Sodda arifmetik masalalar yechish uslubiyati
Masala yechish malakasiga birinchi sinfda asos solinadi. Yordamchi
maktabning birinchi sinfida faqat yig’indini va qoldiqni topishga doir sodda
masalalar yechiladi.
XULOSA
Yordamchi maktabda o’quvchilar kiymat (baho), uzunlik, massa (og’irlik)
sigim, yuz, hajm va vakt o’lchov birliklari bilan tanishadilar. Oddiy asboblar
yordamida miqdorlarni o’lchash, ishlarini bajarishga o’rganadilar.
Miqdorlarni o’rganish arifmetik materialni o’rganish bilan uzviy bog’lanishda
amalga oshiriladi. Jumladan, o’lchovlarni o’rganish sanashni o’rganish bilan
bog’lanadi; yangi o’lchov birliklari tegishli sanoq birikmalari kiritilganidan so’ng
kiritiladi.
Shu mavzu yuzasidan o’tkaziladigan mashg’ulotlar umumlashtirish, amallarni
to’g’ri va maqsadga yo’naltirilganligini takomillashtirish, har qanday ishni oxirga
yetkazish ko’nikmasini tarbiyalash, o’z-o’zini tekshirish qobiliyatini o’rgatishga
imkon beradi.
Amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qilishda diqqat, xotira, kuzatuvchanlik
rivojlanadi, mayda mushaklar harakati mushak sezgilari takomillashadi. Buning
hammasi aqli zaif o’quvchilarning shaxsiy fazilatini tuzatishni masalasini hal
etishga xizmat qiladi.
O’lchov birliklari va o’lchash ishlari bilan tanishtirish jarayonida
o’kuvchilarning son ustidagi tushunchalari kengayadi. Masalan, bolalarni o’lchov
birliklari bilan tanishtirish va ular bilan o’lchash ishlari olib borish natijasida
o’quvchilar o’lchash yordamida ham sonlar hosil qilinishi mumkinligiga ishonch
hosil qiladilar.
Bu materialni o’rganish o’nlik sanoq sistemasining qonuniyatlarini yaxshi
tushunishga imkon beradi.
Bu mavzuni o’rganish matematika o’qitishni turmush bilan uzviy bog’lash
imkonini beradi: o’quvchilar kundalik hayotda va kelgusida kasb-hunarlarni
egallashda zarur bo’lgan o’lchash malaka va ko’nikmalarini amaliy egallaydilar:
o’lchash asboblari bo’lmish chichgich, ruletka, soat vah.kdan to’g’ri foydalanishni
o’rganadilar.
|