Mavzular ish kunlаri


Pul mаblаg’lаri, hisоb-kitоb vа kredit оperаtsiyalаrini hisоbgа оlish



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə8/15
tarix25.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102157
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Hisobot23AD

6.Pul mаblаg’lаri, hisоb-kitоb vа kredit оperаtsiyalаrini hisоbgа оlish

Banklarda barcha operatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan shakldagi pul hisob-kitob hujjatlarining qog‘oz hamda elektron shakllari asosida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida qayd etiladi.


Pul hisob-kitob hujjatlari, shuningdek Bank hisobvarag‘i shartnomasida ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlar bank tomonidan faqat mijozning bankka taqdim qilgan imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan shaxslar yoki mijozning vakil qilingan shaxsidan ishonchnoma asosida qabul qilinadi.

  • Pul hisob-kitob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir:

  • mijozning (muassasaning) nomi (jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi va sharifi) va soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR);

  • pul oluvchi va pul to‘lovchi mijozlar hisobvaraq raqamlari;

  • ularga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va kodi;

  • hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy;

  • operatsiyaning nomi, maqsadi va summasi (raqam va so‘z bilan yoziladigan summa satrning boshidan katta harf bilan boshlanishi hamda tiyin raqam bilan yozilishi lozim);

  • operatsiya bajargan shaxslarning (shaxsning) lavozimi, familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari hamda imzosi;

  • mijoz muhri (muhr mavjud bo‘lsa) va mas’ul shaxslarining imzolari.

Hujjatlarda operatsiya maqsadi aniq bayon etilishi lozim. Pul hisob-kitob hujjatlarida bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bank operatsiyalari qonun hujjatlarida belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan elektron hujjatlar asosida amalga oshirilishi mumkin (Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi yoki plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar). Elektron hujjatlar pul hisob-kitob hujjatlarning asl nusxasida belgilangan barcha rekvizitlarga ega bo‘lishi shart.
Elektron hujjatlar mas’ul shaxslar imzolari o‘rnini bosuvchi — elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Elektron hujjatlarni qabul qilish va qayta ishlash jarayonida ularning biror
ko‘rsatkichlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bank kassasidan naqd pul olish uchun foydalaniladigan naqd pul cheklari bir
xil rangli siyohli yoki sharikli ruchka bilan qo‘lda to‘ldirilgan bo‘lishi shart.
Hujjatning to‘ldirilmagan qismlarga ikkita parallel chiziq tortilishi lozim..
Hisobvaraq egasining nomi, uning hisobvarag‘i raqami va bank nomi cheklarda hamda e’lonlarda burchak shtamplar bilan ko‘rsatilishi mumkin. “Summa raqam bilan” hamda “Summa so‘z bilan” rekvizitlaridagi summadan oldin va keyin qolgan bo‘sh joylarga uchlari diagonal chiziq bilan birlashtirilgan ikki parallel chiziq tortib qo‘yiladi.
Naqd pul chekining old tomonida albatta, naqd pul olish uchun bankka taqdim etilgan imzo namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqchada (tadbirkorlik subyektlari uchun imzo namunalari qo‘yilgan varaqchada) ko‘rsatilgan imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki korxona tomonidan ishonchnoma berilgan shaxsning ismi, sharifi yoziladi. Hisobvaraq egasi naqd pul cheklarining orqa tomonida xarajatlarning maqsadini ko‘rsatishi shart, ushbu ma’lumotlar chek beruvchining imzolari bilan tasdiqlanadi va pul oluvchining pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat (hujjat faqat, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan o‘z xodimlariga berilgan bo‘lsa) ma’lumotlari ko‘rsatiladi. Bu ma’lumotlar oluvchilarning o‘zlari tomonidan to‘ldirilishi shart. Naqd pul berilishi uchun asos bo‘ladigan pul cheklari va chiqim kassa ordyerlari oluvchilarning imzolari bilan tasdiqlanadi. .
Ma’lumotnomaga bank rahbari va bosh buxgalteri imzolari qo‘yilib, bank muhri bosiladi. Pul oluvchidan olingan pul summasi to‘g‘risida chekning orqa tomoniga tilxat yozdirib olinadi. Ushbu chek bo‘yicha boshqa naqd pul olishga ruxsat berilmaydi va unga qisman to‘langani haqidagi ma’lumotnomaning nusxasi ilova qilinib, shu kunning kassa hujjatlariga qo‘shib tikiladi.
Bank operatsiyasini o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan pul hisob-kitob
hujjatlarida, ularni to‘g‘ri rasmiylashtirganligi va tekshirilganligini bildiruvchi bank mansabdor shaxslarining imzolari (shu jumladan, elektron raqamli imzolari) bo‘lishi lozim.
Bosh buxgalter (Bek-ofis boshlig‘i, yetakchi buxgalter) imzolarning tegishli namunalari o‘z vaqtida kassaga, buxgalteriya xodimlariga va nazoratchi xodimlarga berilib, bu haqda ulardan tilxat olinishini ta’minlashi shart. Bundan tashqari, bosh buxgalter (Bek-ofis boshlig‘i, yetakchi buxgalter) imzo chekish huquqi bekor qilingan shaxslar imzolarining namunalaridan foydalanuvchi mansabdor shaxslar qo‘lidagi ro‘yxatlardan o‘z vaqtida o‘chirilishini ham kuzatib borishi shart.
Bankning ichki operatsiyalari bank xodimlari tomonidan ushbu Yo‘riqnoma hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq o‘rnatilgan shakllarda rasmiylashtiriladigan hujjatlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunga, xususan, memorial ordyerlar, kirim va chiqim kassa ordyerlari, ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha memorial ordyerlar, kredit bo‘limi hamda bankning alohida operatsiyalari bo‘yicha tayinlangan mutasaddi xodimining farmoyishlari va boshqalar kiradi.
Bank to‘lovchi bo‘lib ishtirok etgan va memorial ordyerlar ishlatilgan hollarda, ular bank rahbarining va bosh buxgalterning (Bek-ofis boshlig‘i, yetakchi buxgalter) imzolari (shu jumladan elektron raqamli imzolari) bilan tasdiqlanadi, boshqa holatlarda memorial ordyerlar ushbu bank hisobvarag‘ini olib boruvchi buxgalter va bosh buxgalterning (Bek-ofis boshlig‘i, yetakchi buxgalter) imzosi (shu jumladan, elektron raqamli imzolari) bilan tasdiqlanadi.
Muddatida to‘lanmagan pul hisob-kitob hujjatlarini (2-kartotekaga kirim qilingan to‘lov talabnomalari, to‘lov topshiriqnomalari va inkasso topshiriqnomalari) qisman to‘lash uchun dasturiy ravishda tuzilgan memorial ordyerlarning “To‘lov maqsadi” grafasida hisob-kitob hujjatining raqami, sanasi va dastlabki summasi ko‘rsatilishi shart.
Bank tuzgan hujjatlarda ularning raqamlari qayd etiladi. E’lonlar, shuningdek ularning kvitansiya raqamlarining tartibi bank bosh buxgalteri (Bek-ofis boshlig‘i, yetakchi buxgalter) tomonidan belgilanadi.
E’lonlar kompyuter texnikasi yordamida tuzilishi mumkin. Texnik imkoniyati mavjud bo‘lmagan banklarda esa e’lonlar qo‘lda yozib to‘ldiriladi. Bunda, naqd pul qabul qilingani to‘g‘risidagi kvitansiyalar faqat siyohli yoki sharikli ruchka bilan qo‘lda to‘ldirilishi shart. Faqat blankalar komplektiga kiradigan, bir vaqtning o‘zida qora qog‘oz (kopirka) bilan to‘ldiriladigan kvitansiyalar bundan mustasno.
Bank tomonidan beradigan kvitansiyalarda so‘z bilan yoziladigan summa satrning boshidan katta harf bilan boshlanishi shart. “Summa raqam bilan” rekvizitidagi summadan oldin va keyin qolgan bo‘sh joyga ikki parallel to‘g‘ri chiziq tortib qo‘yiladi.
Kirim va chiqim kassa jurnallari bank amaliyot kuni davomida kompyuterda yuritilganda, ular kun yakunida qog‘ozga chop etiladi hamda dastlabki nazoratdan o‘tkazgan Front-ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi, kirim yoki chiqim kassirlari hamda kassa mudiri tomonidan imzolanadi. Naqd pulsiz hisob kitoblar bilan ishlash:
Memorial orderlar, to‘lov topshiriqnomalari. To‘lov talabnomalari. Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar. akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar naqd pulsiz hisob kitoblarda qo’llaniladigan hujjatlardir.
To‘lov topshiriqnomasi mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan to‘lov hujjatidir. To‘lov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar), soliqlar va yig‘imlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin
. Akkreditivga ariza mablag‘larni to‘lovchi tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan summani oluvchining akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar uchun ochilgan bank hisobvarag‘iga o‘tkazishida qo‘llaniladigan to‘lov hujjati.
Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob qilinganida to‘lovchining topshirig‘i bilan va uning ko‘rsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent), mablag‘larni oluvchi yoki u ko‘rsatgan shaxs hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
Akkreditiv bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblarda chet el banklari ishtirok etganda, ushbu operatsiyalar Xalqaro savdo palatasining standartlari asosida amalga oshiriladi.
To‘lov hujjatlarida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart: to‘lov hujjatining nomi; tartib raqami; hujjatning sanasi;
mablag‘larni to‘lovchining nomi; mablag‘larni to‘lovchi hisobvarag‘ining raqami; mablag‘larni to‘lovchining STIRi (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami); mablag‘larni to‘lovchining banki nomi; mablag‘larni to‘lovchining banki kodi; mablag‘larni oluvchining nomi; mablag‘larni oluvchi hisobvarag‘ining raqami; mablag‘larni oluvchining banki nomi; mablag‘larni oluvchining banki kodi; to‘lov summasi; to‘lov maqsadi;
shaxsiy varaqchada ko‘rsatilgan shaxs(lar)ning familiyasi to‘liqligicha, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda ularning imzolari (to‘lov hujjati elektron shaklda taqdim etilgan bo‘lsa, bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomaga asosan berilgan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi). To‘lov topshiriqnomasi mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan to‘lov hujjatidir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin