Shundan keyin litrni ko’rsatish va litr yordamida har xil idishlarning hajmini
(sig’imini) o’lchashga o’tish tavsiya qilinadi. Shu maqsadda o’qituvchi 1 litrlik
krujkaga suv qo’yib, keyin undagi suvni navbati bilan butilka va bankalarga
quyadi. Demak, krujkaga qancha suv ketgan bo’lsa, butilka va bankaga ham
shuncha suv ketar ekan, ya’ni bir xil miqdorda - 1 litr,
degan xu-losaga
o’quvchilarni keltiradi. Bu xulosa o’quvchilarga tushunarli bo’lishi uchun har bir
o’quvchi uncha murakkab bo’lmagan bu ishni o’zi qilib ko’rishi kerak.
Amaliy ishlarni har xil shaklda o’tkazish mumkin. Jumladan, ba’zilarini
keltiramiz:
1. Magazin o’yini. O’quvchilardan biri sotuvchi qilib tayinlanadi. Chelaklarga
sut (suv) quyilgan. Bir necha o’quvchi bidonlar va bankalar olishadi - ular
xaridorlar. Xaridorlarning talabiga binoan sotuvchi ularga 1l, 2l, Zl sut quyib
beradi. Qolgan hamma o’quvchilar sotuvchi sutni to’g’ri
quyib berishini kuzatib
borishadi.
2. Bankaga, kostryulkaga (boshqa idishga) qancha suv sig’ishini o’lchash
taklif qilinadi. Bupda oldin o’quvchilardan biror idishga necha litr suyuqlik sigishi
qaqida qanday fikrda ekanliklarini so’rash kerak. Ular o’chlari o’ylagan sonni
yozib
qo’yishsin,
o’lchashlardan
keyin
o’zlarining
qanchalik
to’g’ri
o’ylaganliklarini tekshirib ko’radilar.
IV sinfda uzunlik o’lchov birliklari bilan tanishish davom ettiriladi: bolalar
o’quv yili boshida millimetr bilan tanishadilar. Millimetr yordamchi maktab
o’quvchilari
uchun,
ayniqsa
slesarlik
va
duradgorlik
ustaxonalarida
shug’ullanadiganlar uchun juda katta amaliy ahamiyatga ega. Tanishtirishni
santimetrga qaraganda ancha mayda bo’lgan yangi o’lchov
birligini kiritish
amaliyotning talabi ekanini ko’rsatishdan boshlash kerak.
Buni o’quvchilarga santimetrlarga bo’lingan qogoz tasmalar yordamida
oldindan qog’oz varaqlariga chizilgan, masalan, uzunliklari 5 sm va 5 sm 4 mm
bo’lgan kesmalarni o’lchashni taklif qilib amalga oshirish mumkin. Kesmalar
tagma-tag chizilgan bo’lib, bir xil emasligi yaxshi ko’rinib turadi. O’qituvchi bu
kesmalar baravarmi deb so’raydi, qaysi kesma uzun, qaysinisi qisqa? Ksyii
o’qituvchi kesmalarni o’lchashni taklif qiladi va so’raydn: «Tvpadagi
kesmaning
uzunligi qancha? Pastdagi kesmaning uzunligi qancha?».
Pastdagi kesmaning uzunligini aniqlashda 5sm va yana I sm dan kam qoldiq
hosil bo’ladi. O’qituvchi qoldiqni o’lchash mumkinmi deb so’raydi.
Odatda, masshtabli chizg’ichdan bo’linishlarni qarab, o’qituvchi, bitta mayda
bo’linish, ya’ni chizg’ichning ikkita chiziqchasi orasidagi bitta kesma millimetr
deb atalishini aytadi. Bolalar 1 sm da 10 ta mm borligiga ishonch hosil qiladilar.
Shundan keyin o’quvchilar o’lchashlarga o’tishadi, «millimetr» so’zi doskaga
va daftarlarga yoziladi, uqmchunchi bu ismni sonlarda belgilanishi bilan 1 mm 5
mm va h,k tanishtiradi. Ular darslikda berilgan kesmalarni va shu darslikda
chizilgan figuralarning tomonlarini o’lchashadi.
Shundan o’lchash ishlaridan so’ng o’quvchilar o’lchashda hosil bo’lgan sonlar
faqat bitta o’lchov
birligida ifodlalanmay, balki ikkita o’lchov birligida ham
ifodalanishi mumkinligi bilan birinchi bor tanishadilar. O’qituvchi o’lchashga doir
ishlarni tashkil qiladi, bunday ishlar orqali boalar o’lchashda oldin metrdan
foydalanish qabul qilinganligini, agar qoldiq metrdan kam bo’lgan hollarda
desimetr
yoki santimetrdan, ya’ni oldin katta o’lchov birligidan keyin
maydalaridan foydalanish kerakligini o’quvchilar o’zlashtiradilar.
O’qituvchilar o’quvchilarga qo’yidagi ko’rinishdagi misollarni taklif qilish
mumkin.
15 sm + 55 sm =
1 m- 42 sm =
1 m 24 sm – 24 sm =
1 m – 5 sm = va x.k.
1 m 24 sm – 1 m =
To’rtinchi sinfda o’quvchilar yangi massa birligi – sentner bilan tanishadilar.
Massasi 1 s bo’lgan narsalarni qo’lda ―ushlab turish‖ mumkin emas. Shu sababli
o’quvchilar yangi o’lchov birligi haqida konkret tasavvurlar hosil qilish uchun
o’quvchilarga, masalan, bunday ma’lumotni aytish mumkin: ikki qop uning
massasi – s teng.