Mavzu: yordamchi maktabda miqdorlarni o’lchashda hosil bo’lgan sonlar va ular ustida amallar bajarish



Yüklə 285,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix12.05.2023
ölçüsü285,55 Kb.
#112317
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Birinchi bosqich - o’quvchilarni masalani sharti bilan tanishtirish. Masala 
ustida ishlash uning mazmunini o’zlashtirishdan boshlanadi. O’quvchilar hali 
o’qish malakasiga ega bo’lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o’qituvchi o’qib yoki 
so’zlab beradigan masala matnini tinglashga, shartining muhim elementlarini 
tovush chiqarib ajratishga o’rgatish kerak. Shundan keyin masala shartida 
uchraydigan notanish so’zlar ko’rib chiqiladi. Masalaning matnini ifodali o’qishga 
II sinfdan boshlab o’quvchilarni ham o’rgatish kerak. 
Ikkinchi bosqich - o’quvchilarni masalani shartini tushunishga va eslab 
qolishga o’rgatyash. Odatda, yordamchi maktabda masalalar matni uncha katta 
bo’lmaydi. Ikkinchi o’quv yilida faqat 1-2 amalli masalalar yechiladi. Bunday 
masalalarni eslab qolish o’quvchilar uchun uncha katta qiyinchilik tug’dirmaydi. 
Masalani sharti bilan tanishtirilgandan so’ng o’qituvchi uni so’zlab berishni 
so’raydi. Har bir sinfda shunday bolalar uchraydiki, ular masalani shartidagi son 
ma’lumotlarni esdan chiqaradilar (masalani so’zlab berishda ularni birontasini ham 
aytolmaydilar), masalaning savolini buzib aytadilar yoki aytmaydilar. Shuning 
uchun masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog’lanishni ochishga 
erishish kerak. 
Uchinchi bosqich - masalani qisqa yozishga, masalani shartli belgilar, 


rasmlar va chizmalar yordamida tasvirlashga o’rgatish kerak. 
Uchinchi sinfdan boshlab bolalar masalalarni mustaqil ravishda qisqa 
yozishga o’rgatiladi. Shuni nazarda tutish kerakki, barcha hollarda ham qisqa 
yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining tahlili ham amalga oshiriladi. 
Quyidagi sodda masala namunasida qisqa yozishga o’rgatish ishini qanday 
o’tkazish mumkinligini ko’rib chiqamiz, bunda masala matnidan masala 
mazmunini mantiqiy tushunish uchun zarur bo’lgan son ma’lumotlar, so’z va 
ifodalar ko’chirib olinadi. Masala (II sinf): «Elektr simiga» kushlar uchib kelib 
qo’nishdi. Birinchi qatoriga 10 ta qush qo’ndi, ikkinchi qatorda undan ikkita ortiq. 
Ikkinchi qatorga nechta qush qo’ndi?» Masalada nima haqida gapiriladi? (Birinchi 
va ikkinchi qatorlarda qushlar qo’nganliklari haqida). Shuni qisqa qilib yozamiz. 
1q.- 
II q,- 
Birinchi qatorga qo’ngan qushlarning soni haqida nima ma’lum? (Birinchi 
qatorda 10 ta qush qo’ndi). Shuni yozamiz: 
I q. - 10 ta q. 
II 
q. - 
Ikkinchi qatorga nechta qo’sh qo’nganligi ma’lummi? (Yo’q). Buni so’roq 
belgisi bilan belgilaymiz. Masalada ikkinchi qatordagi qushlar haqida nima 
ma’lum (Ikkinchi qatorda 2 ta ortiq). Buni quyidagicha yozamiz: 
I q. - 10 ta q. 
II 
q. - ? 2 ta q.ortiq. 
Ikkinchi qatorga nechta qush qo’ndi? 
Endi shu masala namunasida shartli chizma chizish jarayonini ko’rsatamiz. 
Qaralayotgan masala shartini chizma yordamida tasvirlash uchun daftarning 
bir katagi uzunligini bitta qush uchun qabul qilamiz. Bu holda birinchi qatordagi 
10 ta qush 10 ta katak uzunligi bilan tasvirlanadi. Ikkinchi qatordagi qushlar soniga 
10 ta katak uzunligi-dagi kesma va yana 2 ta katak uzunligidagi kesma mos keladi. 
10 q 


2q 
To’rtinchi bosqich -masalani tahlil qilishga o’rgatish. 


Ko’p masalalarning matnida shundan so’zlar borki, (ortiq, kam, qoldi, 
hammasi bo’lib, kabi), ular arifmetik amallarni tanlashni ko’rsatib beradi, biroq 
amallarni tanlashda faqat ularga tayanish mumkin emas, nega deganda ayrim 
hollarda o’quvchilarni noto’g’ri amal tanlashga keltirishi mumkin. Shuning uchun 
o’quvchilarga, agar masalada «bo’ldi», «hammasi bo’lib» yoki «jami» degan 
so’zlar bo’lsa, unda ularni qo’shish; agar masalada «qoldi» degan so’z bo’lsa, unda 
ayirish kerak deyish yaramaydi. 
Masala yechishda amallarni tanlash masaladagi ma’lum va noma’lumlar 
o’rtasidagi bog’liqlik bilan aniqlanadi. 
Afsuski o’qitish amaliyotida masala yechishda masalani tahlil qilish 
ko’pincha quyidagicha olib boriladi. O’qituvchi sinfga shunday savol bilan 
murojaat qiladi: «Kim aytadi masalani kanday yechish mumkin?». Bolalardan biri 
turib yechilgan masalaning javobini aytadi. O’qituvchi uni maqtab doska oldiga 
chiqaradi. U masalaning yechimini doskaga yozadi, qolgan bolalar uni 
ko’chiradilar. 
Murakkab masalani yechishda masalani tahlil qilish malakasi asosiy 
ahamiyatga ega. Tahlil qilishning ikkita usuli bor: 1) sintetik tahlil, 2)analitik 
tahlil. 
Yordamchi maktabning quyi sinflarida (1, 3-sinflarda) masalani tahlil qilishda 
mulohazalar ko’pincha masalaning son ma’lumotlaridan savoliga qarab boradi. 4-
sinfdan boshlab mulohazalar aksincha masalani savolidan boshlanib son 
ma’lumotlariga qarab boradi. 
Ushbu masala namunasida sintetik tahlil qanday amalga oshirilishini 
ko’rsatamiz: «O’quvchilar maktab bog’iga 6 tup olma ko’chati, olma ko’chatidan 4 
tup ortiq anor ko’chati o’tqazishdi. O’quvchilar maktab bog’iga hammasi bo’lib 
necha tup ko’chat o’tqazishgan?». 
Sintetik tahlilda mulohazalar ma’lumlardan noma’lumlarga qarab boradi
ya’ni masalaning savoliga qarab boradi. 
- Masalada nima to’g’risida gap boradi? (O’quvchilar maktab bog’iga olma va 
anor ko’chatlari o’tqazishganligi to’g’risida). O’qituvchi buni qisqacha doskaga 


yozadi. 
Olma Anor 
- Masalada nima ma’lum? (O’quvchilar maktab bog’iga b tup olma ko’chati 
o’tqazishgan). Buni yozamiz. Olma - 6 tup. 
- O’quvchilar qancha anor ko’chati o’tqazishgani ma’lummi? (yo’q). 
- Buni qanday belgilaymiz? (So’roq belgisi bilan belgilaymiz). 
Olma - 6 tup. 
Anor-? 
- Yana nima ma’lum? (Anor ko’chatidan olmaga qaraganda 4 tup ortiq 
o’tqazilganligi). Yozamiz. 
Olma - 6 tup 
Anor-? 4 tup ko’chat ortiq.
- Masalada nimani topish talab qilinadi? (O’quvchilar maktab bog’iga 
hammasi bo’lib qancha daraxt ko’chati o’tqazishganini.) Yozamiz. 
Olma - 6 tup
Anor-? 4 tup ortiq. 
Amallarni to’g’ri taplash maqsadida masalaning tahlili quyidagicha 
davom ettiriladi; 
Ma’lumki, o’quvchilar olma ko’chatiga qaraganda anor ko’chatidan 4 tup 
ortiq o’tqazishibdi, bundan nimapi bilish mumkin? (O’quvchilar qancha anor 
ko’chati o’tqazishganligini). 
Qaysi amal bilan topiladi? (Qo’shish: 6 + 4=10 ta). 
Endi alohida qancha olma ko’chati va qancha anor ko’chati o’tqazilganligi 
ma’lum bo’ldi. Bundan nimani bilish mumkin? (O’quvchilarning hammasi bo’lib 
qancha daraxt ko’chati o’tqazishganligini). 
Buni qaysi amal bilan bilish mumkin? (Qo’shish amali bilan). 
-Masalada nimani topish kerak edi? 
Masalaning asosiy savoliga javob bera oldikmi? (Bera oldik). 
Analitik tahlil masalani savolidan son ma’lumotlariga, ya’ni pastdan yuqoriga 


qarab boradi. Boshqacha aytganda, bir qator mulohazalar tuziladi.
Bu mulohazalarning boshi masalaning savoli bo’ladi. Masalan: 
- O’quvchilar hammasi bo’lib necha tup daraxt ko’chati o’tqazishganini bilib 
bo’ladimi? (Yo’q.). 
Nima uchun? (O’quvchilar qancha anor ko’chati o’tqazishganini bilmaymiz). 
O’quvchilar qancha anor ko’chati o’tqazishganligini qaysi amal bilan bilsak 
bo’ladi? (Qo’shish amali bilan). 
Endi masalaning asosiy savoliga javob bersak bo’ladimi? (Bo’ladi). 
- Masalada nimani topish talab qilinadi? (O’quvchilar hammasi bo’lib necha 
tup daraxt ko’chati o’tqazishganligini). 
-Buni qaysi amal bilan bilish mumkin? (Qo’shish amali bilan).
- Nimga nimani qo’shamiz? (10+6=16 ta ) 

Yüklə 285,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin