ATB “Mikrokreditbank”ning ayni paytdagi missiyasi - iqtisodiyotni yanada barqaror rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan chuqurlashtirib borish, xo’jalik sub’ektlar harakatini qo'llab-quvvatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, xo'jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi, zamonaviy raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha ilg'or texnika va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan to'ldirishga yo'naltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini ko'rsatishdir.
Mikrokreditbank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shaxobchalari, 215 ta valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Amaliyot davomida ya’ni 09.01.2023-09.04.2023 oralig’ida berilgan mavzular bo’yicha barcha ma’lumotlar o’rganilib chiqildi va amaliy jihatdan o’rganildi. Amaliyot o’tash joyi etib Samarqand shahar ATB “Mikrokreditbank” Samarqand viloyati mintaqaviy filiali belgilandi. Amaliyot rahbarlari etib J.Boltayev tayinlandi.
Bankning tarkibi, strukturasi, asosiy bolimlari hamda ular shug’ullanadigan faoliyat bilan tanishtirildi. Bank ishi va bankning buxgalteriya hisobi, shuningdek bankning tashkiliy tuzilmasi o’rganildi.
Men xulosa qilib shuni aytishim mumkunki, ushbu amaliyot davrida institutda o’rgangan bilimlarimni bankka borib amaliy jihatdan hayotga tatbiq etib ko’rdim.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bir paytda ushbu texnika vositalari va dasturlash tillarining o’rni, inson mehnatini osonlashtirish yo’lida, jarayonlarni avtomatlashtirishda ishlatilishi muhimdir. Ushbu amaliyotda yuqorida keltirilgan jarayonlar va texnika vositalarini o’rganish davomida katta amaliy jihatdan bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim.