8.Mоliyaviy nаtijаlаr vа fоydаni tаqsimlаshni hisоbgа оlish
Banklarda moliyaviy natijalar operatsion oy yakunlangandan so‘ng yakuniy balansda o‘z aksini topadi. Biroq, moliyaviy natijalami to'liq barcha bank operatsiyalari bo'yicha aniqlash, shuningdek, bank majburiyatlarini qoplash va ulami to'lab berish yillik moliyaviy hisobotlarda o 'z aksini topadi. Banklarda ham moliyaviy natijalami shakllantirish amaldagi me'yoriy hujjatlarga asosan amalgam oshiriladi27. Shu boisdan, Banklarda moliyaviy natijalami aks ettirish uchun buxgalteriya hisobining hisobvaraqlari 31200- «Taqsimlanmagan foyda», 40000-«Daromadlan> va
50000- «Xarajatlar» hisobvaraqlaridan foydalaniladi. Bunda, tijorat banklari faoliyatini amalga oshirishdagi barcha operatsiyalar bo'yicha sarflanadiga va to'lanadigan xarajatlami 50000- «Xarajatlar» hisobvaraqlarida aks ettirilib, butun oy yoki yil davomidagi xarajatlar analitik va sintetik hisob ma'lumotlarida rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, bank operatsiyalari faoliyatini tashkil qilish va mijozlariga xizmat ko'rsatish jarayonida ulardan foizli hamda foizsiz tarzda olingan ustamalar, shu bilan bir qatorda, bank tomonidan o 'z aktivlarini daromadli manbalarga joylashtirilishi tufayli olingan daromadlaming barchasi 40000-«Daromadlao> hisobvaraqda hisobga olinadi. Natijada, bank faoliyatini amalga oshirishda qilingan barcha xarajatlar olingan daromadlar hisobidan qoplanishi va ortiqcha mablag'lar bankning hisobot yilidagi (oy) sof foydasi hisoblanadi. Ushbu sof foyda hisobidan soliqlar va aktsiyadorlarga to'langan (dividenddan soliq) dividendlardan qolgani bankning taqsimlanmagan foydasiga o'tkaziladi. Ushbu yuqoridagi operatsiyalar bankning moliyaviy natijalarini ifodalab, ushbu natijalar buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida qar bir operatsiyaning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, ulami daromad va xarajat sifatida bank faoliyatining turlari bo'yicha alohida-alohida hisobga olishni talab qiladi. Tan olishning 4 mezoni - aniqlash, baholash, o 'z vaqtlilik va ishonchlilik - moliyaviy hisobotlarda tan olish uchun hamma modalarga nisbatan qo'Ianiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda banklar daromadini vaqtiga muvofiq tan olishda quyidagi usullardan foydalanish qo'llaniladi: daromadlami tan olishning kassa usuli, shartnoma yoki aktivdan foydalanish davri davomida tan olish usuli. Tijorat banklari tomonidan ko'rsatiladigan xizmat turlari ichida shundaylari mavjudki, ulardan olingan daromad xizmatlar bajarilganida tan olinadi. Shuning uchun ham daromadni tan olishning ushbu usuli kasa usuli deb ataladi.