-fikr bildirishlar nihoyasiga yetgach, o‘qituvchi va talabalar hamkorligida to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar aniqlanadi;
-fikr bildirishlar nihoyasiga yetgach, o‘qituvchi va talabalar hamkorligida to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar aniqlanadi;
-to‘g‘ri javobga uch ball qo‘yiladigan bo‘lsa, har bir noto‘g‘ri fikr uchun guruhning umumiy balidan uch ball olib tashlanadi;
-eng ko‘p ball to‘plagan guruh g‘olib hisoblanib ular rag‘batlantiriladi;
-bu jarayonda kichik guruhda qayd etilgan javoblarning noto‘g‘rilari o‘chirib chiqiladi va natijalar e’tiborga olingan holda talabalarga tabaqalashtirilgan ball qo‘yiladi. Venn diagrammasi metodini barcha talabalar bir-biriga bog‘liq mavzularni tahlil qilish, solishtirish, taqqoslash va mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi. Quyida ushbu metodni Zamonaviy iqtisodiyot darslarida qo‘llash mumkin: Rag‘batlantiruvchi marketing bilan Remarketing umumiy va farqli tomonlarini aniqlashga doir quyidagi diagrammani misol tariqasida keltirish mumkin mavzularni umumlashtiris maqsadida “Venn diagrammasi” qo`llanilsa dars samaradorligi oshadi.
Kompyuterlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi
Kompyuterlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi – bu kompyuterdan foydalanishga asoslangan o‘qitishdir. O‘qitishning kompyuter texnologiyasi yangi axborot texnologiyalarning bir turidir.
Axborot texnologiyalarda bundan tashqari boshqa axborot vositalari (televidenie, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning yirik imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq qilinmagan texnologik variantlarini ochib beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi.
O‘qitishning kompyuter texnologiyasi, kompyuterning inson individual qobiliyatlariga mosligiga tayanadi. O‘qitish jarayonini optimal darajada tezkor boshqarish imkoniyati mavjudligi, bu o‘qitishning turining universal muloqoti ko‘rinishida ekanligi, psixologik qulayliklari, o‘qitishning cheklanmaganligi bilan ajralib turadi.