Mavzu: XVIII-XIX asrlarda Qo`qon xonligidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot


Me`morchilik va hunarmanchilikning ravnaqi. Xalq amaliy



Yüklə 444,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/17
tarix22.10.2022
ölçüsü444,44 Kb.
#65800
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
2.2. Me`morchilik va hunarmanchilikning ravnaqi. Xalq amaliy 
san`ati. 
Qo`qon xonligi me`morchiligining o`ziga xos tomonlarini ko`rib chiqqan 
ekanmiz, bu mintaqaning qadim zamonlardan boshlab taraqqiy etgan madaniy 
maskanlardan biri bo`lganligini va teran me`morchilik hamda shahasrsozlik
tarixiga ega ekanligini ta`kidlab o`tmoq lozimdir. Qo`qon xonligining 
shahaharsozlik madaniyati mil.avv. II-I ming yilliklarga borib taqaladi. 
Jumladan, Elaton, Buzilmas, Olis Iskandariya (Aleksandriya, Esxata) Oqtepa 
Qultepa Munchoqtepa Mug` qal`a, Ershi singari 2-3 ming yillik tarixni o`zida 
mujassamlashtirgan shahar xarobalarining qazib o`rganilganligi bundan dalolat 
berib turibdi.
38
Shuningdek, Hoson, Quva, O`zgan, Axsi shaharlari o`rta asr
tarixiy manbalarida ko`p o`rinlarda tilga olinadi.
Ilk o`rta asrlar Farg`onaning yuksak madaniyati haqida Xitoy tarixiy 
manbalarida ma`lumotlar saqlangan. Temuriylar davriga kelib esa Umar Shayx 
hamda Bobur Mirzo tomonidan barpo etilgan shaharlar tafsiloti shoh asar 
‗Boburnoma‖ da keng yaratilgan.
Demak, Qo`qon xonligi me`morchiligi butun O`rta Osiyo me`morchilik 
an`analarini o`ziga sindirish bilan birga qadimiy Farg`ona vodiysiga xos mahaliy 
madaniyat asosida yuzaga kelgan, shu sababli XVIII asr Qo`qon xonligi 
shaharlari asosan o`rta asrlarga oid feodal shaharlarga xos ko`rinishni ifoda 
etgan. Shaharlar ark va Shahristondan iborat bo`lgan. Shahriston markazlarida, 
ko`chalar kesishgan joy chorsuda odatdagicha bozor joylashgan. Bu ikki asosiy 
38
M.G. Ahmedov. O`rta Osiyo me`morchiligi tarixi. T. ―O`zbekiston‖ 1995, 84-b 


33 
ko`chaning kesishishi natijasida shahar to`rt dahaga bo`lningan. Dahalar esa o`z 
navbatida bir necha mahalla va go`zarlardan shakillangan. 
Qo`qon va Toshkent arklari ―O`rda‖deb atalgan. Toshkentdagi O`rda 
buzib tashlanganligi bois u haqida juda oz ma`lumot saqlanib qolgan. Ammo 
Qo`qondagi Xudoyorxon nomi bilan ma`lum bo`lgan o`rda bugungi kunga qadar 
yaxshi saqlanib qolgan.
Qo`oqn o`rdasi XIX asrda bunyod etilgan bo`lib, yaxlid imorat shaklida 
birlashgan bir necha katta va kichik hovlilarni o`ziga birlashtirgan. Uning 
umumiy sathi 4gektarni tashkil etadi. 

Yüklə 444,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin