Donor – akseptor bog’lanish. Ayrim molekulalar tarkibiga kiruvchi atomlarda kimyoviy bog’lanishda ishtirok etmagan, xususiy taqsimlangan electron juftlari bo’ladi. Ayrim atom va ionlarda yoki molekulalarni tashkil etuvchi atomlarda bo’sh orbitallar bo’ladi. Atomlarning kimyoviy bog’lanishida ishtirok etmagan xususiy elektron juftlari bilan bo’sh orbitalga ega bo’lgan atomlar orasida kimyoviy bog’lanish paydo bo’ladi. Bu bog’lanish kovalent bog’lanish kabi umumiy elektron juftalari hisobiga hosil bo’ladi. Ammo, umumiy electron juft fqat bitta atomga taalluqli, bu atom “donor” (beruvchi) ikkinchi atom esa “akseptor” (qabul qilivchi) hisoblanadi.
Bir atomning kimyoviy bog’lanishida ishtirok etmagan, ya’ni taqsimlanmagan ektron jufti va ikkinchi atyomning bo’sh orbitali o’rtasida hosil bo’lgan bog’lanish donor -akseptor yoki kordinatsion bog’lanish deyiladi. Ionli bog’lanish. Ionlar zaryadlangan zarrachalardir. Atomlar elektron berganda yoki elektron biriktirib olganda zaryadlangan zarrachalar ya’ni ionlarga aylanadi. Atomning yo’qotgan va qabul qilib olgan elektronlar soni ionning zaryad miqdorini ifodalaydi. Qarama – qarshi zaryadlangan ionlar bir – biriga tortiladi.

Ionlarning o’zaro birikishidan hosil bo’lgan moddalar ionlo birikmalar deyiladi. Musbat zaryadlangan ionlar kationlar deb ataladi. Manfiy zaryadlangan ionlar anionlar deb ataladi. Ionli birikmalarga metallarning galogenlar, kislorod, oltingugurt bilan hosil qilgan birkmalar kiradi. Metallar o’z tashiq energetic qavatlaridagi elektronlarini berib, musbat zaryadlangan ionlarga oson aylanadi. Metallamaslar esa aksincha, tashqi energetic qavatiga elektronni oson qabul qiladi va manfit zaryadlangan ionlarga aylanadi.