Mavzu: yordamchi maktabda miqdorlarni o’lchashda hosil bo’lgan sonlar va ular ustida amallar bajarish


Qiymat (baho) o’lchov birliklarini o’rganish



Yüklə 285,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix12.05.2023
ölçüsü285,55 Kb.
#112317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
 
Qiymat (baho) o’lchov birliklarini o’rganish 
I sinfda o’kuvchilar baho o’lchov birliklari bilan tanishadilar. Baho haqida 
tushuncha aqli zaif o’quvchilar uchun murakkab mavzuladan biridir. Agar normal 
bola maktabga borgunga qadar baho o’lchov birliklari bilan murakkab 
mavzulardan biridir. 


2. Miqdor o’lchov birliklarini o’rganishdagi qiyinchiliklar va ularni kelib 
chiqish sabablari. 
Agar normal bola maktabga borgunga qadar baho o’lchovlari bo’lmish pul 
bilan yetarlicha amaliy tajribaga ega bo’lsa, ko’pchilik aqli zaif bolalar 
kuzatuvchanlikning yetarli bo’lmasligi, sustlik sababli tangalarning qadr-qiymatini 
bilmaydilar.
Holbuki, baho o’lmovini o’rganish bolalarni mustaqil hayotga tayyorlashda 
nihoyatda katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, baho o’lchovini o’rganish 
natural sonlarni nomerlashni mustahkamlashga ko’maklashadi. 
Tangalar bilan tanishtirish. Yordamchi maktab o’qituvchilarining tajribasi 
shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarni tangalar bilan birlamchi tanishtirish tegishli 
sonlarni o’rganish bilan birga qo’shib olib borilsa, ular tangalarni yaxshi eslab 
qolar va ularni bir-biridan farqlay olar ekanlar. 
Masalan, 1 sonini o’rganishda o’quvchilar 1 so’mlik tanga bilan 1 sonini 
o’rganishda 5 so’mlik tanga bilan tanishadilar va h.k. 
Tangalar bilan tanishtirish quyidagi tartibda olib boriladi: 
1. Tanganing tashqi ko’rinishi: rangi, shakli, katta-kichikligi, tangaga yozilgan 
raqam bilan tanishtirish. 
2. Ko’rsatilgan qiymatga ega bo’lgan tangani boshqa tanglar orasida tanlash.
4. Daftarda tanganing ustidan qalam bilan aylantirib chizib chiqing.
5. Tangalarni maydalash va yirigi bilan almashtirish. 
Tajriba shuni ko’rsatadiki, tangalarni maydalash va yirigi bilan almashtirishni 
1-5 sonlarini takrorlashda, ya’ni o’quvchilar bu sonlarning tarkibini bilib 
olganlaridan keyin o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. 10 so’mlik tanga bilan 
tanishtirish bitta «o’nlik» tushunchasini o’quvchilar o’zlashtirib olganlaridan keyin 
kiritiladi. 10 ta bir so’mlik tanga 1 ta o’n so’mlik tangani, ya’ni qiymati 10 so’mga 
ega bo’lgan tangani hosil qilishini o’qituvchi tushuntiradi. 
10 so’mlik tangani 1 so’mlik, 5 so’mlik tangalar bilan maydalash mashq 
qilinadi. 


Uchinchi sinfda bolalarni baho o’lchov birligi bilan tanishtirish davom 
ettiriladi. 
O’quvchilar 25 so’m 50 so’m va 100 so’mlik qog’oz pul bilan 100 ichida 
nomerlashni o’rganganlaridan keyin tanishadilar. O’quvchilarga 100 gacha 
o’ntalab dasta qilib bog’langan cho’plarni sanash taklif qilinadi, so’ng bu sanoqni 
100 gacha 10 so’mlik tangalar bilan sanashga qaratish mumkin: o’quvchilar 
sanaydilar: «10 so’m, 20 so’m, ..., 100 so’m», keyin o’qituvchi ulardan so’raydi: 
100 so’mni hosil qilish uchun nechta 10 so’mlik oldik? Yoki 10 ta 10 so’mlik 
tangani bitta yaxlit 100 so’mlik bilan almashtirsa bo’ladimi? Shundan keyin 25 
so’m, 50 so’m, 100 so’mlik qog’oz pullarni maydalash va yirigi bilan almashtirish 
mashq qilinadi. Uchinchi sinfda «Magazin» o’yinini uyushtirishda quyidagi 
tartibga rioya qilish kerak 1) qaytimsiz bitta narsani sotib olish; 2) qaytimini olish 
bilan sotib olingan narsaga haq to’lash; 3) qaytimsiz ikkita yoki uchta narsani sotib 
olish; 4) qaytimini olish bilan ikkita narsani sotib olish. Hamma o’quvchilar 
sotuvchi va xaridor bo’lib chiqishlari kerak. 

Yüklə 285,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin