Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə18/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Avtomobil yo'llarning jahon bo'yicha umumiy uzunligi necha mln. km dan ortiq? J: 28 mln. km dan ortiq

  • Avtomobil yo'llarning uzunligi ko'ra qaysi davlatlar yetakchilik qiladi? J: AQSH, Hindiston, Xitoy, Braziliya, Rossiya kabi davlatlar.

  • Ma'lumotlarga ko'ra, jahon davlatlaridagi avtomobillarning umumiy soni necha mlrd.dan ortiq? J: 1 mlrd.dan ortiq bo'lib, ularning katta qismi rivojlangan davlatlar hissasiga to'g'ri keladi.

  • Temir yo'l transporti qaysi davrda paydo bo'lgan? J: sanoat inqilobi davrida, FTI yutuqlari natijasida zamonaviy ko'rinishga ega bo'lgan quruqlik transport tarmog'iga aylandi.

  • Temir yo'l transporti nimasi bilan ajralib turadi? J: Katta miqdordagi sanoat va qishloq xo'jaligi yuklarini uzoq masofalarga yetkazib berish xususiyatiga ega ekanligi bilan.

  • Temir yo'llar umumiy uzunligi jahonda, taxminan, necha mln. km? J: 1,2 mln. km.

  • Temir yo'llar umumiy uzunligi bo’yicha qaysi davlatlar peshqadam hisoblanadi? J: AQSH, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Kanada davlatlari.

  • Quvur transporti nimaga mo'ljallangan transport tarmog'i hisoblanadi? J: suyuq, gazsimon ko'rinishdagi yuklarni uzoq masofaga yetkazib berishga.

  • Quvur transportida, asosan, qanday mahsulotlarini tashish jarayoni amalga oshiriladi? J: tabiiy gaz, neft va neft mahsulotlarini.

  • Quvur transporti boshqa tarmoqlardan nimasi bilan ajralib turadi?J: tannarxning pastligi, yuklarni bir maromda kerakli manzilga yetkazib bera olish imkonining borligi hamda atrof- muhitga salbiy ta'sirning pastligi bilan.

  • Gaz va neft quvurlarining umumiy uzunligi necha mln. km ga yaqin? J: 2 mln. km ga yaqin bo'lib, ularning asosiy qismi neft-gaz qazib oluvchi davlatlar hududiga to'g'ri keladi.

  • Neft quvurlari uzunligi bo'yicha qaysi davlatlar yetakchilik qiladi? J: AQSH, Rossiya, Kanada, Xitoy, Saudiya Arabistoni.

  • Gaz quvurlari uzunligi bo'yicha qaysi davlatlar yetakchilik qiladi? J: AQSH, Rossiya, Kanada, Germaniya, Fransiya kabi davlatlar.

  • Suv transporti - transportning qanday turi hisoblanadi? J: tabiiy (daryolar, ko'llar, dengizlar, okeanlar) va sun'iy suv yo'llari (kanallar, suv omborlari) orqali yuklar va yo'lovchilar tashiydigan turi hisoblanadi.

  • Suv transporti qaysi transport turlarini o'z tarkibiga birlashtiradi? J: dengiz va daryo transporti turlarini.

  • Dengiz transporti xalqaro savdoning deyarli necha % ini amalga oshiradi? J: 80 % ini.

  • Dengiz yo'llari orqali, asosan, qanday yuklar tashiladi? J: katta miqdordagi suyuq, quruq, sochma ko'rinishdagi yuklar.

  • Dengiz transportida yuk tashuv ishlari nima tomonidan amalga oshiriladi? J: dengiz savdo floti tomonidan.

  • Yuk tashish hajmiga ko'ra qaysi davlatlarning flotlari yetakchilik qiladi? J: Panama, Liberiya, Marshall orollari, Gretsiya kabi davlatlarning flotlari yetakchilik qiladi.

  • Odatda, Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyo, Avstraliyadan turli sanoat va qishloq xo'jalik xomashyolari qaysi mamlakatlarga yetkazib beriladi? J: Yevropa, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Shimoliy Amerika mamlakatlariga, ulardan esa aholi va xo'jalik uchun turli iste'mol mahsulotlari dunyoning barcha hududlariga yetkazib beriladi.

  • Dengiz transportida umumiy yuk tashish hajmining necha % i Atlantika okeani hissasiga to'g'ri

    keladi? J: 60 % i.

    1. Dengiz transport vositalariga xizmat ko'rsatuvchi necha mingdan ortiq portlar mavjud? J: 2 mingdan ortiq.

    2. Qaysi portlar yuk qabul qilish hajmiga ko'ra yetakchilik qiladi? J: Shanxay, Singapur, Rotterdam portlari.

    3. Dengiz transporti rivojiga qayerlar katta ta'sir ko'rsatadi? J: xalqaro kanallar va dengiz bo'g'izlari.

    4. Xalqaro kanallar orasida qaysi kanallarining ahamiyati juda katta? J: Suvaysh va Panama kanallarining.

    5. Dengiz bo'g'izlari orasida eng ko'p kemalarni o'tkazadiganlari qaysi bo'g'izlar? J: La-Mansh, Eresunn (Zond), Gibraltar, Xormuz, Malakka, Bosfor bo'g'izlaridir.

    6. Ichki suv transporti qanday ishlarni amalga oshiradi? J: daryo, ko'llar hamda kanallar yordamida davlatlarning ichki hududlariga yuk va yo'lovchi tashishni.

    7. Daryo va ko'l transporti yo'llarining uzunligiga ko'ra jahonda qaysi davlatlar yetakchilik qiladi? J: Rossiya, Xitoy, AQSH, Braziliya, Kanada.

    8. Ichki suv transportidan foydalanishda nimaning ahamiyati katta? J: yirik daryo, ko'l hamda kanallarning ahamiyati.

    9. Katta ahamiyatga ega daryolar qatoriga qaysilar kiradi? J: Amazonka, Missisipi, Dunay, Volga, Yanszi, Kongo va boshqalar.

    10. Kemalar qatnovida qaysi kanallardan foydalaniladi? J: Qirg'oqbo'yi (AQSH), Buyuk (Xitoy), Volga- Boltiq (Rossiya), Reyn-Mayn-Dunay (Germaniya) kanallaridan.

    11. Havo transporti qanday tarmog' hisoblanadi? J: yo'lovchilar, pochta va boshqa turli yuklarni tezlik bilan tashiydigan jahondagi eng tez va qimmat transport tarmog'i hisoblanadi.

    12. Hozirgi kunda jahon yo'lovchi tashish miqdorining necha % ga yaqini havo transport tarmog'iga to'g'ri kelmoqda? J: 20% ga yaqini.

    13. Xalqaro aloqalar so'nggi davrlarda, ayniqsa, qaysi mintaqa davlatlari o'rtasida faol kechmoqda? J: Yevropa bilan Shimoliy Amerika davlatlari o'rtasida.

    14. Hisob-kitoblarga ko'ra, qaysi okean ustida bir vaqtning o'zida yuzdan ortiq havo laynerlari har ikki tomonga qarab harakatda bo'ladi? J: Atlantika okeani ustida.

    15. Yo'lovchilarni qabul qilish miqdoriga ko'ra qaysi aeroportlar peshqadam hisoblanadi? J: Atlanta (AQSH), Pekin (Xitoy), Dubay (BAA) aeroportlari.
      1. MAVZU: XALQARO IQTISODIY ALOQALAR GEOGRAFIYASI.


    1. Xalqaro iqtisodiy aloqalar deb nimaga aytiladi? J: davlatlar o'rtasidagi, xalqaro tashkilot va korporatsiyalar ishtirokidagi xo'jalik aloqalariga aytiladi.

    2. Xalqaro iqtisodiy aloqalarga qanday omillar ta'sir ko'rsatadi? J: ilmiy-texnik taraqqiyot, davlatlararo ijtimoiy-iqtisodiy tafovut, jahon mintaqalaridagi siyosiy vaziyat, xalqaro iqtisodiy integratsiya kabi omillar.

    3. Xalqaro iqtisodiy aloqalarning qanday ko'rinishlari mavjud?J: xalqaro savdo, kredit-moliya munosabatlari, xalqaro turizm, mehnat resurslarining xalqaro migratsiyasi, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik kabi ko'rinishlari.


    4. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin