, rus 
elchixonasi panohiga qochib boradi. Ta-rixchi olim X.Bobobekovning 
yozishicha 1875-yil yozida, Qo'qon xoni Xudoyorxon 70 kishilik ahli ayoli, 500 
ga yaqin hamrohlari, 40 arava xazina bilan Toshkentga Turkiston general 
gubernatori fon Kaufman huzuriga panoh tortib kelgan. Kaufman 40 arava xalq 
boyligini olib Xudoyorxonning o'zini Orenburgga surgun qilgan. Keyinchalik 
xon Orenburg tutqinligidan qochgan. 
Toshkentdan chiqqan rus qo'shinlari bilan qo'qonliklar o'rtasidagi birinchi 
jang (kichik janglarni hisobga olmaganda) Mahram qal'asida bo'ladi. Bu qal'ada 
60 ming atrofida sarboz bor edi (ba'zi manbalarda 30 ming va 50 ming raqami 
qayd etiladi). Qal'a zambarak o'qlari ostida 10 daqiqada vayron bo'ladi. Jang 
qanday o'tgani va qancha odam nobud bo'lgani haqida yaxshisi hujjatlar tili bilan 
gapirgan ma'qul. 
«Mahram atrofida dushman (o'zbeklar - mualliflar) qancha talofot 
ko'rganini aniq raqamlarda ifodalash qiyin. To'siqlar orqasida va Mahram qal'asi 
ichida 100 dan ortiq murda topi-lib, dafn etildi. Mahram orqasidagi maydonda 
kazaklarning qilichi bilan chopilgan 1000 dan ortiq murdani otryaddagi yigitlar 
yig'ishtirib olishib, ko'mishdi; general fon Kaufmanning qo'riqchi bo'linmasi 


47 
daryo yoqalab qochayotganlarni quvib, 100 kishini qilichdan o'tkazdi. Tog'dan 
tushib kelib otryadlarimizga qo'shilgan chavandozlar ham ko'p qurbon berishdi. 
Ulardan qanchasi o'lib, qanchasi yarador bo'lgani noma'lum. Juda ko'p 
qo'qonliklar Sirdaryoga cho'kib ketdi. Ochig'ini aytganda, shafqatsiz qirg'in ro'y 
berdi, Chegaramizni buzishga jur'at etib, yerlarimizga bostirib kirishgani va 
bizga tobe odamlarning osoyishtaligini.buzgani uchun munosib intiqom olindi». 
«Rayimxo'janing hikoya qilishicha, Mahramni olish chog'ida general Kaufman 
o'zini juda xotirjam tutgan. Rus qarorgohi yaqiniga o'qlar uchib kelib, to'p o'qlari 
yorilib, bir askar va bir yigit yarador bo'lgan. Shundan keyingina Kaufman 
general Golovachovga qal'ani to'pga tutishni buyurgan. Ikki zambarak qulay 
marrani egallab, yaqin masofadan qal'ani yakson qilishga kirishadi. O'n 
minutdan keyin qal'a vayron bo'lgan va rus askarlari hujumga o'tadi. Yerlilarning 
juda ko'pi o'ldirildi, qo'rquvdan o'zini daryoga tashlab g'arq bo'lganlarning son-
sanog'i yo'q edi. Hujum tamom bo'lib hammayoq tinchigandan keyin nihoyatda 
dimog'i chog' Kaufman Rayimxo'janing oldiga kelib: «Rus askarlari qanday 
urushar ekan» - deb so'radi. Yaxshi urushdilar, a'lo hazratlari», - deb javob berdi 
Rayimxo'ja. General Kaufman bunga javoban: «Xudo xohlasa, butun Farg'onani 
mana shunday jangovar harakatlar bilan bo'ysundiramiz va qo'shib olamiz», deb 
aytdi. 
Skobelevning ma'lumotnomasiga ko'ra-, jang maydonidan 2000 salla 
yig'ib olingan. Vereshchagin buni ikkiga bo'ladi, ammo «jang chakki bo'lmadi» 
deb qo'shib qo'ydi». 
«Biz 39 zambarak (daryoga tushib ketgan to'p bu hisobga kirmaydi)1500 
miltiq, behisob nayza, qilich, cho'qmor, 50 dan ortiq tug', bayroq, nishonlarni 
o'lja qilib oldik. Qal'ada o'q-dori, snaryadlar va qo'rg'oshin hamda 1910 pud un, 
837 pud guruch, 320 pud jo'xori saqlanayotgan katta omborxonalar topildi, 224 
ta ot qo'lga olindi. 
Ko'rgan talofotlarimiz: 6 kishi o'ldirildi (1 qarorgoh zobiti, 4 oddiy askar 
va bir yigit), 8 kishi yarador (bir qarorgoh zobiti va 7 quyi amaldagilar) bo'ldi. 


48 
Dushman talofotini 1200 kishi deyish mumkin. 149 zambarak o'qi, 29 raketa va 
9.387 patron ishlatildi. 
Jangdan keyin Kaufman Toshkent orqali Oliy hazrat janobi oliylari 
nomiga g'alaba, qo'lga tushgan o'ljalar va qurbonlar soni ma'lum qilingan 
telegramma yubordi: «...dushman to'la mag'lub etildi: uning xonlikning aholisiga 
ta'siri nihoyatda katta bo'ldi, ammo Mahram jangining oqibatlari haqida oldindan 
bir narsa deyish qiyin. Xo'janddan kutilayotgan qo'shimcha ulov kelishi bilan 
Qo'qon sari harakatni davom ettiraman. Sizga tobe ulug' imperator qo'shinlari o'z 
shuhratiga munosib mardona jang qila-di. Vazifa a'lo darajada bajarildi». 
A.I.Terentyev yana quyida-gi ma'lumotini beradi: Aderkas (chor zobiti) 
Qashqar qishlog'ida dushmanning ot-aravalari bilan kelayotgan to'dalariga duch 
kelib qoldi. Ko'cha butunlay chang-to'zon bilan qoplangandi. Kazaklar .chang 
to'dasiga qarata miltiqlardan o'q uzib, so'ng hujumga o'tishdi. Oqibatda to'rt 
bayroq, 25 miltiq, behisob qilich va nayza, bir qancha ot va yuk ortilgan 10 
arava o'lja olindi. Biz talofat ko'rmadik. 40 ga yaqin dushman o'ldirildi». 
«Dushman (Namangandagi jang tafsiloti) Skobelevning hisobiga ko'ra
 
(musulmonlar uchun qog'oz ham xayf) 3800 kishini yo'qotdi. Uch kun ichida
bizning talofatimiz: quyi amaldagilardan olti kishi o'ldi, 29 kishi yarador bo'ldi, 
3 zo-bityaralandi». 
Xullas, 29 avgustda general K.P.Kaufman boshliq rus qo'shini Qo'qon 
shahriga g'olib sifatida kirib keldi. Qo'qon a'yonlari Xudoyorxonning o'g'li 
Nasriddinbek boshchiligida undan ke-chirim so'raydilar. 1875-yil 22-sentabrda 
Nasriddinbek bilan Kaufman o'rtasida olib borilgan muzokaralardan so'ng 
tengsiz va sharmandali bitim imzolanadi. 
Bu bitimga ko'ra Qo'qon xoni o'zini Rossiya saltanatining quli deb tan 
oladi, qo'shni xonliklar bilan hech qanday aloqalar va munosabatlar qilmaslikka 
va'da beradi. Sirdaryoning o'ng qirg'og'idagi barcha yerlar Rossiya ixtiyoriga 
o'tadigan bo'ladi. Qo'qon xonligiga qarshi olib borilgan urushda rus armiyasi 
ko'rgan olti yuz ming so'm hajmdagi zararni to'lash Qo'qon xon-ligi yelkasiga 
yuklatiladi. Ayni chog'da shartnomada 1876-yil 1-noyabrdan boshlab Qo'qon 


49 
xonligi Rossiya xazinasiga har yili 500 ming so'mdan to'lab borishi shart qilib 
qo'yiladi. Bu so`mma besh yil davomida foiz haqini to'lash hisobidan kuchga 
kiradigan bo'ladi. 


50 

Yüklə 444,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin