2. Axloqshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

Falsafiy bilimlar doirasi juda keng bo’lib, ularning tarkibiga axloqiylik va go’zallik haqidagi bilimlar tizimini o’z ichiga oladigan etika va estitika ham falsafiy bilimlar qatoriga kiradi. Etika (Axloqshunoslik) va Estetika bu ikkala fan shu qadar bir-biriga yaqinki, hatto ba’zi davrlarda ular yetarli darajada o’zaro chegaralanmagan. Chunki, insonning hatti-harakati va niyati ko’pincha ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo’ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik, ham nafosat xususiyatlarini o’zida birvarakay mujassam qiladi
Shu sababli “Avesto”, “Bibliyo” va “Qur’on” kabi muqaddas kitoblarda, Suqrot, Aflotun, Forobiy singari qadimgi faylasuflar ta’limotlarida axloqiylikni – ichki go’zallik, nafosatni- tashqi go’zallik tarzida talqin etganlar.

Bundan tashqari, ko’rib o’tganimizdek, san’at estetikaning asosiy tadqiqot obyektlaridan hisoblanadi. Har bir san’at asarida esa axloqning dolzarb muammolari ko’tariladi va ijodkor eng yuksak axliqiy darajani badiiy qiyofalar orqali in’ikos ettiradi
Bu in’ikos bevosita ijobiy qahramonlar qiyofasida amalga oshsa, bilvosita salbiy voqeahodisalarga muallif nuqtayi nazari orqali ro’y berishi mumkin. Ya’ni, biror-bir badiiy asarda ijobiy qahramonlar umuman bo’lmaydi,lekin undagi voqea- hodisalarga ijodkor o’z zamonasi erishgan axloqiy yuksaklikdan turib baho beradi. Shu bois axloqsiz badiiy asarning bo’lishi mutlaqo mumkin emas. Darhaqiqat, axloqiylik faqat insonning hatti- harakati, qilmishi orqali yuzaga keladi; odam toki harakatsiz ekan, biz uning na yaxshiligini, na yomonligini bilamiz. Muayyan hatti- harakat sodir qilinganidan keyingina biz uni yo ezgulik, yo yovuzlik, yo yaxshilik, yo yomonlik sifatida baholaymiz. Go’zallik esa, o’zini harakatsiz ham namoyon etaveradi. Olaylik, Ko’kaldosh madrasasi. U hech qachon harakat qilmaydi, lekin go’zallik sifatida mavjud, harakatsizligidan uning go’zalligiga putur yetmaydi