ifodalanadi;
4. Sonlar va amallar tasodifan tanlanadi;
5. Amallarni bajarishda, miqdorlarning nomini yozishda xato qiladilar; a)
ismlari yozilmaydi, v)
ismlari xato yoziladi, s) ismlar faqat ayrim amallarni tashkil
etuvchilardagina yoziladi.
6. Hisoblashda xato qilinadi;
7. Masalaning jaiobi noto’gri ifodalanadi.
Aqli zaif o’quvchi ko’iincha masalaning mazmunini va uning ma’lumotlariii
bor narsalar va ularning o’zaro bog’lanishlari haqidagi tasavvurlar bilai qiss
qilolmaydi. Masalan, matni, sonlar va nomlar o’rtasidagi bog’lanishlarning
murakkab sistemasini vujudga keltirish bu bolalar uchun ayniqsa qiyindir.
O’quvchi masalani yechayotganda undagi bog’lanishlar sistemasini tushunib olishi
va ana shu bog’lanishlar doirasida ish ko’rishi kerak. Hatto ikki amal bilan
yechiladigan masala ham, shartida bayon qilinmagan savollar qo’yishni
talab
qiladi. Masalan, masala shartlarida, bir bolada 4 qalam bor, ikkinchisida undagidan
bitta ortiq qalam bor. Ikkala bolada nechta qalam bor? - deyilgan. O’quvchi
ikkinchi bolada nechta qalam bor edi? - degan yeavolni mustnqil ravishda tuzishi
va shundan keyin masalani yechishi kerak. O’qituvchilar bu jarayon normal bolalar
uchun ham ma’lum darajada qiyin ekanligini biladilar. Ammo normal bolalar
ikkinchi bolada nechta qalam borligini bilmay turib, masalani umuman yechshi
mumkin emasligini ancha oson bilib oladilar. Aqli zaif o’quvchi, odatda,
masalani
mustaqil tushuna olmaydi: u masalani bir savol bilan 4+1 = 5 tarzida «yechadi.» .
Aqli zaif bola arifmetik amallarni tanlashda savolni e’tiborga olmaydi va
masaladagi sonli ma’lumotlar «aytib bergan» amalni bajaradi. ya’ni masalaning
qolgan butun mazmunidan ajratib olingan muayyan so’zga suyanish mayli bo’ladi.
Chunonchi, masalaning shartida «uchib ketdi», «qoldi» degan so’zni uchratish
bilan ba’zi o’quvchilar ayirishni bajaraveradilar, holbuki, masala matnida bunday
so’z bo’lishi hamma vaqt ham ayirishni talao qilavermaydi. Masalan, ushbu
masala: «Daraxt shoxiga qushlar qo’nio turgan edi, 3 tasi uchib ketdi, 2 tasi qoldn.
Daraxt shoxiga nechta qush qo’nib turgan edi?» da «uchib ketdi», «qoldi» degan
so’zlar bor, lekin masala ayirish
bilan emas, balki qo’shish amali bilan yechiladi.
Aqli zaif bolalarning o’ziga xos xususiyati shuki, ular kam harakat, ruhiy
jarayonlari inert holatda bo’ladi, shu sababli ular «bir joyda to’xtab qolishga»
tafakur va harakatlarda turg’unlikka moyil bo’ladilar.
Masalan, aqli zaif o’quvchilarga qo’yidagi vazifa taklif qilindi: «Daraxtda 3 ta
qush qo’nib turgan edi, yana 2 ta qush uchib kelib qo’shildi, Daraxtdagi qushlar
nechta bo’ldi?». Bu masala yechildi. Shundan keyin bolalarning o’ziga shu turdagi
masala tuzish taklif qilindi. Sinfdagi ko’pchilik
bolalar oldingi masalani
takrorladilar.
Har qanday arifmetik masalalar ustida ishlash uslubiyatida quyidagi
bosqichlarni ajratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: