O’rta asrda yashagan mutafakkir Abu Bakr al-Roziy (865-925) ta‘limotida axloqshunoslik rivojlantirildi. Uning «Lazzat», «Falsafiy hayot tarzi», «Ruhiy tabobat», «Baxt va farovonlik belgilari» kabi kitoblarida uning axloqiy qarashlari aks ettirildi. U insondagi xushhulqlilik va badhulqlilikning munosabatini tahlil qildi.
O’rta asr mutaffakkirlarining axloqiy ta‘limotlarida islom dini muhim ahamiyat kasb etadi. Islom dini, uning muqaddas kitobi «Qur‘on» da va Hadislarda Allohga, uning payg’ambari bo’lmish Muhammad alayhissalomga e‘tiqod qilish bilan birga ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, ilmga intilish, ahillik, mehr-oqibat, ehson, sabr-toqat, kamtarlik, vafo, sadoqatlilik, odob-axloqli bo’lish haqida ko’plab axloqiy fikrlar aytilgan. Qur‘oni Karim, Hadislar va shariat ko’rsatmalari inson ma‘naviy-ma‘rifiy kamolotining asosi bo’lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini o’z ichiga olgan.

Ularda axloqiy kamolot, halollik va poklik, imon va vijdon bilan bog’liq bo’lgan masalalar o’z ifodasini topgan. Markaziy Osiyoda yuzlab qomusiy olimlar buyuk shoirlar va san‘atkorlar yetishib chiqdi. Ular orasida ulug’ o’zbek shoiri

Alisher Navoiy (1441-1501) alohida ahamiyat ga molik. U insonni butun borliqning ko’rki va sharafidir, deb ta‘kidlaydi. Inson yuksak darajada ulug’lanadi, oliy mavjudot deb ta‘riflanadi. Alisher Navoiyning asarlarida, axloqiy qarashlarida bosh masala- inson, xalq, Vatan, uning gullab yashnashi, istiqboli haqidagi muammolar turadi. Adolat, sadoqat, burch, muhabbat, rahm-shafqat, kamtarlik, mardlik singari fazilatlar madh etiladi.