Mavzu. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix14.01.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#79206
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
26-27-mavzu Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish

v) Oldindan ko‘ra olish ehtimoli. Oldindan ko‗ra olish ehtimoli itni 
tajribasiga, mavjud bo‗lgan informatsiyaga bog‘liq bo‗ladi. Bu o‗rganishlar 
N.Bernshteyn P.V.Simonov, I.M. Juravlev va G.E.Ferenberg tomonidan 
o‗rganilgan. Oldindan ko‗ra olishlar evolyutsiyani yuqori pog‘onasida turgan 
hayvonlarda ko‗p uchrayda. U hodisalarni sub‘ektiga, o‗tgan hayotiy tajribalarga, 
uni aktualligiga bog‘liqdir. Birdaniga miyasiga fikr qilib qolishi insayd deyilib u 
ham shu o‗rganishlarga kiradi. Birdaniga paydo bo‗lgan to‗g‘ri echim hayvonni 
sharoitini engillashtiradi. 


Hayvonlarning ko‗nikmalari Taraqqiyotning yuqori bosqichidagi hayvonlarda 
harakatning instinktiv shaklari bilan bir qatorda, xatti-harakatning individual 
o‗zgaruvchan shakllari – ko‗nikma va intellektual harakatlar ham mavjud. 
Ko‗nikma – bu hayvonlarda shartli bog‘lanishlar asosida yuzaga keluvchi va 
avtomatik ravishda sodir bo‗luvchi harakatlardir, ya‘ni biror faoliyatni takrorlanib 
turishi natijasida asta-sekin hosil 23 qilingan xatti-harakatlardir. Nerv tizimining 
rivojlanishi jihatidan hayvon qanchalik yuqori o‗rinni egalasa, u o‗zida shunchalik 
murakkab ko‗nikmalarini hosil qila oladi. Instinktlarga qaraganda, ko‗nikma xatti-
harakatlarning 
ancha 
o‗zgaruvchan shakli hisoblanadi. Hayvonlarning 
ko‗nikmalari, ota-onala-ridan ―o‗rganish‖ yo‗li bilan ham hosil bo‗ladi. Masalan, 
bo‗rilar bolalarini ovga o‗rgatadilar, qari bo‗ri qilgan harakatni yosh bo‗ri 
takrorlaydi, bu taqlid qilish instinktiga asoslangan, xattiharakatlar ko‗nikmasidir. 
Uy hayvonlarini odam «o‗rgatganda» ular ko‗p ko‗nikmalar hosil qiladi. 
SHuningdek, tsirkda o‗rgatilgan hayvonlar xilma-xil juda murakkab ko‗nikmalarni 
namoyon etadilar. 
«Ijtimoiy hayvonlarning o‗zaro munosabat-munosabatlari ba‘zan juda ham 
murakkablashib ketadi. Ganglioz nerv sistemasiga ega bulgan katta-katta tudalarga 
birlashib xayot kechiradigan xayvonlardayoq fakatmarkkab individual isntiktiv 
xatti-xarakatlarnigina emas balki usha tudaning aloxida bir vakili tiliga nisbatan 
instiktiv reaktsiyalari xam rivojlangangligini kurish mumkin . 
CHunonchi, asalari shira to‗plab, uyasiga qaytayotganida muayyan bir shaklda 
harakatlar yasab («raqsga tushib»), bu bilan asalga boy gullar kaerda joylashgani 
haqida butun asalarilar to‗pini xabardor qilishi aniklandi. CHumolilarning «tili» 
juda murakkabdir. Ma‘lum bir harakatlar kat‘iy bir xabarni anglatadi. Harakat 
reaktsiyalari birgalikdagi harakatga chaqiriqni, ovqat berish haqidagi iltimosni va 
shu kabilarni anglatishi mumkin. 
Ganglioz nerv sistemasiga ega bo‗lgan hayvonlardagi «til» gavdasini ma‘lum bir 
qiyofada tutish bilan, akustik signallar, kimyoviy («hid bilish») axborotlar, turli 
xildagi suykalishlar orqali ifoda etiladi. 
To‗plashib yurgan hasharotlar xatti-harakatlarining maqsadga muvofiqligi va 
uyg‘unligi kuzatuvchini hayratga soladi. Lekin ushbu uyg‘un ravishdagi maksadga 
muvofiqlik axborotni qabul qiluvchi xayvonlar reaktsiyasining bir xilda ekanligi 
bilan belgilanadi. Ularning reaktsiyalarida ozgina bo‗lsa ham anglashilganlikdan
axborotni qayta ishlashdan asar yo‗q bo‗ladi; signal olshnishi bilanoq 
evolyutsiyada hosil qilingan xatti-xarakatlari sodir buladi. 
Yuksak tarakkiy etgan xayvonlar (qushlar, sut emizuvchilar) ning to‗dasida ham 
o‗zaro munosabatlarning muayyan shakllari mavjuddir. Hayvonlarning har qanday 
tarzda biron-bir to‗daga birlashuvn mukarrar ravishda to‗dadagilarning bir-biri 
bilan aloqa qilishlari uchun zarur bo‗lgan «til» ning paydo bo‗lishiga olib keladi. 


Xar qanday turda biologik jixatdan tengsizlik karor topadi; kuchli xayvonlar 
kuchsizlarini o‗ziga bo‗ysundirishadi. Kuchlilariga ovqatning yaxshiroq joyi 
tegadi, ular o‗zlarini to‗daning boshqa a‘zolari orasida ancha erkin his qilishadi. 
Kuchsia hayvonlar boshqa turlarga mansub hayvonlar uchun o‗lja bo‗lib, o‗zi 
mansub bo‗lgan turning eng yaxshi vakillari saqlanib qolishi uchun garov bo‗lib 
xizmat qiladi. Quchsiz hayvonlar, o‗z navbatida, tuda ichida o‗zlarini nisbatan 
himoya kilish imkonini beradigan vositalarga egadir (4-rasm). «Bo‗ysunish 
qiyofasi» atalmish aloxida bir holatga kirib turish ana shunday vositalar jumlasidan 
bo‗lib, ancha kuchlirok xayvon bilan to‗knashuvda mag‘lubiyatga uchrayotgan 
xayvon o‗zining olishuvni davom ettirishga qodir emasligini shunday holat 
vositasida xabar qiladi. 
«Til» deganda biz signal berishning har qanday sistemasini, xabar 
berishning har qanday vositasini tushunamiz. 
Masalan, avstriyalik etolog K. Lorents quyidagicha vaziyatni kuzatishga 
muvaffaq bo‗ldi. Yesh buri o‗zining kuch-quvvatga to‗lib ketganini sezib
to‗daning boshlig‘iga tashlanadn. 
4-rasm. Tovuqlarda ustunlik va bo‗ysunganlik holatlari: 1 va 2— tovuq va 
xo‗rozning ustunligi xolati; 3—juda xam tajovuzkorona holat; 4— tajovuzkorlik 
niyati bo‗lmagan holda to‗daga ko‗shilishga tayyorlik xolati; 5— bo‗ysunganlik 
xolati; 6—taklif qilish holati. Yesh buri darhol bo‗ysunganlik xolatiga kirdi: 
vahshiyona tusga kirgan raqibining og‘zi ostiga bo‗ynini qo‗ydi. Odatda hayvonlar 
olishuv paytida bo‗ynini muhofaza qiladi. Katta bo‗rining hujumkorlik vajohati 
shu zahotiyoq so‗ndi — minglab avlodlar hayoti davomida hosil bo‗lgan instinkt 
o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi. Tobelik holatiga kirish odati tuda bo‗lib yashaydigan barcha 
hayvonlarda bor. Maymunlarda bunday holatni bildiradigan qiyofalar aniq ifoda 
etilgan bo‗ladi. 
Xayvonlarda qiyofa, suykanish «tili» dan tashqari eshitiladigan signallar «tili» 
ham bor. Sayroqi qushlarda, delьfinlarda, maymunlarda murakkab tovush signali 


borligi bayon qilib o‗tildi. Chiqariladigan tovush xayvonning hissiy holatini aks 
ettiradi. Shimpanzening ovoz reaktsiyalarini tahlil qilish shuni ko‗rsatdiki, 
maymunning har bir chiqargan tovushi muayyan reflektor faoliyati bilan 
bog‘langandir. Tovushlarning bir necha guruxi: ovqatlanish paytida chiqariladigan 
tovushlar, mo‗ljal olish va mudofaa qilish, tajovuz solish tovushlari, jinsiy 
funktsiyalarning namoyon bo‗lishi bilan bogliq tovushlar va hokazolar ma‘lumdir. 
Bitta to‗dadagi xayvonlar bir-birining tovush reaktsiyalariga qarab mo‗ljal 
olishadi. Tovush reaktsiyalari to‗daning vakillariga o‗z sheriklarining kanday 
xolatdaligi haqida qo‗shimcha axborot yetkazadi va shu yo‗sinda to‗daning ichida 
xatti-xarakatni yo‗naltirib turadi. Ochiqqan hayvonlar biron-bir narsani iste‘mol 
qilayotgan hayvonlarning ishtahali tovushi eshitilgan tomonga qarab siljishadi; 
sog‘lom va to‗q xayvonlar o‗z qabiladoshlarining o‗yini yoki mo‗ljal olishga-oid 
tovushlariga e‘tibor beradi va shu tarzda harakat qilish xatti-harakatini yo‗naltirish 
ehtiyojini qondiradi; urushayotgan maymunlarning ovozini eshitishi bilan serka 
maymun to‗dada tartib o‗rnatish uchun chopib keladi; xavf-xatar haqidagi vahimali 
signal butun to‗dani bezovtalantirib qo‗yadi. Hayvonlarning «tili» da faqat bitta 
narsa yetishmaydi —xayvonlarning «tili» odamlarning tilidan farqli o‗laroq, 
tajribani ifoda etish vositasi bo‗lib xizmat qila olmaydi. SHuning uchun ham biron 
bir alohida buyuk jonzot vakili o‗zining individual tajribasida anchagina oson 
ovkat topishning bir kator usullarini topdi deb taxmin kilganimizda ham, u o‗z 
tajribasini hayvonlar ihtiyoridagi «til» da mavjud bo‗lgan vositalar bilan (xatto 
unda shunday ehtiyoj paydo bo‗lgan taqdirda xam) ifodalashga qodir emas. 
Fe‘l-atvor o‗zidan-o‗zi sodir bo‗lmaydi. U genetik, motivatsion kun va tunni, 
fiziologik holatlarni ta‘siriga boshqa ta‘sirlarga ham bog‘liq. Bu bog‘liqliklarni 
o‗rganish hayvonlarda fe‘l-atvorni tushuntirishga olib keladi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin