7.Fоndlаr, jаlb etilgаn mаblаg’lаr vа uzоq muddаtgа berilаdigаn kreditlаrni hisоbga оlish Bankning zahira kapitali -umumiy maqsadga yo'naltirilgan zahira fondi va imtiyozli kredit zahira fondidan iborat bo'ladi. Bunda sof foydadan soliq va boshqa majburiy to'lovlami oshirgandan keyin bank kapitalini ko'paytirishga yo'naltirilgan mablag' miqdori liveraj koeffitsientidan kelib chiqqan holda o'matiladi. Liveraj -bu bank kapitalining aktivlar summasini ta'minlanganlik darajasini aks ettiruvchi ko'rsatkich bo'lib, bankning jami aktivlar summasini birinchi darajali kapitaliga nisbatan nomoddiy aktivlar va gudvil qiymatini ayirib tashlanib aniqlaniladi. Shu bois, bank kapitalini ko‘paytirish koeffitsientining me'yorlari quyidagicha: liveraj koeffitsienti foydadan 0 dan - 0,15 gacha 30%; 0,15 dan-0,30gacha 20% ; 0,30 dan 0,30dan yuqori 10% qilib belgilagan. Bankning birinchi darajali kapital tarkibiga: puli to'liq to‘lanib muomalaga chiqarilgan oddiy aktsiyalari, nekumulyativ muddatsiz imtiyozli aktsiyalari kiradi. Bu aktsiyalar: aniq muddatga xarid qilinmaydi yoki shart asosida kelib tushishi bilan xarid qilinadi, aktsiya egasi a'zosining xoxishiga ko‘ra xarid qilinadi, bular bo‘yicha dividend aktsiyadorlaming umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra hisoblanadi, shuningdek, bular bo'yicha o‘tib ketgan davrlar uchun (nekumulyativ) dividend hisoblanmaydi. 30903 - «Umumiy zahira fondi» hisobvarag'ida o'matilgan tartib asosida bank taqsimlanmagan foydasi hisobidan umumiy maqsadga yo'naltirilgan mablag'lar hisobi yuritiladi. Ushbu hisobvarag'ning debet qismi tomonida zahira fondiga ajratma qilingan mablag'laming kelib tushishi, kredit qismida esa zahira fondidan ma'lum bir maqsad uchun ishlatilgan mablag'laming hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Analitik hisobi har bir shaxsiy hisobvarag' bo'yicha alohida hisobi yuritiladi. Umumiy zahira fondiga ajratma qilinganda Dt 3 1206-«Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)» hisobvarag'i, Kt 30903- «Umumiy zahira fondi» hisobvar» hisobvarag'i. Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit berish jamg'armasini ishlab chiqish mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo'jaliklariga, shuningdek, yuqori texnologiyalik hamda innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit berish uchun tashkil etiladi. Banklarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Maqkamasi qarori muvofiq22 maxsus imtiyozli kredit fondlari tuziladi. Imtiyozli kredit fondi bankning foydasi hisobidan 25% miqdorida ajratma qilib shakllantiriladi. Bu foyda bankningdaromadlari bilan xarajatlari o'rtasidagi farq hisobida qoplanadi. Tijorat banklari maxsus imtiyozli kredit fondlarini shakllantirib boradi va ularning buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylatiradi: Dt 31206- “So f foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag'i -bank foydasidan maxsus imtiyozli kredit fondi uchun ajratilgan summasi, Kt 30904 - “Kichik biznes korxonalarini imtiyozli kreditlash zahira fondi” hisobvarag'i. Imtiyozli kreditlash zahira fondi joylardagi barcha bank va filiallarda tashkil etilib, hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha ajratmani 30904- “Kichik biznes korxonalarini imtiyozli kreditlash zahira fondi” balans hisobvarag'iga o'tkazib boradi. Imtiyozli kreditlash zahira fondi hisobidan xo'jalik yurituvchi sub’ektlaming kreditlanishi ular o'rtasida tuzilgan shartnoma shartlari asosida moliyalashtiriladi. Imtiyozli kreditlash zahira fondi shakllangandan keyingi oyning 1-kunigacha kichik biznes va dehqon- fermer xo'jaliklariga kredit turi sifatida berilishi mumkin