qancha turadi?».
2.
Masalani tayyor shartiga savol qo’yiladi. Masalan: «Bahromning 12 ta
yong’og’i bor edi. U 5 ta yong’og’ini chaqib yedi. Masalaga savol qo’ying».
3.
Savolga qarab masalaning sharti tanlanadi.
Masalan: «Quyidagi savolga asosan masala tuzing: Bahromning yong’oqlari
A’zamning yong’oqlariga qaraganda nechta ortiq?».
To’liq masala tuzish uchun o’quvchilarga variantlar taklif qilish mumkin.
1.
Sahnalashtirishga qarab masala tuzish. O’qituvchi bita o’quvchiga 5
ta qalam, ikkinchisiga 2 ta qalam beradi va ularni qutichaga solishni so’raydi.
Keyin
o’qituvchi
qutichani
berkitib
«masala tuzing», deydi.
2.
Rasm, plakat, sxema, chizmalarga qarab masala tuzish. Masalan,
plakatda ikkita quticha qalamlarning rasmi solingan. Bitta qutichadagi 6 ta qalam
ko’rinib turibdi. Ikkinchi quticha berkitilgan bo’lib, ustiga: 2 qalam kam deb
yozilgan. O’quvchilar rasmga qarab masala tuzishlari kerak.
3. Son ma’lumotlariga qarab masala tuzish: «8 va 10 sonlari ishtirokida
masala tuzing»,
4. Tayyor yechimga qarab masala tuzish. «Shunday masala tuzingki, u
quyidagicha yechilsin: 5 ol. + 3 ol. = 8 ol».
5. Tayyor rejaga qarab masala tuzish.
6. Ko’rsatilgan arifmetik amalga doir masala tuzish.
7. Yechilgan masalaga o’xshash masala tuzish: «O’xshash masala tuzing,
biroq boshqa sonlar va narsa bilan».
Dostları ilə paylaş: