Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə15/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Qaysi davlatlarning qora metallurgiya korxonalari dengiz portlari atroflarida joylashtirila boshlandi? J: G'arbiy Yevropada, Yaponiya, AQSHning qora metallurgiya korxonalari.

  • Jahonda qazib olinadigan temir rudasining asosiy qismi qaysi davlatlar hissasiga to'g'ri keladi? J: Xitoy, Avstraliya, Braziliya, Hindiston va Rossiya hissasiga to'g'ri keladi (80 % dan ortiq).

  • Osiyo qit'asi davlatlari qazib olinadigan temir rudasining deyarli necha % ini yetkazib beradilar? J: 50 % ini.

  • Temir rudasini katta miqdorda import qiluvchi davlatlar qaysilar hisoblanadi? J: AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya, Yaponiya, GFR, Koreya Respublikasi kabilar.

  • Sharqiy Osiyo mintaqasi davlatlari hissasiga ishlab chiqarilgan cho'yanning va po'latning necha

    % i to'g'ri keladi? J: cho'yanning 71 % i va po'latning 60,3 % i.

    1. Qora metallurgiya sanoatining yetakchi davlatlari (2016-yil ma'lumotlari).



      Cho'yan ishlab chiqaruvchi yetakchi davlatlar

      Miqdori,
      mln. t

      Po'lat quyish bo'yicha yetakchi davlatlar

      Miqdori,
      mln.t

      1

      Xitoy

      701

      Xitoy

      808

      2

      Yaponiya

      80,2

      Yaponiya

      105

      3

      Hindiston

      63,7

      Hindiston

      95,5

      4

      Rossiya

      51,9

      AQSH

      78,5

      5

      Koreya Respublikasi

      46,3

      Rossiya

      69,8




      Jahon bo'yicha

      1165

      Jahon bo'yicha

      1628

    2. Rangli metallurgiya o'z tarkibiga qaysi jarayonlarni o'z ichiga oladi? J: rangli metall rudalarini qazib olish va boyitish, toza metall va turli qotishmalar olish, ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash kabi jarayonlarni.

    3. Rangli metallurgiya necha turga yaqin rangli metallarni qayta ishlab chiqaradi? J: 70 turga yaqin.

    4. Rangli metallurgiya orasida nimalar ishlab chiqarish tarmoqlari ahamiyatlidir? J: alyuminiy, mis, qo'rg'oshin, rux ishlab chiqarish tarmoqlari.

    5. Rivojlanayotgan mamlakatlar nimalarni yetkazib berishga ixtisoslashgan? J: rangli metallurgiyada xomashyo resurslarini yetkazib berishga.

    6. Rivojlangan mamlakatlar nimaga ixtisoslashgan? J: iste'molga tayyor rangli metallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

    7. Rangli metallurgiyaning muhim tarmog'i hisoblangan alyuminiy sanoatida qaysi davlatlar asosiy xomashyo - boksit yetkazib beruvchi davlatlardir? J: Avstraliya, Xitoy, Braziliya, Indoneziya, Hindiston kabi davlatlar.

    8. Qaysi davlatlar tozalangan alyuminiy ishlab chiqarish bo'yicha peshqadamlik qiladi? J: Xitoy, Rossiya, Kanada, AQSH, BAA.

    9. Qaysi sanoat jahon iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri? J: Kimyo sanoati.

    10. Kimyo sanoati tarmoqlari hududiy joylashuvida qaysi omillarning ahamiyati katta? J: xomashyo (kimyo sanoatining barcha tarmoqlari), suv (kimyo sanoatining barcha tarmoqlari), energiya (neft-gaz kimyosi) omillarining.

    11. Jahon kimyo sanoatida to'rt asosiy mintaqa ajralib turadi: bular qaysilar? J: Sharqiy Osiyo, AQSH, G'arbiy Yevropa, MDH davlatlari.

    12. Sulfat kislotasining asosiy ishlab chiqaruvchilari qaysi davlatlar hisoblanadi? J: AQSH, Xitoy, Rossiya kabilar.

    13. Mineral o'g'itlar ishlab chiqarishda qaysi davlatlar alohida o'rinlarga ega? J: Xitoy, AQSH,

    Hindiston kabilar.

    1. Farmasevtika sanoatining rivojlanishi bo'yicha qaysi davlatlari ajralib turadi? J: AQSH, Germaniya, Fransiya, Polsha, Xitoy va Hindiston davlatlari.
      1. MAVZU: JAHON MASHINASOZLIK VA YENGIL SANOATI GEOGRAFIYASI.


    1. Mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi nimadan iborat? J: iqtisodiyotning hamma sohalarini mashina va asbob-uskunalar bilan ta'minlashdan iborat.

    2. Mashinasozlik sanoat tarmog'i metallga ishlov berish sohasi bilan birga o'z tarkibiga nechadan ortiq ishlab chiqarish tarmoqlarni jamlaydi? J: 200 dan ortiq.

    3. Mashinasozlik sanoat tarmog'i orasida qaysi sanoat tarmoqlari alohida ahamiyatga ega? J: kemasozlik, avtomobilsozlik, aviakosmik, elektronika va elektrotexnika.

    4. Kemasozlik tarmog'i mahsulotlari dengiz transportida xalqaro yuklarni tashishda katta ahamiyatga ega bo'lib, qaysi davlatlar ushbu sohaning yetakchilari hisoblanadi? J: Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy

    5. Mashinasozlik sanoatining eng muhim tarmog'i qaysi? J: Avtomobilsozlik.

    6. Jahonning 30 ga yaqin davlatlarida avtomobillar ishlab chiqarilib, ular orasida qaysi davlatlar yetakchilik qiladi? J: Xitoy, Yaponiya, Germaniya, AQSH, Koreya Respublikasi kabi davlatlar.

    7. Qaysi davlatlar aviaraketa-kosmik sanoati rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin oladi? J: Rossiya, AQSH, Fransiya, XXR, Yaponiya.

    8. Shu bilan birga ushbu hududlarda jahonning nechta ta yirik mashinasozlik markazlari ham shakllangan? J: 4 ta yirik.

    9. Mashinasozlik markazlari orasida qaysi mintaqa barcha mashinasozlik tarmoqlari rivojlanganligi bilan ajralib turadi? J: Shimoliy Amerika mintaqasi.

    10. Qaysi mintaqa davlatlari ommaviy mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan? J: G'arbiy Yevropa davlatlari.

    11. Qaysi mintaqa davlatlari an'anaviy mashinasozlik mahsulotlari bilan birga yuqori texnologiyaga asoslangan fantalab mahsulotlarni ishlab chiqaradi? J: Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari (radio-telemexanika, maishiy xizmat texnikasi).

    12. MDH davlatlari mashinasozligida qanday mashinasozlik katta o'rin tutadi? J:og'ir va o'rta mashinasozlik.

    13. Yengil sanoat nimalar bilan ta'minlovchi sanoat tarmog'i hisoblanadi? J: aholini keng iste'mol mahsulotlari (mato, kiyim, poyabzal va boshqalar)

    14. Ushbu tarmoq xomashyo sifatida, asosan, qanday mahsulotlaridan foydalanadi? J: qishloq xo'jalik mahsulotlaridan.

    15. Yengil sanoatda eng yetakchi tarmoqlar qaysi tarmoqlar hisoblanadi? J: to'qimachilik, tikuvchilik va charm-poyabzal tarmoqlari.

    16. To'qimachilik sanoati ko'p mehnat talab qiluvchi tarmoq bo'lganligi sababli, ayni vaqtda qanday rivojlanayotgan mamlakatlarda tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda? J: arzon ishchi kuchiga boy rivojlanayotgan mamlakatlarda.

    17. To'qimachilikda, asosan, qanday maxsulotlar tayyorlanadi?J: paxta, jun, ipak, zig'ir va kimyoviy (sun'iy) tolalardan mato tayyorlanadi.


    18. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin