аsоsiy funksiyalаri vа ish jаrаyonlаri bilаn tаnishish
Men Abduraimov Davron 2023-yil 9-yanvar kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbarim tomonidan amaliyot o‘tash uchun zarur bo‘ladigan barcha topshiriqlarni oldim va shu kuni Samarqand shahar “Mikrokreditbank” ATB Samarqand viloyati mintaqaviy filialiga yetib keldim. Korxonadan menga amaliyot rahbari etib Jahongir Boltayev tayinlandi.
Endi bevosita bank faoliyati blan tanishib chiqsak, bank yuridik, jismoniy va boshqa mijozlarga xizmat ko’rsatadi. Hamda, bo’sh turgan mablag’larni taqsimlashga, xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy munosabatlarini tartibga solishga yordam beradi. Amaliyot davrining dastlabki kunlarida bankning tarkibiy tuzilmasi bilan tanishildi va bo’limlarning ish faoliyati bilan yaqindan o‘rganildi. Bularning barchasini amaliyot kundaligiga qayd etib borildi.
Amaliyotni keyingi haftasida korxona xodimlariga bugungi kunda Amaliyot davrining so‘nggi haftasida ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobot tayyorlandi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlandi. Amaliyotni so‘ngi kuni deb 2023-yil 9-aprel etib belgilandi.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi banklar tizimi o‘z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va xususan, «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi va «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2009-yil 30martdagi PQ-1084-sonli qaroriga asosan iqtisodiyotning agrar sektorini yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan chuqurlashtirib borish, fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi zamonaviy korxonalarni jadal barpo etish, yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan to‘ldirishga yo‘naltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida, “Paxtabank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining uni “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki etib qayta tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinadi va “Mikrokreditbank” ATBninng asosiy vazifalari ertib quyidagilar belgilanadi: xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga kredit berish va kompleks tarzdagi bank xizmatlari ko‘rsatish; qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari, barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar, shu jumladan paxta va g‘alla mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashgan paxta tozalash va donni qayta ishlash sanoati korxonalariga kredit berish va moliyalashtirish mexanizmlarini izchil takomillashtirib borish; yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga, agrosanoat kompleksi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashga, zamonaviy chet el texnologiyalari va uskunalarini jalb etishga yo‘naltirilgan faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, shu asosda yuqori sifatli, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash, ichki iste’mol bozorini mahalliy oziq-ovqat tovarlari bilan barqaror to‘ldirish; bankning shaxsiy resurslarini safarbar qilish, omonatlar va depozitlarning yangi jozibador turlarini taklif etish yo‘li bilan aholi va korxonalarning mablag‘larini jalb qilish, ulardan samarali, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda samarali foydalanish, qo‘yilgan mablag‘lar o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishini ta’minlash; xalqaro moliya institutlari va yetakchi xorijiy banklarning imtiyozli kreditlari,
investitsiyalari va grantlarini jalb etib, keyinchalik qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari va respublika iqtisodiyoti agrosanoat sektori korxonalarini ana shu mablag‘lar hisobiga qayta moliyalashtirish.