Mavzu: yordamchi maktabda miqdorlarni o’lchashda hosil bo’lgan sonlar va ular ustida amallar bajarish


Uzunlik o’lchov birliklarini o’rganish uslubiyati



Yüklə 285,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix12.05.2023
ölçüsü285,55 Kb.
#112317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Uzunlik o’lchov birliklarini o’rganish uslubiyati. Hamma uzunlik 
o’lchovlari va ular orasidagi munosabatlar bilan yordamchi maktab o’quvchilari I-
V sinflarda tanishadilar. Bu o’lchovlarni mustahkamlash maktabda butun o’quv 
yili mobaynida olib boriladi. 
2-sinfda o’quvchilar uzunlik o’lchov birligi santimetr bilan tanishadilar. 
O’qituvchi odatda, simdan yoki kartondan tayyorlangan santimetrni ko’rsatadi. 
Keyin santimetr daftarning ikki katagi uzunligi, barmoqning kengligi bilan 
taqqoslanadi. 
O’quvchilar santimetr haqida ayon tasavvur olishlari uchun, ular o’qituvchi 
rahbarligida santimetrning bir qancha modelini tayyorlashlari lozim. Buning uchun 
katakli kog’oz varag’idan eni ikki katakka teng bo’lgan tasma, so’ngra undan 1 sm 
li tasma qirqishlari kerak. Tasmalarning ustma-ust qo’yib, bolalar ular o’zaro teng 
ekaniga ishonch hosil qiladilar. Bunday tasmalarning har biri santimetrining 
modeli ekanini o’qituvchi aytadi.


Santimetr modeli yordamida o’quvchilar: I) berilgan kesmani o’lchash; 2) 
berilgan uzunlikdagi kesmani yasash (chizish) masalalarini hal qilishni o’rganib 
olishlari kerak. Berilgan uzunlikdagi kesmani santimetr modeli yordamida 
chizishda, har qaysi o’quvchi oldin daftarda to’g’ri chiziq o’tkazishi kerak; keyin 
to’g’ri chiziqda nuqta (kesma oxirlaridan biri) belgilaydi va bu nuqtadan boshlab 
biror yo’nalishdagi santimetrlarni keragicha sonda qo’yib chiqadi (har gal qalam 
bilan belgilab), qalam bilan kesmaning ikkinchi oxirini belgilaydi. 
Oldin bolalar bir santimetr uzunlikka ega bo’lgan narsalarni o’lchaydilar. 
Keyin asta-sekin qalamdon, daftar, kitob va boshqa uncha katta bo’lmagai 
narsalarni o’lchash bo’yicha ham mashq qildirish kerak. Shundan keyin santimetr 
modelidan foydalanishdan chizg’ich (qog’oz tasma) modelidan foydalanishga 
o’tish tavsiya etiladi, chizg’ichni o’quvchilar katakli qog’oz varag’idan yasashadi. 
Bir santimetrli kesma bu qog’oz tasmaga hammasi bo’lib 10 marta ketma-ket 
qo’yiladi va har gal bo’linishlarga belgi qo’ymb boriladi. Uzunligi 1 dm bo’lgan 
tasmaning oxirlari kesilishidan hosil bo’lgan qog’oz tasma chizg’ichning modeli 
bo’ladi. Bunday chizg’ichning santimetrli shkalasi bo’linishilari ostiga o’quvchilar 
0 dan 10 gacha bo’lgan sonlarni tartib bilan yozib chiqishadi.
O’quvchilarni uzunlikning yangi birligi — desimetr bilan tanishtirish ikkinchi 
o’nlikni o’rganish munosabati bilan boshlanadi. Yuqorida qaralgan chizg’ich 
(qog’oz tasma) aslida desimetrning qog’oz modelidir. O’quvchilar desimetr modeli 
bilan ham santimetr modeli yordamida bajarganlaridek, ishlarni, ya’ni o’lchashlar 
va yasashlarni bajarishadi. Qo’yidagi savollarni berish foydali: ―1 desimetr necha 
santimetrdan iborat? 1 desimetrni hosil qilish uchun necha santimetr sanab 
ajratishimiz kerak?‖.
Ishda navbatdagi qadam kesmalarni santimetr, desimetr modellari yordamida 
yasash va o’lchash.
Miqdorlarning o’lchov birliklarini o’rganishda o’lchashga va o’lchash 
natijalarini turli birliklarda ifodalashga oid mumkin qadar kshproq amaliy ishlar 


o’tkazish kerak. Masalan, qog’ozga chizilgan kesmalarni o’lchash, daftar, kitob va 
boshqa uncha katta bo’lmagan narsalarni o’lchab, o’lchash natijalarini daftarga 
yozish taklif qilinadi. Bunday ishlarni bajarishda bitta miqdorni turli o’lchov 
birliklari bilan o’lchash ham foydali: masalan, odin santimetrlar bilan, keyin 
desimetrlar bilan va h.k. o’lchash natijalarini o’lchov birliklarining ismi bilan 
yozish kerak, modelni o’lchash hosil bo’lgan son tanlangan o’lchov birliklariga 
bog’liq bo’ladi. Masalan, bitta kesmaning uzunligi qo’yidagicha yozib olinishi 
mumkin: 1 dm, 10 sm. 

Yüklə 285,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin