Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə9/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Shaharlashuv jarayoni, ayollarning ma'lumotlilik va ijtimoiy mehnatda bandlik darajasining yuqoriligi, nimaga ta'sir ko'rsatmoqda? J: turmush darajasining yuksalishi va kishilar moddiy ehtiyojlarining kengayishi jahonning bir qator davlatlarida tug'ilish va aholining tabiiy o'sish koeffitsiyentining past bo'lishiga ta'sir ko'rsatmoqda

  • Tekislik, daryo hamda dengizbo'yi hududlarida aholi zichligi darajasining yuqoriligi tabiiy sharoit omili qaysi hududlarda esa bunday holatning shakllanishi ularning o'zlashtirilish davri bilan bog'liq? J: Gang daryosi vodiysi, Kanto tekisligi, O'rta dengizbo'yi, Mesopotamiya kabi hududlarda

  • Jahon aholisining o'rtacha zichligi 1 km2 ga necha kishidan ortiq bo'lmoqda? J: 50 kishidan ortiq

  • Osiyo aholi zichligi darajasi eng yuqori bo'lgan qit'a hisoblanib, uning qaysi qismlarida aholi zichligi ayniqsa yuqoridir? J: sharqiy, janubiy va janubi-sharqiy qismlarida

  • Qaysi qit'alarining yevropaliklar tomonidan dastlab o'zlashtirilgan qismlarida aholi zichligi nisbatan yuqori? J: Amerika, Avstraliya va Okeaniya qit'alarining

  • Qaysi davlatlar jahonning aholi zichligi ko'rsatkichi eng past bo'lgan davlatlari qatoriga kiradi? J: Mongoliya, Namibiya, Avstraliya, Kanada, Qozog'iston kabi davlatlar

  • Aholi zichligi ko'rsatkichi eng past bo'lgan davlatlaridagi bu holat nima bilan bog'liq? J: noqulay tabiiy sharoit bilan bog'liq.
      1. MAVZU: DUNYO AHOLISINING JINSIY, YOSH, IRQIY TARKIBI.


    1. Aholi yosh tarkibiga ko'ra qanday guruhlariga ajratiladi? J: Aholi yosh tarkibiga ko'ra bolalar (0-14 yosh), mehnat yoshidagilar (15-64 yosh) hamda keksalar (65 yosh va undan yuqori) guruhlariga ajratiladi.

    2. Uzoq davrlar davomida jahon aholisi yosh tarkibida keksalar salmog'i juda past bo'lib, nechanchi asrga kelib yildan yilga ushbu guruh vakillari ulushi orta boshladi? J: XX asrga kelib

    3. Keksalarning salmog’i o'sishiga sabab nima bo'ldi? J: birinchi navbatda, tibbiy xizmatning rivojlanishi, aholi turmush darajasining o'sishi sabab bo'ldi

    4. Tabiiy o'sish yuqori bo'lgan mintaqalar qaysi? J: Afrika va Osiyo aholisi yosh tarkibida bolalar salmog'i qariyalarnikiga nisbatan ancha yuqori

    5. Bolalar salmog'ining yuqoriligi bilan qaysi davlatlar ajralib turadi? J: Niger (50 %), Mali (48 %), Uganda (48 %) kabi Afrika davlatlari ajralib turadi

    6. Bolalar salmog’i eng past ko'rsatkichlar qaysi davlatlarda qayd qilingan?J: Yaponiya (12 %), Germaniya (13 %), Italiya (13 %), Gretsiya (14 %) davlatlarida

    7. Jahon aholisining jinsiy tarkibi qanday?J: erkaklar salmog'i 50,5 %, ayollarniki esa 49,5 % ga teng (2018-y.)

    8. Jahon mintaqalari aholisining yosh tarkibi (2018-yil).





    1. Qaysi qit'alarda jinslar salmog'i deyarli bir-biriga teng? J: Afrika, Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniya qit'alarida

    2. Qaysi qit’a davlatlarida ayollar salmog'i birmuncha ortiq? J: Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlarida

    3. Osiyo qit'asi davlatlarining ko'pchiligida, ayniqsa, qaysi hududlarida erkaklar salmog'i ayollarnikiga qaraganda yuqori? J: Sharqiy, Janubiy va Janubi-g'arbiy Osiyoda

    4. Qaysi mintaqadagi arab davlatlarida esa erkaklarning ustunligiga ishchi kuchining tashqi migratsiyasi ham ta'sir ko'rsatadi? J: Fors qo'ltig'i mintaqasidagi

    5. Aholining yoshi va jinsiy tarkibini tahlil qilishda nimadan foydalaniladi? J: yosh-jins piramidasidan.



    1. Insoniyatning irqlari qanday vujudga kelib, tashqi ko'rinish belgilari bilan farq qiladilar? J: odam organizmining qadimgi davrlarda tabiiy muhit, ayniqsa iqlim sharoitiga moslashishi tufayli vujudga kelib

    2. Jahon aholisining katta qismi nechta asosiy irqqa va qanday irqlarga mansub? J: to'rtta asosiy irqqa (yevropeoid, mongoloid, negroid va avstraloid), qolgan qismi esa oraliq va aralash irqlarga mansub

    3. Yevropeoid irqi vakillari tuzilishi qanday? J: Och tusli teri, to'lqinsimon yoki tekis, yumshoq soch, asosan, moviyrang ko'z, qirra burun, yupqa va o'rta labga ega

    4. Yevropeoid irqi vakillari asosiy qismini qaysi hududlarda tashkil qiladi? J: Yevropa, Amerika, Avstraliya va Okeaniya aholisining asosiy qismini

    5. Osiyoning va Afrikaning qaysi qismlarida ham ko'p sonli yevropeoidlar istiqomat qiladilar? J: Osiyoning janubiy, janubi-g'arbiy, markaziy, Afrikaning shimoliy qismlarida

    6. Insoniyatning necha % dan ortig'i yevropoid irq vakillari hissasiga to'g'ri keladi? J: 40 % dan ortig'i

    7. Mongoloid irqi vakillari nimasi bilan ajralib turadi? J: jigarrang tusli teri, tekis, qattiq to'q tusli soch, ko'zning to'q tusli ko'rinishlari, qirra yoki o'rta yapasqi burun, ko'z usti qovog'ining ajralib turishi, ensa sohasining kengayganligi bilan ajralib turadi.

    8. Mongoloidlar, asosan, qaysi qit'asida keng tarqalgan? J: Osiyo qit'asida

    9. Amerikaning tub aholisi hisoblanadigan Amerika hindulari va eskimoslar qaysi irqqa mansub? J: mongoloid irqiga mansub

    10. Negroid irqi vakillari, asosan, qaysi qit'alar davlatlarida istiqomat qiladilar? J: Afrika hamda Amerika qit'alari davlatlarida

    11. Negroid irqiga xos asosiy belgilar qaysilar hisoblanadi? J: Qora tusli teri, tekis, qattiq, jingalak qora tusli soch, ko'zning to'q tusli ko'rinishlari, jag'ining ajralib chiqqanligi, yapaloq burun, do'rdoq lab ularga xos asosiy belgilar hisoblanadi.

    12. Afrika bu irq vakillarining asl ona vatani hisoblanib, ularning katta qismi qaysi davrda Amerikaning turli mintaqalariga majburiy tarzda qul qilib olib ketilgan? J: Buyuk geografik kashfiyotlar davrida

    13. Avstraloid irqi uzoq davr davomida qaysi irqining bir ko'rinishi sifatida baholanib kelingan? J: negroid irqining

    14. Avstraloid irqiga mazkur insonlarning tashqi ko’rinishi qanday? J: To'q tusli teri, yapaloq burun, do'rdoq lablarga ega

    15. Avstraloid irqi asosan, qaysi hududlarida tarqalgan? J: Avstraliya va Okeaniya hududlarida

    16. Avstraliya aborigenlari, papuaslar, melaneziyaliklar qaysi irq vakillari sanaladi? J: Avstraloid irqi

    17. Asosiy irqlar negizida qanday irqlar shakllangan? J: bir nechta oraliq va aralash irqlar


    18. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin