Mavzular ish kunlаri



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə7/15
tarix25.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Hisobot23AD

5.Banklarda хаrаjаtlаr, mаhsulоt (ish, хizmаtlаr) tаnnаrхini аniqlаshni

hisоbgа оlish


Bozor iqtisodiyoti sharoitida Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi - bank aktivlari va passivlaridan samarali foydalanish, ulami joylashtirish va ko'rsatilgan bank xizmatlari yuzasidan daromad (foizli)lami hamda bank operatsiyalarini amalga oshirish bo'yicha xarajatlar (foizli) ni, shuningdek, byudjet va byudjetdan tashqari to'lovlami o'z vaqtida hisoblab, yakuniy moliyaviy natijalami to'g’ri aniqlashdan iboratdir. Bunda talabalar banklarda buxgalteriya hisobini o'rganishda, awalo, uning korxonalar, byudjet va boshqa kredit muassasalarida yuritiladigan buxgalteriya hisobidan tub farqlarini tushunishlari zarur. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish boshqa korxona va tashkilotlamikiga nisbatan o'zining operativligi bilan ajralib turadi. Chunki ularda soat 16-00 gacha operatsion kun bo'lib, shu davr mobaynida amalga oshiriladigan operatsiyalar o'sha kuniyoq mijozlaming analitik hisobidagi shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi va kundalik balans orqali umumlashtirish usuli bilan nazorat qilib boriladi. Bu pul mablag' larining saqlanishi, kundalik pul aylanmasi va hisob-kitob kredit munosabatlarining holati, kassa rejasining bajarilishini nazorat qilish imkoniyatini berish bilan birgalikda, pul muomalasi hamda kredit resurslarining aylanishini tartibga solishni ta'minlaydi.
Buxgalteriya hisobining ob’ektlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va bank faoliyatining asosiy ko'rsatkichlarini hisoblash hamda ular bo'yicha to'liq ma'lumotlarga ega bo'lish uchun o'lchov birliklari (natura, mexnat va pul) dan foydalaniladi. Shu boisdan, Banklarda buxgalteriya hisobini to'g’ri yuritishda quyidagi asosiy vazifalami bajarishni talab qiladi: hisob-kitoblardagi mablaglar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va puxta xizmat ko'rsatish, hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to'g’ri bajarish; bankdan pul mablag'lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat'iy hisobda turadigan blankalardan foydalanishning qonuniyligini ta'minlash; operatsion kun davomida bajarilgan va ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha rasmiylashtirilgan hujjatlaming qonuniyligini hamda to'g’riligini nazorat qilish; Banklarda bajarilgan va ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha moliyaviy natijalami shakllantirish va ulami to'g’ri aniqlash; kundalik balansni tuzish uchun dastlabki hujjat ma'lumotlarini qayta ishlash va ulaming har bir hisobvaraqlari bo'yicha taqsimlashni samarali tashkil etish; oylik, ehoraklik va yillik buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tuzish hamda tegishli nazorat organlariga o'z vaqtida taqdim etib borishdan iboratdir. Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobining qonuniy va uslubiy asoslari bo'lib, O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g’risidagi qonuni", «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari», «Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari» hamda O'zbekiston Respublikasi markaziy banki tomonidan ishlab chiqarilgan me'yoriy hujjatlari hisoblanadi. Ushbu qonuniy hujjatlar buxgalteriya hisobini yuritishda tartibga soluvchi qonuniy hujjatlar hisoblanadi va mulkchilik shaklidan, ya'ni, qaysi tarmoqqa tegishliligidan hamda katta-kichikligidan qat'iy nazar barcha xo'jalik yurituvchi sub’ektlar uchun amal qilinadi. Shunday qilib,
Banklarda buxgalteriya hisobi fanini o‘rganishda uning nazariy asoslarini chuqur o'zlashtirish hamda buxgalteriya hisobi va xisobotlarini tuzishga oid me'yoriy hujjatlami ham bilishni taqazo etadi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin