Mavzulashgan



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə5/54
tarix21.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#158828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
9-sinf geografiya mavzulashgan savol-javob 2020 (1)

Tugamaydigan tabiiy resurslar qaysi resurslardan iborat? J: Quyosh energiyasi (gelioresurslar), shamol, dengiz qalqishlari va oqimlari energiyasi, Yerning ichki energiyasi (geotermal resurslar), agroiqlimiy resurslardan iborat

  • Nisbatan kichik hudud doirasida turli tabiiy resurslarning mavjudligi nima deb ataladi? J: tabiiy resurslarning hududiy birikmasi deb ataladi

  • Qaysi resurslarining hududiy birikmalari iqtisodiyot uchun ancha yuqori qiymatga ega? J: temir rudasi va tosh ko'mirning hududiy birikmasi yoki rangli metallarning rudalari va gidroenergiya resurslarining

  • Tabiiy resurslar bilan ta'minlanganlik deganda, nima tushuniladi? J: tabiiy resurslarning umumiy zaxiralari ko'rsatkichi bilan ulardan foydalanish miqdori o'rtasidagi nisbat tushuniladi

  • Tabiiy resurslar bilan ta'minlanganlik ko’rsatkichlari qanday ifodalanadi?J: tabiiy resursning necha yillargacha yetishi yoki resurs zaxirasining aholi jon boshiga qanchadan to'g'ri kelishi ko'rsatkichlari bilan

  • Tabiiy resurslar bilan ta'minlanganlik darajasiga ko'ra, jahon mamlakatlari, odatda uch guruhga bo'linadi, bular qaysilar? J:

    1. tabiiy resurslarning ko'p turlari bilan yaxshi ta'minlangan mamlakatlar;

    2. tabiiy resurslarning ayrim turlari bilan yaxshi ta'minlangan mamlakatlar;

    3. tabiiy resurslar bilan ta'minlanmagan mamlakatlar.

  • Birinchi guruhga jahondagi hududiy kattaligi jihatidan eng yirik qaysi davlatlar kiradi? J: Rossiya, Xitoy, AQSH, Kanada, Braziliya, Avstraliya, Hindiston, JAR, Qozog'iston kiradi

  • Ikkinchi guruh davlatlari qanday resurslarga ancha boy? J: Fors qo'ltig'i davlatlari neft va tabiiy gazga, Janubiy Amerikadagi tog'li mamlakatlar mis va polimetall rudalariga, Finlandiya suv va o'rmon resurslariga ancha boy

  • Uchinchi guruhga davlatlariga qaysilar kiradi? J: tabiiy boyliklar, ayniqsa, mineral boyliklar bilan yetarli darajada ta'minlanmagan «mitti» davlatlar (Vatikan, Andorra, San-Marino, Singapur, Sent- Lyusiya, Tuvalu va b. kiradi

  • Tabiiy resurslar bilan ta'minlanganlik ko'rsatkichlarini.



    Tabiiy resurs xili

    Resurs zaxirasi, mln. t.

    Yillik qazilishi, mln. t.

    Aholi soni, mln. kishi

    Resurs bilan
    ta'minlanganlik

    Zaxirasini necha yilga
    yetishi

    Aholi jon boshiga, t.

    1

    Neft

    36 000

    500

    120

    72

    4,2

    2

    Ko'mir

    27 000

    900

    54

    30

    16,7

    3

    Mis

    800

    20

    25

    40

    0,8
      1. MAVZU: MINERAL RESURSLAR GEOGRAFIYASI.


    1. Tabiatda minerallar holida uchraydigan tabiiy boyliklarga nima deyiladi? J: mineral resurslar

    (foydali qazilmalar) deyiladi

    1. Hozirgi vaqtda mineral resurslarning nechaga yaqin turlaridan xo'jalik ehtiyojlari uchun foydalanilmoqda? J: 200 ga yaqin turlaridan

    2. Mineral resurslar necha guruhga va qaysi resurslarga bo'linadi? J: 3 guruhga, ya'ni yoqilg'i- energetika, rudali va noruda mineral resurslariga bo'linadi

    3. Tugaydigan va tiklanmaydigan tabiiy resurs hisoblanadigan qaysi boyliklaridan foydalanish hajmi yildan yilga oshib bormoqda? J: yerosti qazilma boyliklaridan

    4. Mineral resurslardan eng katta hajmda iste'mol qilinadiganlar qaysilar? J: neft, tabiiy gaz, ko'mir, temir rudalari va qurilish materiallaridir

    5. Mineral yoqilg'i-energetika resurslariga qaysilar kiradi? J: ko'mir, neft, tabiiy gaz, torf, yonuvchi slanes, uran

    6. Mineral yoqilg'i zaxiralarining eng katta qismi qaysi yoqilg’iga to'g'ri keladi? J: ko'mirga (70- 75 % gacha)

    7. Yoqilg'i mineral resurslarining konlari qayerlarda ko'proq uchraydi? J: qadimgi platformalarning chekka botiq qismlarida

    8. Hozirgi vaqtda jahonda nechadan ziyod ko'mir havzalari va konlari bor bo'lib, ular jami quruqlikning qancha % ini egallaydi? J: 3 600 dan ziyod bo'lib, 15 % ini egallaydi

    9. Yirik ko'mir havzalari ko'proq qaysi yarim sharda joylashgan? J: Shimoliy yarim sharda

    10. Ko'mirning eng yirik zaxiralari qaysi davlatlarga to'g'ri keladi? J: AQSH, Rossiya, Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Germaniya, Ukraina, Qozog'iston, JAR va Indoneziya davlatlariga

    11. Eng muhim foydali qazilmalarning jahon bo'yicha aniqlangan zaxiralari va qazib olinishi (2016-y.)




    Foydali qazil¬ma turlari

    O'lchov birligi

    Aniqlangan zaxiralari

    Yillik qazib olinishi

    Ko'mir

    mlrd.t

    861,5

    7,3

    Neft

    mlrd.t

    191,3

    4,3

    Tabiiy gaz

    trln. m3

    180

    3,6

    Temir rudasi

    mlrd.t

    160

    2,1




    1. Jahon bo'yicha nechaga yaqin neft va gaz havzalari aniqlangan? J: 600 ga yaqin

    2. Neft va gaz konlarining ham asosiy qismi sayyoramizning qaysi yarim sharida joylashgan? J: shimoliy yarim sharida

    3. Eng yirik neft-gaz zaxiralari qayerlarda joylashgan? J: Fors qo'ltig'i davlatlari, Venesuela, Shimoliy Amerika (AQSH, Kanada, Meksika), Rossiya (asosan, G'arbiy Sibir), Kasbiybo'yi mamlakatlari, Shimoliy Afrika (ayniqsa, Liviya va Jazoir), Gvineya qo'ltig'i mamlakatlari (ayniqsa, Nigeriya) hamda Xitoyda

    4. Yer yuzida rudali mineral resurslarga boy mintaqalar qaysilar? J: Alp-Himolay, Tinch okeanbo'yi mintaqalari

    5. Jahonda qora va rangli metall xomashyolariga eng boy mamlakatlarga qaysi davlatlar kiradi? J: Xitoy, Rossiya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Braziliya, JAR, Qozog'iston, Hindiston, Chili, Peru

    6. Noruda mineral boyliklardan eng muhimlari qaysilar hisoblanadi? J: osh tuzi, kaliy tuzlari, fosforit, oltingugurt, olmos, qurilish materiallari hisoblanadi

    7. Noruda konlari qayerlarda ko'p uchraydi? J: qadimiy platformalarda, burmali tog'larda, sho'r ko'llarning botiqlarida

    8. Turli mineral tuzlarning zaxiralari bo'yicha dunyoda qaysi mamlakatlar yetakchilik qiladi? J: Rossiya, AQSH, Xitoy, Hindiston, Boliviya, Belarus, Avstraliya singari mamlakatlar


    9. Yüklə 1,39 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin