Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə13/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Xalqaro iqtisodiy integratsiya qanday jarayon? J: davlatlarning o'zaro mustahkam aloqalarga hamda milliy xo'jaliklararo mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiy birlashuv jarayonidir.

  • Integratsion uyushmalarning qanday ko'rinishidagi turlari mavjud? J:

    1. mintaqaviy (masalan, Yevropa Ittifoqi),

    2. tarmoq (masalan, neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti - OPEK)

    3. xalqaro monopoliyalar.

  • Integratsion uyushmalar orasida xalqaro monopoliyalarning asosiy ko'rinishi bo'lgan qaysi kompaniyalar iqtisodiy imkoniyatlari yuqoriligi bilan ajralib turadi? J: transmilliy kompaniyalar.

  • TMK-….. Transmilliy kompaniya

  • Transmilliy kompaniya qanday kompaniya hisoblanadi? J: Ikki va undan ortiq davlatda faoliyat ko'rsatadigan korxonalar hamda katta miqdorda xorijiy aktivlarga ega xalqaro kompaniya transmilliy kompaniya hisoblanadi.

  • Transmilliy kompaniyalar nimani aniqlab beradi? J: Korporatsiyalarning bozor qiymati, yillik daromadi kabi ko'rsatkichlari ularning jahon reytingidagi o'rnini aniqlab beradi.

  • Reytinga ko'ra, qaysi kompaniyalar jahonning eng mashhur TMKlari deb tan olinadi? J: AQSHning ko'p tarmoqli «Wal-Mart Stores» kompaniyasi, Niderlandiya va Buyuk Britaniyaning

    «Royal Dutch Shell», Xitoyning «China Petroleum & Chemical Corp. (Sinopec)» va «China National Petroleum (PetroChina)» kompaniyalari.

    1. Jahonning yetakchi 500 ta TMKlarining katta qismi qaysi davlatlar hududida ro'yxatdan o'tkazilgan? J: AQSH (128 ta), Xitoy (106 ta) va Yaponiya (53 ta) hududida.
      1. MAVZU: FAN-TEXNIKA INQILOBI VA ISHLAB CHIQARISHNING RIVOJLANISHIGA INNOVATSION TEHNALOGIYALARNING TASIRI.


        1. Jahon xo'jaligi tarmoqlarining tez sur'atlarda rivojlanishi, ularning tarkibiy takomillashuviga nima katta ta'sir ko'rsatgan? J: fan-texnika inqilobi.

        2. Fan-texnika inqilobi (FTI) deb nimaga aytiladi? J: jamiyatda fanning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi natijasida ishlab chiqarishda tub sifatiy o'zgarishlarga erishish jarayoniga aytiladi.

        3. Nechanchi yillarda jahonning yetakchi davlatlarida fanga bo'lgan e'tiborning ortishi hamda ilmiy kashfiyotlarning tez fursatda amaliyotga tatbiq etilishi natijasida ishlab chiqarishda tarkibiy o'zgarishlar yuz berdi, yangi sohalari paydo bo'ldi? J: 1950-1960-yillarda

        4. Qaysilar insoniyat taraqqiyotidagi muhim yangiliklar bo'lib, ular fanning ishlab chiqarish bilan chambarchas aloqaga kirishganligini ko'rsatib berdi? J: Inson tomonidan koinotni o'zlashtirishga bo'lgan harakatlar, yadro energiyasini tinch maqsadlarda o'zlashtirish (AESlar qurilishi), elektron hisoblash mashinalari - EHMlarning paydo bo'lishi.

        5. Butun jahonda bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarining 4/5 qismi qaysi davlatlarga to'g'ri keladi? J: Yaponiya, AQSH, GFR va boshqa 10 ta rivojlangan davlatga.

        6. Bu davlatlarda YMMning necha % i fanga sarflanadi? J: 2-3 % i

        7. Barcha rivojlanayotgan davlatlarga esa jahon bo'yicha fan rivojiga yo'naltiriladigan mablag'larning atigi necha % i to'g'ri keladi? J: 4-5 % i

        8. Buyuk Britaniya va Italiyada po'latning necha qismi temir-tersakdan olinadi? J: 2/3 qismi

        9. Buyuk Britaniya va Yaponiyada qog'ozning necha qismi qog'oz chiqindilaridan olinadi? J: 1/2 qismi

        10. Tannarxi qimmat bo'lgan tabiiy xomashyo o'rnini bosuvchi arzon qanday mahsulotlar egallay boshladi? J: sun'iy mahsulotlar (masalan, sun'iy kauchuk) egallay boshladi.

        11. Fan-texnika inqilobining davlatlar iqtisodiyoti rivojlanishiga ta'sirini baholashda nimaning hajmi e'tiborga olinadi? J: fantalab sohalar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi

        12. Fantalab sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha qaysi davlatlar yetakchilik qiladi? J: AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi kabi davlatlar



      1. MAVZU: JAHON ENERGETIKASI GEOGRAFIYASI.


    1. Energetika qanday tarmoqlar majmuyi hisoblanadi? J: turli yoqilg'i resurslarni (ko'mir, neft, tabiiy gaz, torf, yonuvchi slanes) qazib oladigan va qayta ishlaydigan, elektr energiyasini ishlab chiqaradigan tarmoqlar majmuyi hisoblanadi.

    2. Yoqilg'i-energetika majmuasining asosiy tarmoqlari qaysilar hisoblanadi? J: Neft, ko'mir, gaz va elektr energetika sanoatlari.

    3. 2016-yil ma'lumotlariga ko'ra, jahonda 4,3 mlrd. t neft qazib olingan? J: 4,3 mlrd. t

    4. Neftning asosiy qismi qaysi davlatlar ulushiga tegishli? J: Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK)ga a'zo davlatlar ulushiga.

    5. OPEK bu….. J: Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti.

    6. OPEK davlatlariga qaysilar kiradi? J: Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Iroq, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Angola, Gabon, Jazoir, Ekvatorial Gvineya, Kongo, Liviya, Nigeriya, Venesuela, Ekvador.

    7. OPEK davlatlari hududida jahon neft zaxiralarining necha qismi to'plangan? J: 2/3 qismi.

    8. Yillik neft qazishning necha qismi OPEK davlatlari hissasiga to'g'ri keladi? J: 1/3 qismi.

    9. OPEK tashkilotiga a'zo davlatlar (2018-y.).




    1. Davlatlar orasida, 2016-yil yakunlariga ko'ra, neft qazib olish bo'yicha qaysi davlatlar yetakchilik qiladi? J: Saudiya Arabistoni (583 mln. t), Rossiya (548 mln. t), AQSH (537 mln. t), Kanada

    (220 mln. t) hamda Eron (200 mln. t) yetakchilik qiladi.

    1. Mazkur davlatlar hissasiga umumiy qazib olingan neftning necha % i to'g'ri keladi? J: 48,3 % i

    2. Qaysi davlatlar yirik neft eksportyorlari hisoblanadi? J: Saudiya Arabistoni, Rossiya, BAA, Kuvayt, Iroq kabi davlatlar.

    3. Qaysi davlatlar asosiy neft sotib oluvchi davlatlardir? J: AQSH, Xitoy, Yaponiya, Yevropa davlatlari.

    4. Gaz sanoati qaysi tarmoqlarni o'z ichiga oladi? J: tabiiy gaz qazib chiqarish, qattiq va suyuq yoqilg'ilardan sun'iy gaz olish, gazdan kimyoviy mahsulotlar ajratishni o'z ichiga oladi.

    5. Ma'lumotlarga ko'ra, gazning umumiy geologik zaxirasi, taxminan, qanchani tashkil etadi? J: 180 trillion m3 ni.

    6. Gazni yillik qazib olish hajmi qanchaga teng? J: 3,6 trln. m3 ga teng (2016-y.)


    7. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin