58
kelajagi uchun olib borgan kurashlari haqidagi asosiy ma‘lumotlar hamda
taassurotlarni tarix darslaridan bilib oladi.Shuningdek, tarix darslari
o‘quvchining hozirgi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni to‘g‘ri
anglashga va unga
to‘g‘ri yondosha olishida yordamlashadi.
Ma‘lumki, tarix ayni juda qadimiy fanlardan hisoblanadi.Tarix fanini
kelajakni ko‘rsatuvchi „Ko‘zgu‖ desak mubalag‘a bo‘lmas va bu ko‘zguga
qarab har qanday inson o‘z kelajagini oldindan belgilab olishi mumkin. Hozirgi
kunda O‘zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin egallashi onson
kechyotgani yo‘q. Shuning uchun tarixni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga
bugungi kunning qadriga yetishini, o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan hatolarni
takrorlamaslikni, o‘tmishdagi hatolardan xulosa chiqarib olishini o‘rgatmoq
lozimdir . Qolaversa maktabda tarix fanini o‘qitish orqali o‘quvchilarda
o‘zlarining mustaqil va ijodiy
fiklashini rivojlantirishga, milliy ong va
tafakkurini o‘stirishga, eng asosiysi ma‘naviy barkamol shaxsni, haqiqiy
vatanparvar insonni tarbiyalab voyaga yetkazishga ahamiyat bermoq darkor .
Ta‘lim-tarbiya jarayonida mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun
bugungi kunning pedagog hodimlari
har bir darsda qiziqarli, samarali bo‘lgan
yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydala bilmoqlari kerak.
Bizga ma‘lumki,tarix voqealar haqidagi ma‘lumot va sanalar tashkil
etadi.Ularni to‘liq eslab qolishi o‘quvchilar uchun bir oz qiyinchilik tug‘dirishi
mumkin. Bu kabi ma‘lumotlarni o‘quvchilar xotirasida bir umrga saqlab qolishi
uchun utuvchi turli xil sahna ko‘rinishlari,qiziqarli o‘yin usullari,
krossvordlar,guruhlar bilan ishlash, baxs-munozaralarni olib borishiga bog‘liq.
Har bir mavzu uslubiy qo‘llanmada xar xil uslubiy vositalar bilan ochib
berilganbchunki bilimlar turli usulda oydinlashtirilganda o‘quvchilarning o‘quv
faoliyati ham turlicha bo‘ladi ba‘zi o‘quvchilarning tasavvurlarini kengaytiradi,
boshqa birlari ularning tafakkur faoliyatini kuchaytiradi. Asosan esda saqlab
qolish qobiliyatini o‘stiradi.
Shuning uchun ham, darslarda o‘quvchining
qobiliyati va o‘zlashtirish xususiyatlariga e‘tibor berishga, mavzuni yoritishda
yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda yondashishga harakat
59
qilaman. Qiziqarli usullar tarix darslarining qiziqarli va samarali o‘tishiga
yordam beradi deb o‘ylayman va ushbu usuldan foydalanib mavzuni yoritib
berishga harakat qildim.
―Mavzularning mazmuni rasmlarda nomayon‖ usuli -mavzuni o‘quvchi
o‘z fikri va o‘z tasavvurini rasm yoki belgilar orqali bayon etishini ta‘minlab
beruvchi usuldir. Bu usul orqali o‘quvchilarni shu fanga nisbatan qizig‘ishini
uyg‘otish,mustaqil fikrlashga va xulosaga kelishini ta‘minlash mumkin.
Qolaversa o‘quvchilarning tarix darslarida mavzuni tushuntirish chog‘ida
eslab
qolishi qiyin bo‘lgan uzundan-uzun ismlar,nomlar yoki yillarni yodda saqlab
qolishga, mustahkamlab olishiga yordam beradi.
―Mavzularning mazmuni rasmlarda namoyon‖ usulini qo‘llash
bosqichma-bosqich va ma‘lum bir muddat mobaynida amalga oshiriladi. Har bir
bosqich mobaynida o‘quvchilarning fikrlash doirasi kengayib,shakllanib boradi
va so‘nggi III bosqichda o‘quvchilar to‘liq biror-bir mavzuning mazmunini o‘z
fikri va o‘z tassavvurini rasmlar orqali bayon eta oladi.Ular
quyidagi
bosqichlardan iborat:
Dostları ilə paylaş: